Sayohat

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

Ularni oʻz koʻzlari bilan koʻrish muammo emas.  Biroq yerda shunday joylar borki, ular u yoki bu sabablarga koʻra oddiy sayyohlar uchun yetib boʻlmaydigan joylardir. 

Biz sayyoramizning, xech boʻlmaganda bir marotaba koʻrishni xohlaydigan 13 ta sirli joylari haqida bilib oldik. 

Kofunlar, Yaponiya

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

Bu qoʻl bilan yaratilgan orollar imperator oilasining qadimiy dafn etilish joylaridir. Ayrim hollarda ularga faqatgina arxeologlar, imperator saroyi ruxsati bilan, tashrif etishlari mumkin boʻladi. 

Shimoliy Sentinel oroli, Hindiston 

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

Orolda yashovchi aborigenlar, oʻz yerlarini begonalardan himoyalash yoʻlida xech narsadan tolmaydilar. Shuning uchun, sizning havfsizligingiz uchun ham, Hindiston hukumati orolga yaqin kelishni taʼqiqlaydilar. 

Zona 51, AQSH 

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

Rasman maxfiy zona borligini, hujjatlarning bir qismini sirlilikdan chiqarib, faqatgina 2013 yiligina AQSH hukumati tan oldi. Hujjatlarga qaraganda, bu yerda AQSH ning HHK lari  joylashgan boʻlib, u yerda yangi uchar apparatlar ishlab chiqilmoqda ekan.

Mariya Sionskaya Cherkovi, Efiopiya 

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

Bu yerda maxsus qurilgan kichkina ibodatxonada butxonaning asosiy muqaddas qadamjosi - "Zavet Kovchegi" saqlanadi. Uning oldiga kirishga faqat butxonaning saqlovchisigagina mumkin boʻlib, unga umrbod ibodatxonani tark etish va begonalar bilan gaplashish man qilingan. 

Kaxoolave oroli, AQSH 

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

 Bu qurgʻoqchilikli orol oʻzining butun tarixi davomida diniy marosimlar, jinoyatchilar uchun koloniya va AQSH mashqlar oʻtkazish bazasi joylari boʻlgan. Xozir Kaxoolave qoʻriqxona deb eʼlon qilingan. U yerga tashrif etish faqatgina tabiatni qayta tiklash volonterlik brigadalari tarkibidagina mumkin boʻladi.

Radiotelevizion stansiya BT Tower, Buyuk Britaniya 

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

 Minoradagi portlashdan soʻng, aylanadigan restoran va tomosha qilish maydonchasi tashrif uchun yopiq edi. Kamdan kam u yerda hayriya tadbirlari oʻtkazilib turadi va yuzlab omadlilarda Londonga noodatiy rakursdan turib qarash imkoni paydo boʻladi.

Ise ibodat kompleksi, Yaponiya 

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

 Mamlakatning asosiy muqaddas qadamjosiga faqatgina ibodatxonaning kohinlari va imperator oilasi aʼzolari kirishlari mumkin. Qolgan barcha odamlar ibodatxona tomlarini tomosha qilishlari mumkin boʻladi, ular bir necha devorlar ortida joylashgan.

Varosha tashlandiq shahri, Kipr 

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

 Bu Famagust shahrining tumani Kiprdagi eng mashxur turistik joy boʻlgan edi. Ammo, 1974 yilning iyulida hammasi oʻzgardi: shaharga turk harbiylari bostirib kirgan, aholisi esa evakuasiya qilingan edi. Oʻsha vaqtlardan buyon shahar devorlar bilan oʻralgan boʻlib, turk armiyasining qoʻrigʻi ostidadir. 

Seybl oroli, Kanada 

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

Bu Atlantikada dreyf qilib yuruvchi, qumli orol, aholisi 30 kishidan kam boʻlib, choʻkib ketgan kemalar qabristonidir. U oʻzining unikal tabiati tufayli qoʻriqxona deb eʼlon qilingan. U yerga tashrif etish uchun Kanada hukumatiga soʻrovnoma yozib, unda safarning zarurligini isbotlab berish kerak. 

Data-sentr "Pionen", Shvesiya 

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

 Stokgolmda sovuq urush vaqtida qurilgan bunker, bizning kunlarga kelib bitta shved xosting kompaniyasi uchun ultra zamonaviy ofisga aylantirilgan. Bu yerda, 30 metrlik chuqurlikda, yarim metrlik eshiklar ortida koʻpgina saytlarning maʼlumotlari saqlanadi. 

Lasko gʻori, Fransiya 

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

Unikal hushmanzarani saqlab qolish uchun 15 yillik sayyohlar uchun ochiq boʻlgan kirish yopilgan edi. Xozir gʻorning aniq nusxasini yoki virtual turga tashrif etish mumkin. 

Radiolokasiya stansiya " Don-2N", Rossiya 

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

Bu piramida balandligi 40 metr, eni 140 metr boʻlib, Moskvaning PRO sining asosiy elementidir. Ayrim hollarda stansiyaga press-tur tarkibi ichida jurnalistlar tashrif etishishlari mumkin boʻladi. Lekin ularga faqat ozgina joylarni koʻrsatishadi. 

Xronikalar zali, AQSH 

Sayyoramizning 13 ta sirli joylari, ular haqida siz yoʻl koʻrsatkichlarda oʻqiyolmaysiz

Rashmor togʻida mashxur AQSH prezidentlari barelefidan tashqari u yerda maxfiy xona oʻyilgan. U vaqt kapsilasini mujassamlantirib, oʻzida mamlakatning muhim tarixiy hujjatlarni nusxalarini saqlaydi. Bu xonaga kirish granit plitasi va kodli qulf bilan yopilgan. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar