Yer yuzidagi 17 ta “boshqa sayyoralik” joylar

1. Rasman Yamanga tegishli boʻlgan Sokotra orolida hayratlanarli Ajdar daraxtlari oʻsadi, va uning qon kabi qalin sharbati“Ajdar qoni” deb ataladi. Aslida, bu yerdagi floraning uchdan bir qismi sayyoradagi boshqa bironta ham joyida uchramaydi.

2. Oltingugurtli hovuz koʻrinishdagi tugalmas dalalar Danakil nomli efiop pastligini yashash uchun eng qoʻrqinchli va noxush joylardan biriga aylantirgan.

3. Xitoydagi qoʻrqinchli Tyantzi togʻlari “Avatar” dagi Pandora sayyorasining suzuvchi togʻlari sifatida prototip boʻlib xizmat qildi.

4. Irlandiyadagi“Gigantlar Yʼoli” 40 ming supersimmetrik vulqonli kolonnalardan iborat – butunlay yerga xos boʻlmagan qadimiy vulqon otilishi natijasi.

5. Namibiyadagi Dedvley – dahshatli,ozgʻin va oʻlik akatsiya daraxtlari tiqilgan quruq maydon.

6. Qizilqum eroziyasi natijasida27 mln yil oldin vujudga kelgan yorqin ranglarga boʻyalgan Xitoyning Chjanye Dansya togʻlari.

7. Mavritaniyadagi Rishat (yoki “Saxara Koʻzi”) tuzilmasi oʻzidan ozgina koʻtarilib turgan, diametri 40 km ga yetadigan gumbazni ifodalaydi, va u aytishlaricha,boshqa sayyoraliklarning yerga kelishi emas, eroziya natijasida paydo boʻlgan ekan.

8. Vaymoto qadimiy yangi zelandiya gʻorlari devorlari minglab mitti nurli qoʻngʻizlar bilan qoplanganligi uchun yorqin yoritilgan.

9. Xitoydagi qizil qirgʻoq – bu ulkan botqoqli joy boʻlib, oʻzining nomini Sueda dengiz oʻtlari uchun olgan, va ular kuzda yorqin malina rangiga boʻyaladi.

10. Turkmanistondagi omadli nomlangan “Jahannam darvozalari” – 1971 yilda, sovet burgʻulash uskunasi tabiiy gazli gʻorga tushib ketganida70 m li tuynuk hosil boʻlgan. Oʻsha vaqtdan beri “Jahannam darvozalari”doimo yonib turadi.

11. Vayoming (AQSH) shtatidagi Shayton minorasi– bu 400 metr balandlikdagi qoyali tuzilma, va u “Uchunchi avlodning yaqin aloqalari” nomli trillerni suratga olish uchun ajoyib joy boʻlib xizmat qildi.

12. Iordaniyadagi yorqin qizil rangli Vadi Rum choʻli koʻpincha filmlarda mars rolini oʻynaydi, masalan, yaqindagi“Marslik” blokbasteridagi kabi.

13. Chilidagi noananaviy koʻkimtir Mramorli gʻorlar Chili-Argentina chegarasidagi muz daryosida tabiat tomonidan yasalgan.Gʻorlar 6 mingyillar mobaynida toʻlqinlarning urinib ishlov bergan ishidan dalolat.

14. Boliviyadagi Slar-de-Uyuni (shoʻr Uyuni) 10 km2 maydonni egallaydi. Yomgʻir yogʻganida uning yuzasi ulkan oynaga aylanib qoladi.

15. Meksikadagi kristallar gʻorideyarli 300 m chuqurlikda joylashgan. U, albatta ichida ulkan selenitkristallari mavjudligi bilan tanilgan. Uning ichida juda issiq – 58 gradusTselsiygacha yetib boradi.

16. Arizona shtatidagi Antilopa kanyoni – bu qumdan yasalgan syurrealistik tabiat tuzilmasi, uning ustida millionlab yillar mobaynida suv bosishlar va mussonlar ishlov berishgan.

17. Fillipindagi Shokolad tepaliklari– quruqlik mavsumi mobaynida jigar rangga boʻyaladigan, oʻt bilan qoplangan ohaktosh sepmalari. Shu yerda nomi ham kelib chiqqan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



