Soʻzma-soʻz tarjima qilinganda ushbu mamlakatlarning nomi nimani anglatadi

Bu mamlakatlar haqida biz koʻp eshitganmiz, baʼzilarida boʻlganmiz ham, chunki ular sayyohlar orasida juda mashhurdirlar. Biroq hech kim bu mamlakatlarning nomi nima uchun shunday ekanligi, maʼnosi haqida qiziqib koʻrmagan boʻlsa kerak. Bugungi maqolamizda shu haqda soʻz boradi.
Argentina

Qachonlardir ispanlar Rio-de-la-Plata daryosini kashf qiganlarida u kumushga toʻla ekanligini aniqlaganlar. Shunday qilib Argentina nomi paydo boʻlgan – lotincha argentums soʻzidan kelib chiqgan – yaʼni “kumush”.
Niderlandiya

Niderlandiya soʻzi “past yerlar” deb tarjima qilinadi. Bunday nom olishiga sabab mamlakatning katta qismi dengiz sathidan pastda joylashganligidir. Gollandiya – ushbu davlatning ikkinchi keng tarqalgan nomidir, biroq bu notoʻgʻri. Qadimda Niderlandiyaning faqatgina ikki viloyatigina Gollandiya deb atalar edi. Biroq bu viloyatlar mamlakatning eng rivojlangan hududlari boʻlib, chet ellarda ham mashhur edi, shundan kelib chiqib butun mamlakat Gollandiya deb atala boshlangan.
Vengriya

Bu mamlakatning nomi vengerlardan ham avvalishlatilgan bolgar-turk soʻzi boʻlmish “onogur” soʻzidan kelib chiqgan boʻlib, oʻnta qabila yoki oʻnta oʻq maʼnosini beradi. Bu yerda gap Karpat basseyni hududida qoʻnim topgan yettita venger va uchta xazar qabilalari haqiqa ketmoqda. Mamlakat nomi aynan shu yerdan kelib chiqgan.
Braziliya

Bir vaqtlar Braziliyadan Yevropaga qizil rangli qimmatbaho daraxtlar yetkazilib berilar edi. Daraxtning rangi qizigan koʻmirni eslatar edi, portugaliya tilida koʻmir soʻzi “braza” deb tarjima qilinadi. Mamlakat nomi ham shundan kelib chiqgan.
Ispaniya

Avvallari Ispan sohillarida katta miqdorda quyonlar yashar edi. Iberiya yarimoroliga tushgan finlar quyonlarni damanlar (sut emizuvchi hayvon) deb oʻylaganlar va mamlakatga “I-Shapan-im” – “Damanlar sohili” deb nom berganlar. Keyinchalik bu nomdan lotin tilidagi “Hispaniya” va zamonaviy Ispaniya nomi kelib chiqgan.
Kosta-Rika

Bu mamalakat nomining kelib chiqishining bir necha versiyalari bor, ulardan eng keng tarqani Kolumb bilan bogʻliqdir. Kolumb sohil boʻyi hindilari koʻplab tilla taqinchoqlar bilan yurishlarini koʻrib, bu oʻlkani “boy sohil” deb atay boshladi. Kosta-Riko aynan shunday tarjima qilinadi.
Lyuksemburg

Avvallari Lyuksemburg kichik bir qalʼa edi. Nemis tilida Lyuksemburg aynan shunday maʼnoni beradi. Keyinchalik bu kichik qalʼa birlashgan abbatlik va mavzelarning markaziga aylanib, butun mamlakatga oʻz nomini bergan.
Kamerun

Portugaliyalik dengiz suzuvchilari Markaziy Osiyoga borganlarida daryolardagi mayda krevetkalarni (mayda qisqichbaqa) koʻrib, ularni Pio-dosh-Kamayrosh deb atadilar, yaʼni “krevetkalar daryosi”.
Lixtenshteyn

Avstriyalik knyaz Hans-Adam Lixtenshteyn tomonidan zabt etilgan yerlardan butun bir davlat barpo boʻlib, uning nomi bilan atala boshlangan.
Vatikan

Rimning kichkinagina davlati Vatikan tepaligida joylashganligi uchun shu nom bilan atala boshlangan. Tepalik nomi esa “bashorat” soʻzidan kelib chiqgan, chunki bu tepalikda kohin va avliyolar toʻplanishar edi.
Moldova

Bu mamlakatga nom berilishining bir nechta versiyalari bor, shulardan birida aytilishicha, Moldaviya daryosi ham, Moldaviya knyazligi ham birinchi noibining ov vaqtida halok boʻlgan kuchugi Moldaning laqabidan kelib chiqqan. Yana boshqa versiyada aytilishicha, qadimgi german tilining “mulde” soʻzidan kelib chiqgan boʻlib, jarlik degan maʼnoni bildiradi.
Ruminiya

Bu yerlar bir paytlar Rim saltanatining hukmronligi ostida boʻlgan, shuning uchun qoʻshnilar ularni “rim yerlari” deb ataganlar. Mamlakat nomi ham shundan kelib chiqgan.
Namibiya

Bu mamlakat oʻz nomini Namib sahrosidan olgan. Maʼnosi – hech vaqosi yoʻq joy.
Islandiya

Islandiya “muzliklar yeriʼ” deb tarjima qilinadi. Bu nomni 9-asrda bu yerga kelgan normanlar qoʻyganlar. Lekin Islandiya “yashil yer” deb ataluvchi Grenlandiyadan koʻra iliqroqdir.
Venesuela

Bu nomni mamlakatga Amerigo Vespuchchi bergan. Bu oʻlka unga Venetsiyani eslatgan va uni Venesuela, yaʼni “kichik Venetsiya” deb atagan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



