Yakutiyada yangi "oltin talvasasi" - mamontlarning tishlariga ov

Bu ogʻir, havfli va noqonuniy ish, ammo odamlar baribir uzoq ekspedisiyalarga, boyib ketish umidida, ketmoqdalar. 2016 yili "Radio " Erkinlik"" surʼatchisi Emos Chappl (Amos Chapple) Sibirga yoʻl oldi va surʼatlar seriyasida qidiruvchilar ishi haqida gapirib berdi.

Yungli mamontlar xozirgi zamonaviy fillarning qirilib ketgan qarindoshlari deb hisoblanadi. Ular Sibirda taxminan 400 ming yil avval yashaganlar. Xozir bu joylar mangu muzlik hududidir: yer ostidagi qalin muz qatlami tufayli mamontlarning skeletlari minglab yillar davomida saqlanib kelmoqda. Yer ostida koʻmilgan xazinalarga yetib borish uchun ovchilar muz qatlamini, yaqin oradagi daryodan olingan, suv yordamida sindirishlari kerak boʻladi. Uning uchun oylar kerak boʻlishi mumkin. Evaziga esa, tish suyaklarni xitoyliklarga taxminan 35 ming dollarga sotish mumkin (2 million rubl atrofida). Bu esa, oʻrtacha oylik maoshi 500 dollardan kam boʻlgan ( 28 ming rubl) shaharchalar aholisi uchun oqlangan tavakkalchilik.
Ammo bu kafolatlangan pullar uchun yoqimli sayr emas. Erkaklar oʻz oilalarini tashlab, kesishgan hudud boʻylab yoʻlga otlanadilar. U yerda ular chivinlar oʻrdalari bilan kurashishlari va ularga jarima yozib berishi yoki qamoqqa oʻtqazishi mumkin boʻlgan boʻlishichilardan berkinishlariga toʻgʻri keladi. Bu sinovni boshdan oʻtkazish uchun ular koʻp miqdorda aroq va arzon pivo ishadilar, bu esa, oʻz navbatida tez tez boʻlib turadigan mushtlashishlarga olib keladi. Ehtimol, eng yomoni, bu ularning faoliyati tabiatga qanday taʼsir qilayotganidadir: oqova suvlar kavlab tashlangan muzliklardan qaytib, atrofdagi daryolarga tushadi va oqimni ifloslantiradi.
Xom xayol boylik uchun odamlar nimalarga borishlarini koʻring - ular hatto oʻlimga ham tayyor. Surʼatlar muallifi Eymis Chappl "Radio " Erkinlik"" uchun maqolada ularni sharhlab berdi - quyida biz uning nutqini toʻgʻridan toʻgʻri nashr etamiz.

Modomiki, xozir fil suyagi sotuvini sinchikovlik bilan nazorat qilingani bois, Xitoy "etikaga mos" qirilib ketgan mamontlarning tish suyaklari yordamida amallashga toʻgʻri keladi. Har yoz qidiruvchilar, boyib ketish umidida, xech kim yoʻq yerga yoʻl olishadi. Men, bir guruh erkaklar noqonuniy tarzda, Sibirning yoʻqilib ketgan ulkan hayvonlari qoldiqlariga ov qiladigan joyga, faqat syomkalarning aniq joylari va odamlarning ismlarini fosh etmaslik sharti bilan, kirishga ruxsat oldim.

Mamontlarning qoldiqlari bilan toʻla boʻlgan daryoning joylari. Eng yaqin qishloqdan motor qayigʻida toʻrt soat yoʻl yurish kerak.

Bir paleontolog menga qachonlardir bu yerda botqoq boʻlgan boʻlsa kerak - unda qadimiy hayvonlar choʻkib ketgan boʻlsa kerak deb aytdi.

Xazina qidiruvchilar daryodan suvni yongʻin nasoslari yordamida tortib oladilar. Ular Tohatsu kompaniyasining qurilmalarini hush koʻradilar.

Keyin ular bu suvni daryo yaqinda toʻkadilar.

Baʼzilar yer tagida uzun tonnellar qazishadi. Ularning devorlari bogʻdagi yer kabi yumshoq.

Boshqa ixlosmandlar muzlikda bahaybat gʻorlar oʻyishadi.

Kindir kanallarni shundoq tuproqning ustki qatlamida teshadi.

Va ularning barchasi uni - mukammal saqlanib qolgan mamontning tish suyagini topishga umid qiladilar. Bunaqaning kilogrami uchun 520 dollar berishadi.

Yakutiya ostida muzlagan tuproqning juda katta qatlami yotadi.

Oddiy haroratli tuproqda suyaklar 10 yil chegarasida chiriydi. Biroq mangu muzlikda tish suyaklar oʻnlab ming yillar davomida saqlanib qolishi mumkin. Bu esa, Yakutiyani mamontlarning ovchilari uchun Makkaga aylantiradi.
65 kilogramli tish suyakni 34 ming dollarga sotib yuborishgan. Uni topgan ikki erkaklar oʻsha hafta ichida yana uchta tish suyaklar topishgan. Ularning biri 72 kilogramni tashkil etgan edi.

Omadli ovchilar kelajak daromadlariga xursand boʻlmoqdalar. Sakkiz kun ichida ular 100 ming dollarga yaqin pul ishlashdi.

Bu oʻrtacha oylik maoshi 500 dollarli hudud uchun juda katta puldir. Biroq ularda har doim ham heppi - end sotib olish oʻxshayvermaydi. Surʼatda ikki yosh ovchilar xotirasiga memorial. Ular 100 ming dollardan koʻproq pullik xazinalar topganlar, katta xursandchilik qilishgan, soʻng esa, daryo boʻylab tepaga mast holda suzib ketishgan. Qayiq agʻgarilib ketgan va ular choʻkib ketganlar.

Ovchilarning ona shaharlarida yangi qazib olingan tish suyaklar uchun qoʻlga tushmas "agent" lar naqd pul toʻlashadi. Bu oʻljar polietilen paketlariga oʻralib, samolyot bilan Yakutskga jonatildi. U yerdan ular Xitoyga uchib ketishadi. Yuk brezent bilan yopib qoʻyilgan edi. Men uni koʻtarganimda styuarfessa menga baqirib ketdi va bu surʼat qilingandan soʻng darxol yonimga kelib, qoʻlimdan kamerani urib tushurdi.

Bu yerda nafaqat mamontlarning qoldiqlarini topish mumkin. Bu bizonning bosh suyagi. U qachonlardir Sibir tekisliklarida yashagan.

Bu bosh suyak esa, choynak uchun taglik qilib moslashtirilgan, yungli karkidonga tegishli boʻlgan. Ular 8 dan 14 ming yil avval qirilib ketishgan.

Kamida 11 ming yil avval quyosh nurlarini oxirgi marotaba koʻrgan yana bir karkidonning bosh suyagi. Uni topgan kishi aytganiday: bosh suyagini topganingda, odatda shoxi, qayerdadir, yaqin 15-20 metr atrofida boʻladi.

Bu karkidonning 2,4 kilogramli shoxini 14 ming dollarga sotib yuborishdi. Hoy nahoy u Vyetnamga tushib qoladi. U yerda uni kukun koʻrinishida maydalab dori sifatida sotishadi.

Nam shox paypastlaganda suvga botgan daraxtga oʻxshaydi va undan itning isi keladi. Vyetnamda bunday shoxdan qilingan kukun saratonni davolaydi deb hisoblanadi. Shuning uchun u Vyetnamda toʻgʻri maʼnoda oltindan qimmat turadi.

Biroq koʻpchilik qidiruvchilar butun yozni ogʻir mehnatda loyda bexuda sarf qiladilar va tikkan pullarni yoʻqotadilar.

Nasoslar ishlashi uchun tonnalab yoqilgʻi ketadi. Koʻpchilik brigadalar esa, faqat bu kabi foydasiz suyaklar topishadi. Poleontolog Valeriy Plotnikov bu lager bilan tanish boʻlib, omadli qidiruvchilar sonini 20-30% deb baholaydi. "Bu juda ayanchli. Ularning koʻpchiligi ekspedisiya uchun bankdan kreditlar olishadi".

Safarda tejash maqsadida bu yosh ovchi nasosni "Buran" qorda yurish mashinasi dvigatelidan qilib olgan.

Sovuq kunlar qaytganida u dvigatelni yana qaytadan qorda yuruvchi mashinaga oʻrnatadi.

Bu erkaklarning koʻpchiligi butun yozni uylari va oilalaridan uzoqda oʻtkazadilar.

Qorongʻu chodirlarda xazina qidiruvchilar qarta oʻyini ustida dam oladilar, telefonda qisqa ommaviy videolar koʻradilar.

Bu xazina qidiruvchi rafiqasiga xat yozib, shaharga ketayotgan hamtovoqlari guruhi bilan uni berib yuborgan edi. Mana uning javobi - va bu bir hafta ichida rafiqasidan birinchi yangiliklar.

Bu bugʻuning boʻlagi - noyob boylik. Odatda bu yerda ugra va tushyonka yeyishadi. Ikki xazina qidiruvchilar aytib berishlaricha, majbur boʻlganlarida it goʻshtini ham yeyishgan ekan. Aytishlaricha, u saloga oʻxshash hidga ega ekan.

Chivinlar bu yerda deyarli hamma vaqt xalal beradilar. Faqatgina eng sovuq tongda bir yoki ikki soat dam olish mumkin boʻladi.

Iliq havoda baʼzi erkaklar ogʻir ish qilayotgan kishilar emas, balki koʻproq asalchilarga oʻxshab kiyinadilar.

Ovchilarda alkogol paydo boʻlganida, vaziyat nazorat ostidan chiqib ketadi. Bu xazina qidiruvchilar shaharga ozuqa zaxiralarini toʻldirish uchun borgan edilar. Yarim yoʻlda juda qattiq mast boʻlishdi. Bu surʼat qilingandan bir oz oʻtib, barcha koʻngilhushlik tugadi.

Erkaklar yuqori tezlikda qirgʻoqqa urib ketdilar. Kechasi soat uchda qutqaruvchilar ularni yarim choʻkib ketgan jihozlarli qayiqda, hushsiz topib oldilar. Bu joydan uncha uzoq boʻlmagan yerda 2015 yili ikki nafar xazina qidiruvchilar choʻkib ketgan.

Keyingi kuni aroqxoʻrlik davom etmoqda. Odatda lagerda alkogol paydo boʻlganda, uni hammasi birdaniga ichib qoʻyishadi. Ertasiga erkaklar uyqularini pishirib oladilar va keyin ishga qaytadilar.

Qoʻrqinchli qilib yuborilgan yer tish suyaklar qidiruvchilar qoʻllaydigan metodlarining yorqin misoli. Ammo, Yakutiyaning suv tizimiga undanda yomon. Pompa yordamida tortib olingan suv daryoga qaytib tushadi va uni loy bilan toʻldiradi. Bizning oʻlja qidirayotgan joy yaqinda daryoda baliqlar yoʻq boʻlib qoldi - xazina qidiruvchilar oʻzlari bilan qarmoqlar olmaydigan boʻldilar.

Bir xazina qidiruvchi menga: "Men bu yomon ekanini bilaman, lekin nima ham qila olardi? Meni ishim yoʻq, bolalarim esa koʻp", dedi.

Nima boʻlganda ham Yakutiyada yil sayin tish suyaklar qidiruvchilari koʻpayib bormoqda. Va qoʻshni shaharchalarda bir zumda boyib ketganlar haqida hikoyalar aytilar ekan, bu tendensiya faqat oʻsib boradi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



