Yaqinda har bir inson hayotini oʻzgartiradigan 7 ta ajoyib innovatsiya

Oxirgi vaqtdagi eng gʻaroyib texnologiyalar.

Har yil olamda yanada koʻproq gʻaroyib uskunalar va texnologiyalar paydo boʻlmoqda. Ularning har biri insonhayotini osonroq, yaxshiroq va hatto yorugʻroq qilish uchun moʻljallangan.Bugunda odamlar oʻn yillar oldin shunchaki tasavvur qilishlari mumkin boʻlgan predmetlar paydo boʻlmoqda. Baʼzi innovatsiyalar shunchalik ishonibboʻlmaydiganki, ular hatto fantastlar tomonidan ham bashorat qilina olinmagan.Mana hozir ham bir necha chindan ham yorqin innovatsiyalar haqida gap ketadi.
1. Curvilux

Telefonni zaryadlaydi va quyoshcha boʻlib ishlaydi.
Tadbirkorlar va dizaynerlar guruhi jahonda birinchi aqlli ustunchani yaratishdi, va u “aqlli uy” turdagi tizim taniqli boʻlishi vaqtida ishlab chiqilgan. Ustuncha inson turmushini osonlashtirish uchun moʻljallangan koʻpgina gʻaroyib funksiyalarga ega. Masalan, Curvilux yoritgich, budilnik, ovozli xabarga javob beruvchi, simsiz zaryad uskunasi sifatida ishlashi mumkin, hamda u xonada tong otishini taqlid qilishi mumkin. Unda smartfondan boshqariladigan audiotizim va elektron qulf ham mavjud.
2. FitSleep

Boshqa hech qanday yomon tushlar va uyqusizlik boʻlmaydi.
Ushbu uskuna xitoylik dizayner Syuan Yao tomonidan uyqusifatini yaxshilash uchun ishlab chiqilgan. Uskuna uni ishlatuvchining uyqusi sifatini ancha yaxshilay oladi. Uskuna uning foydalanuvchisi uyqusini alfa-toʻlqinlar analizi hisobiga ancha qulay qilishi mumkin. Uskuna individual rohatlanish tizimini yaratib, inson yurak urishi va nafas olishini nazorat qiladi.Shuningdek, uskuna chuqur uyqu mobaynida aqliy aktivlik bosqichi turini aniqlaydi. Ushbu uskunani yostiq tagiga qoʻyish kerak.
3. AirBar

Va xohlagan ekran sensorli boʻladi.
Sensorli ekranlar boshidan uyali telefonlar bozoriniegallab oldi. Faqatgina noutbuklarda, sodir boʻlayotgan taraqqiyotga qaramasdan, ushbu ekranlar haliyam ularning asosiy funksiyasiga aylanmadi. Buhol shuningdek, ishlab chiqaruvchilarning sensorli ekranlarni oʻz uskunalariga oʻrnatishni xohlamaganlari uchun vujudg akelishi mumkin. Bu holatni CES 2017 da taqdim etilgan AirBar nomli biriktiriladigan aksessuar orqali tuzatish mumkin.Uskuna ison qoʻli harakatlarini skanerlaydigan datchiklar toʻplamidan iborat.Kompyuterga USB orqali ulanadi va xohlagan ekranni sensorli ekranga aylantiradi.
4. R&D Hikvision

Yaqinda mashinalarni robotlar mashinalar toʻxtash joyiga qoʻyishadi.
Hikvision korxonasi oʻzining noyob ixtirolari bilanbir necha marta hayratda qoldirgan. 2017 yilda tadqiqot boʻlimi muhandislari ommaga yangi “aqlli” mashinani joyiga qoʻyish tizimini taklif qilishdi. Mashina joylashtirish ishining asosida, maxsus datchikli robotlar tizimi va dasturiy taʼminot turadi, va u inson ishtirokisiz mashinalarni olish, olib koʻchirish va joylashtirish kabi ishlarni bajaradi. Inson mashinasini maxsus joyda qoldiradi va information panel oraqli mashinani joylashtirishni buyurtma qiladi, vashundan keyin robot-platforma kelib, mashinani oʻz ustiga qoʻyadi va keraklijoyga olib boradi.
5. Silvon

Olamdagi eng toza choyshab.
Toza choyshab – qulaylik va tozalik garovi. Shu yilning boshida ushbu sohada ham gʻaroyib innovatsiya – Silvon choyshabi paydo boʻldi. Nomidan aniqlash mumkinki, choyshab tikilgan matoning ajralib turuvchi xususiyati shundaki, unda mayin kumush iplari bor. Matoning oʻzi – paxtadan qilingan. Kumush sababli choyshab xavfli mikroorganizmlarni oʻldiradi. Bunda Silvonga xuddi oddiy choyshablarga qaragan kabi qaraladi.
6. Zungle Panther

Zungle Panther koʻzoynagi faqatgina koʻrinishi oddiy koʻzoynakka oʻxshaydi. Haqiqatda bu nafaqat quyoshga qarshi koʻzoynak, va balki, super zamonaviy pleyer hamdir. Ammo u orqali tovush odatiy garniture orqali emas, balki koʻzoynak zanjirlari orqali uzatiladi. Hamma gap shundaki, Zungle Panther asosida ajralmas suyak oʻtkazuvchanlik texnologiyasi turadi. Ushbu texnologiya eshitishning tiniqligini saqlagan holda musiqa tinglash imkonini beradi.
7. Pilot

Va bu uskuna odamlar orasidagi til toʻsiqlarini butunlay buzib tashlaydi. Bu texnologiya sababli yaqinda xorijiy tillarni umuman oʻrganmasa ham boʻlaveradi! Gap shundaki, Pilot – bu shaxsiy sinxron tarjimon. Tarjima smartfonga qoʻyiladigan yordamchi-dastur bilan sinxronlashish vositasida real vaqt oraligʻida amalga oshiriladi. Hozirda uskuna ingliz,fransuz, italyan, Portugal va ispan tillari bilan ishlaydi. Yaqinda unga rus,arab, ibroniy va nemis tillari qoʻshilishi mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



