Sayohat

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar
Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

1909 yilning yoz oylarida bortida 200 nafar kishi boʻlgan “Varata” paroxodi Avstraliyaning Melburn shahridan Janubiy Afrikaning Keyptaun shahriga yoʻl olgan edi. Yoʻlda u reja boʻyicha Durbanda toʻxtab oʻtdi. Bu yerda paroxodning yurishidan bezovta bir yoʻlovchi kemadan tushib qoldi. “Varata” paroxodi “Durban” portidan 26 iyulda chiqib, oʻz yoʻlida davom etdi. Ertasi kuni yoʻlda paroxod yana bir boshqa bir kema – “Klan Makintayer” bilan uchrashdi. Aynan shunda paroxodni oxirgi marta koʻrishgan. Axir “Varataʼ kemasi Keptaunga ham, boshqa portga ham yetib bormagan-da. Keyinchalik kema halokatga uchraganligini bildiruvchi suvdagi kema qoldiqlarini va suzib yurgan yoʻlovchilarning jasadlarini koʻrishganligi haqida odamlar orasida gap-soʻzlar tarqalgan, biroq bu xabarlar oʻz tasdigʻini topmagan. 1980 yillarda ushbu paroxodni topish uchun qilingan urinishlar zoye ketdi, hech qanday natijaga erishilmadi. “Varataʼ kemasining taqdiri nomaʼlimligicha qolmoqda.

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

AQSH ning Viskonsin shtatining hududida Atstalan nomli hindular shahrining qoldiqlari mavjud. Bu manzilgoh ilk bor 1836 yilda bu yerga koʻchib kelganlar tomonidan aniqlangan. Bu shaharda zinapoyali ehromlar hamda konussimon qabrlar boʻlgan. Bu yerdan topilgan roʻzgʻor buyumlari mahalliy aholi dehqonchilik va baliqchilik bilan shuggʻullanganligini bildirib turar edi. Rivoyatlarda aytilishicha, bu yerda bir paytlar yashagan odamlar Mills koʻli vodiysida katta ehromlar qurgan ekanlar. Keyinchalik bu yerda suv toshqini boʻlib, hamma narsa suv ostiga gʻarq boʻlgan, shuning uchun bu maʼlumotning haqiqiyligini aniqlash mushkul. Taxminlarga qaraganda, 7-10 asrlar avval Atstalan shahri aholisining soni 500 kishini tashkil etgan. Biroq XIV asrning boshlarida shahar nomaʼlum sabablar bilan boʻshab qolgan, aholi ham gʻoyib boʻlgan. Baʼzi maʼlumotlarga qaraganda, shahar yashash imkoniyatlari yoʻqligidan yohud qoʻshni qabila tomonidan uyushtirilgan hujum sababli shahar boʻshab qolgan.

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

Rim imperiyasining toʻqqizinchi legioni – bu besh mingga yaqin askar va zobitlar xizmat oʻtagan harbiy taʼlim boʻlimidir. U Britaniyaning istillosi vaqtida Angliyaning shimoliy qismida faoliyat koʻrsatgan. Boʻlinmaning vazifasi oroldagi mahalliy aholi tomonidan uyushtiriladigan hujumlarni bartaraf qilishdan iborat boʻlgan. 108 yilda legion York shahriga joylashgan. Bu maʼlumot u haqdagi oxirgi xabar edi. Kech kim toʻzqqizinchi legionga nima boʻlganligini bilmaydi. Faqat shunisi maʼlumki, 14 yil oʻtib, York shahriga oltinchi legion kirib kelganida shahar boʻsh boʻlgan. Ehtimol, rimlik askarlar togʻlik isyonkorlar tomonidan yoʻq qilingan boʻlishi mumkin. Shuningdek, ushbu otryad boshqa joyga yuborilgan boʻlishi mumkin, degan taxminlar ham bor, biroq bu aniq maʼlumot emas.

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

1962 yilning 16 martida Lockheed L-1049 Super Constellation avialayneri №739 reysni amalga oshirdi. Samolyot bortida Vyetnamga yoʻl olgan 96 amerikalik harbiy xizmatchilar boʻlgan. Parvoz davomida hammasi rejagidek ketayotgan edi, samolyot yoqilgʻini quyib olishi uchun bir necha marta belgilangan joylarda qoʻngan. Biroq Guam orolidan parvozini davom ettirgan ushbu samolyot Fillipin orollarida joylashgan keyingi belgilangan yoqilgʻi quyish joyiga yetib bormagan. Ushbu parvoz vaqtida ekipaj barcha harakatlar haqida hisobot berib turgan, soʻngra esa 10 ming fut balandlikni 16 ming balandlikka oʻzgartirish uchun gʻalati soʻrov tushgan. Ikki soat oʻtib esa samolyot bilan aloqa uzilgan, oʻzi ham radarlardan yoʻqolgan. №739 reysning yoʻqolishining haqiqatga yaqin boʻlgan sabablaridan biri, uning havoda portlagani boʻlishi mumkin. Biroq oʻsha hudud yaqinidagi dispecher minoralarning birortasi ham halokat signalini qabul qilmaganlar. Shuningdek, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi vaqtida hech qanday boʻlaklar topilmagan. Avialaynerning bu rusumi juda mustahkam va ishonchli edi, shuning uchun uning ishdan chiqishi mumkin emas edi. Aviakompaniya vakillari samolyot oʻgʻirlangan boʻlishi mumkin, deb taxminni ilgari surdilar, biroq u hech qayerdan topilmadi. Shunday qilib, №739 reys va uning yoʻlovchilarining taqdiri nomaʼlumligicha qoldi.

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

Afrikadagi Zimbabve mamlakatining nomi “toshli uylar” maʼnosini bildirib, sirli shahar boʻlgan – Buyuk Zimbabve nomidan olingan. Bu bir katta qishloq boʻlgan – taxminan 18 ming aholidan iborat boʻlgan. Bu tsivilizatsiya anchagina odimlagan edi: odamlar uch qavat uylar balandligidagi toshli devorlarni qurishni bilganlar. Taxminan 400 yillar avval bu odamlarning yoʻqolishi yanayam hayratlanarlidir. Hozirgi kunda Buyuk Zimbabve – butunlay tashlandiq shahardir. Uning devorlari granitli plitalardan qurilgan boʻlib, ular oʻzaro qurulish eritmasisiz biriktirilgan. Bu yerdagi topilmalardan olimlar mahalliy aholining madaniyati va turmush tarzini oʻrgandilar. Aniqlanishicha, shahar aholisi metall buyumlar yasashni bilganlar, savdo-sotiq ishlari bilan faol shugʻullanganlar hamda dindor boʻlganlar. Topilmalarning koʻpligiga qaramay, shahar aholisining taqdirini aniq aytib bera oladigan nazariyaning oʻzi yoʻq. Ushbu katta shahar va uning aholisiga bir necha asrlar avval nima boʻlganligini hech kim aytib bera olmaydi.

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

Ikkinchi jahon urushi yillarida bu kema transport kemasi vazifasini bajargan. Urushdan keyin uning faoliyati toʻxtatilgan va “Poet” 20 yil davomida ishsiz turgan. Keyinchalik uni sotib oldilar va foydalana boshladilar. Biroq 1980 yilda kapitan hamda 33 nafar tajribali ishchilardan iborat komanda tomonidan boshqarilayotgan kema sirli ravishda gʻoyib boʻlgan. 24 oktayabr kuni “Poet” kemasi makkajohori yuki bilan Filadelfiyadan Misrga qarab yoʻl oladi. Ertasi kuni Atlantikaning shimoliy qismida boʻron koʻtariladi, biroq bu tabiat hodisasi bunday toifadagi kemaga xavf sololmas edi. Toʻfon toʻxtaganda kema yoʻqolganligi maʼlum boʻldi, hech qanday halokat haqidagi signallar ham qabul qilinmagan. Kema yoʻqolishining bir necha versiyalari boʻlgan – yoriqlar tufayli choʻkishdan to “Poet” bilan aloqaning uzilishi haqida ogʻiz ochmagan kema egasining sovuqqonligigacha. Ammo birgina narsa ayon: bunday kemalar sababsiz choʻkmaydi, biroq haqiqatni bilish jida mushkul.

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

Ikkinchi jahon urushining tugashi bilanoq yana bir sirli gʻoyib boʻlish voqeasi sodir boʻldi. 1945 yilning dekabrida beshta amerika bombardimonchi samolyoti Bagama orollari hududida mashq parvozini amalga oshirayotgan edi. Topshiriq tugagandan keyin boʻlinma bazaga qaytayotgan edi, biroq nimagadir ularning yoʻnalishi toʻsatdan oʻzgarib qoladi. Buning ustiga ob-havo ham yomonlashgan edi va bir oz oʻtib samolyotlar radardan gʻoyib boʻldilar. Darhol katta hajmgagi qutqaruv operatsiyasi boshlab yuborildi, unda yuzlab samolyotlar va oʻnlab kemalar ishtirok etdi. Biroq shuncha say-harakatga qaramasdan yoʻqolgan boʻlinmaning birorta belgilari topilmadi. Keyinchalik aniqlanishicha, oʻsha kuni boshqa samolyotlar ham Bermud uchburchagining qurboniga aylangan ekanlar. Bombadimonchi samolyotlarning qudiruvi bilan shugʻillanayotgan ikkita gidroplan ham izsiz gʻoyib boʻlgan. Hozirgi kunga qadar ham bu sirli hodisaning ratsional izohi topilmadi, Bermud uchburchagining mistik xususiyati esa eng haqqoniy versiya deb tan olindi.

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

Ushbu Janubiy Amerika madaniyati birinchi va toʻqqizinchi asrlar oraligʻida zamonaviy Peru davlati hududida mavjud boʻlgan. Arxiologik tadqiqotlar natijalariga koʻra, bu yerdagi odamlar metallarga ishlov berishni yaxshi bilganlar, hattoki zarhallash hamda qalaylash hunarini ham egallaganlar. Ular dehqonchilikdan shunday moʻl hosil olganlarki, 25 ming aholini bemalol oziq-ovqat bilan taʼminlay olganlar. Biroq tarixning maʼlum bir vaqtida ular toʻsatdan gʻoyib boʻlganlar. Taxminlardan birida aytilishicha, bunga 6-7 asrlarda sodir boʻlgan El-Ninyo toʻfoni sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. 30 yillik juda koʻp yogʻgan yomgʻirdan keyin oʻttiz yillik qurgʻoqchilik boshlangan va aholi bunga dosh bera olmagan. Yana bir taxminda esa bu madaniyat qoʻshni qabilalar tomonidan yoʻq qilingan, biroq jang va urush belgilari topilmagan. Afsuski, ushbu tsivilizatsiyaning izi batamom yoʻqotilgan.

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

Birinchi jahon urushida qatnashgan bu britaniyalik otryad, asosan koʻngillilardan tashkil topgan. Tayyorgarlikdan soʻng batalyon 1915 yilda Gallipoli yarimoroliga qoʻndi, uning oldida Turkiyani urushdan chiqarib yuborish vazifasi turgan edi. Otryad kerakli joyga 10 avgustda yetib keldi, 2 kundan keyin esa urushga yoʻl oldi, bu urush ular uchun birinchi va oxirgisi boʻldi. Ittifoqchi qoʻshin hujumi puxta rejalashtirilmagan edi. Kuchli tayyorlangan raqibiga qarshi oʻlaroq polkning aniq bir xaritasi ham yoʻq edi, shuning uchun u magʻlubiyatga yuz tutdi. Hujum paytida 5-batalyon dushmanini yonayotgan oʻrmonga qarab taʼqib etdi va u yerdan qaytib kelmadi. Avvaliga askarlar dushman qurshoviga tushib qolishgan, deb taxmin qilingan edi. Ammo Turkiya hukumatining qaydlarida bunday harbiy asirlar haqida hech qanday maʼlumot yozilmagan edi. Keyinchalik shunday odamlar ham topilganki, ular katta bir bulutni koʻrganliklarini va bu bulut askarlarni oʻz domiga tortib ketayotganligining shohidi boʻlganliklariga hammani ishontirar edilar. Bu voqea rostmi yoki yolgʻonmi-hech kim bilmaydi, lekin 5-chi Norfolk batalyoning taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda.

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

Navbatdagi voqea esa XX asrning birinchi yarmida sodir boʻlgan Anjikuni koʻli yaqinidagi eskimoslar qishlogʻidagi butun boshli qabilaning sirli va tushuntirib boʻlmas holda gʻoyib boʻlishlari haqida. Adjikuni koʻli choʻrtan baliq va forel baliqlariga juda boy. U Kanadaning chekka mintaqalaridan birida Qozon daryosi boʻyida joylashgan. Bu oʻlkada yovuz ruhlar va ajinalar koʻpligi rivoyatlarda aytilgan. Mahalliy aholining yoʻqolishi shu afsonalar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, degan taxminlar bor.
Bu voqea 1930 yilning noyabr oyida sodir boʻlgan. Kanadalik ovchi Labell eskimoslar qishlogʻiga kelib, kulbalarda ham, koʻchalarda ham hech kim yoʻqligiga hayron qoladi. Axir bir necha hafta oldin bu yerda hayot qaynagan, sershovqin qishloqcha edi-ku. Endilikda bu yer huddi qabristondek huvillab qolgan. Mehmon ovchi qishloqda birorta ham odamni uchrata olmadi. Tabiiyki, u gap nimada ekanligini aniqlamoqchi boʻlgan. Biroq uning urinishlari behuda ketdi, u hech narsani aniqlay olmadi. U har bir kulbaga kirib, har bir burchakni sinchlab tekshirdi. Uylarda odamlarning barcha narsalari – roʻzgʻor buyumlaridan tortib, qurollarigacha hammasi butunligicha turar edi, qayiqlari ham qirgʻoq boʻyida bogʻlangan holda edi. Ovchi shuningdek kulbalarda mahalliy aholining milliy taomi boʻlgan – dimlangan goʻshtlar solingan koʻzalarni ham, zahiraga olib qoʻyilgan baliqlarni ham turganligining guvohi boʻldi. Hamma narsa ilgarigidek edi, odamlardan tashqari. Ikki yarim ming odamdan iborat boʻlgan qabila oʻz-oʻzidan gʻoyib boʻlgan edi. Biror-bir urushish yoki jangning belgilari ham yoʻq edi.
Bu yerda jiddiy bir gap borligini tushunib yetgan Labellda qoʻrquv hissi paydo boʻla boshladi va u darhol telegref orqali Kanada qirolligining togʻ politsiyasiga xabarnoma joʻnatdi. Bu xabarni eshitgan politsiyachilar darhol qishloqqa butun boshli ekspeditsiyani joʻnatdilar. Mahalliy aholining qidirish ishlari butun koʻl boʻylab olib borildi. Politsiyachilar voqea joyiga yetib kelganlarida yana bir nechta gʻayritabiiy fraktlarga duch keldilar. Bu faktlar bu yerdagi voqealar mistika bilan bogʻliqligini bildirib turar edi. Birinchidan, eskimoslar kuchuklarisiz hech qayerga ketmas edilar, axir ulardan transport vositasi sifatida foydalanar edilar. Itlarning muzga aylangan jasadi qor tagidan chiqib keldi. Kanadalik ovchi ularni ham yoʻqolgan yoki mahalliy aholi bilan birga joʻnab ketgan boʻlsa kerak, deb oʻylab yurgan edi. Itlar ochlikdan oʻlgan edilar. Bundan tashqari ajdodlarning qabri kavlangan va ularning jasadlari yoʻqolgan edi. Bu faktlar hammasi mahalliy hukumatning boshi berk koʻchaga olib kirdi. Qishloq aholisi ikii taranspotning biridan ham foydalanmaganlighi maʼlum boʻldi. Shuninbgdek, agar ular oʻz xohishlari bilan qishloqni tark etganlarida itlarni bogʻliq holda tashlab ketmas edilar. Itlar oʻz emishlarini topib yeyishlari uchun ularni albatta yechib ketgan boʻlar edilar. Lekin hammasidan ham ikkinchi jumboq juda hayratlanarli edi – olimlarning aytishlaricha, eskimoslar ajdodlarining qabrlarini bezovta qilishlari hech qanaqasiga mumkin emas edi, chunki bu ularning odatlari boʻyicha qattiq taqiqlangan edi. Undan tashqari, oʻsha vaqtda yer juda muzlagan edi va uni maxsus texnikasiz kavlashning ilojisi yoʻq edi. Qidiruvda ishtirok etgan politsiyachilardan birining soʻziga qaraganda, qishloqda fizik jihatdan amalga oshirib boʻlmaydigan voqealar sodir boʻlgan. Oradan yetmish yil oʻtsa hamki, hech kim uning soʻzlarini inkor qila olmadi. Adjikuni koʻlining jumbogʻini hozirgi kunga qadar Kanada hukumati yecha olmadi. Undan tashqari ushbu qabilaning avlodlari ham topilmadi. Hamma narsa huddi bu qishloq va uning aholisi umuman mavjud boʻlmagandek. Butun boshli qishloqning bunday sirli ravishda gʻoyib boʻlishi hech qanday mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Bordiyu qabilaga kimdur hujum qilgan taqdirda ham, politsiyachilar insonlarning qoldiqlarini va olishuv izlarini topgan boʻlar edilar. Biroq bu kabi narsalar topilmadi…

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

Keniyada qabilalardan birida tadqiqodchilar Envaitenet orolida bir paytlar yashagan qabila haqidagi rivoyatni eshitib qoldilar. Unda aytilishicha, qabila savdo-sotiq bilan shugʻullanar edi. Kunlardan bir kun savdo-sotiq toʻxtab qoldi. Nima gapligini bilish uchun orolga bir guruh odamlar yuborildi. Ular qaytib kelgach, qishloq boʻm-boʻsh ekanligini, u yerda hech kim yoʻqligiini, biroq hamma narsalar joyida ekanligini maʼlum qildilar. Bulardan kelib chiqib, yana haqqoniy savol tugʻiladi: butun boshli qabila qayerga yoʻqoldi, agar ketgan boʻlsa qanday qilib koʻlni bildirmay kechib oʻtgan boʻlishlari mumkin? Bu sirli voqeadan keyin orol “borsa-kelmas” deb atala boshlandi va xalq ichida u laʼnatlangan deb xisoblana boshladi.

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

Bu kabi sirli gʻoyib boʻlishlar Rossiya hududida ham sodir boʻlgan. Ommaviy axborot vositalarida shunday hodisalardan Plesheyev koʻli haqida maʼlumotlar berilib boriladi. Naql qilishlaricha, qadim zamonda bu koʻl yaqnida goʻzal Kleshin shahri bunyod etilgan edi. Kunlardan bir kun uning aholisi huddi eskimoslar kabi toʻsatdan gʻoyib boʻlgan. Rivoyatlarda aytilishicha, bu shahar Koʻl Ruhi tomonidan laʼnatlangan. Shuning uchun keyinchalik shu hududda qurilgan Pereyaslavl-Zalesskiy shahri koʻldan ancha narida barpo qilingan. Ushbu voqealar shunchaki afsona boʻlishiga qaramay, Plesheyeva koʻli hali-hanuz mahalliy aholida qoʻrquv hissini uygʻotadi. Bu yerdagi aholi koʻlda paydo boʻladigan tumanni xavfli deb biladi. Agar bordiyu unga kimdur tushib qolsa, parallel olamda paydo boʻlib qolishi mumkin.
Shu kabi voqealar Irkutsk viloyatida ham sodir boʻlib turadi. 1997 yilda Oʻlik koʻl yaqinidagi Nejneilimsk tumanida mahalliy militsiyaning uch nafar xodimi sirli ravishda gʻoyib boʻlgan. Bu voqeadan besh yil avval esa huddi shu tumanda butun boshli temir yoʻl sostavi va undagi odamlar nom-nishonsiz yoʻqolga.
Pskov viloyatida ham anomal hudud mavjud. Bu jarlik bilan kesishuvchi Lyadi qishlogʻi yaqinidagi joydir. Aynan ana shu yerda yogʻoch tayyorlashga joʻnatilgan brigada toʻsatdan gʻoyib boʻlgan.
Bu voqealarning barchasiga qandaydir izoh berish mumkindir, ehtimol. Ammo koʻpchilik guvohlarning koʻzi oʻngida toʻsatdan gʻoyib boʻlgan odamlar haqida nima deysiz? Masalan, besh nafar odam shohid boʻlgan Lenge ismli fermerning yoʻqolishi keng ommaga maʼlum. Va bunday hodisalar tez-tez sodir boʻlib turadi. 17-asr solnomalarida Inok Amvrosiy tanavvul vaqtida oʻz-oʻzidan koʻzga koʻrinmay qolib, gʻoyib boʻlgan. U davrlarda bu kabi voqealar shunchaki sexr-jodu yoki yovuz ruhlarning ishi, deb izohlanar edi. 1880 yillarning boshida Britaniya elchisi B.Baterst ham huddi shu zaylda gʻoyib boʻlgan. Odamlar avvaliga uning yoʻqolishiga uncha ahamiyat bermadilar va bu Napoleonning ishi boʻlsa kerak, deb oʻyladilar. Biroq koʻp sonly guvohlar bu hodisaga Napoleonning hech qanday dahli yoʻqligini taʼkidladilar.
Shu kabi voqeaning zamonaviy xili bizning kunlarda sodir boʻldi. Bir ayol mashinaning oynasini artish uchun avtomobildan tushib, erining koʻz oʻngida havoga singib ketgan. Lekin hamma insonlar ham izsiz yoʻqolmaydilar. Baʼzan shunday hodisalar ham boʻlib turadiki, bir joyda gʻoyib boʻlgan odam qandaydir vaqtdan keyin boshqa butunlay begona joyda paydo boʻladilar. 20-asrning ikkinchi yarmida huddi shunday voqea sodir boʻlgan. Bir uchuvchi samolyoti halokatga uchrayotgani uchun katapulta yordamida sakrashga muvaffaq boʻladi. U oʻziga kelganida voqea joyidan bir killometr uzoqlikda ekanligini tushunib yetadi. Uchuvchining hamkasblaridan birining taʼkidlashicha esa, samolyot havoga singib ketgan.

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

Egri –bugri shoxli gʻorlari bilan mashhur boʻlgan Xitoyning Guylin shaharchasi odamlar gʻoyib boʻladigan makondir. Yoʻlboshlovchilar ushbu gʻorlar boʻylab qilingan har bir ekskursiyadan keyin turistlarni birma-bir sanab chiqishga majburlar. Buning sababi esa birovning ortda qolib ketishi yoki adashib qolishi emas. 2001 yilda bu yerda juda gʻaroyib voqea sodir boʻldi. Gʻor boʻylab uyushtirilgan ekskursiya guruhlardan biriga yangi turist kelib qoʻshilib qoldi, qizigʻi uni shu paytgacha hech kim koʻrmagan edi. Aniqlanishicha, bu sayyoh oʻzini 1998 yilda deb hisoblar ekan. Uning aytishicha, u gʻorlardan birida ozgina dam olganu, soʻngra oʻz guruhiga yetib olgan.

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda gʻoyib boʻlganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

1621 yilda shox Mixail Fyodorovichning soqchilari 1571 yilda urushga otlanib chiqib ketgan Davlat-Girey xonning otryadini qoʻlga olgan. Asirga tushgan askarlar qaysi yilda ekanliklarini bilganlarida hayratdan qotib qoldilar. Ularning aytishlaricha, otryad tatar qoʻshinlari bilan birgalikda Moskvani ishgʻol qilishda ishtirok etganlar. Biroq ularning yoʻllarida tuman bilan qoplangan chuqur jarlik paydo boʻladi, ular shu tuman ichiga kirib ketib, yarim asrdan keyin chiqib kelganlar. Olimlarning taʼkidlashlaricha, bu kabi hodisalar vaqt oraligʻidagi “qora tuynuk” ning mavjudligini isbotlaydi. Bu tuynuk orqali parallel olamga tushib qolish mumkin, undan chiqishning esa deyarli ilojisi yoʻq. Vaqtlar oraligʻidagi bunday adashishlar yer poʻstlogʻining zararlanishi kabi geofizik anomaliyalar sababli sodir boʻladi. Yana bir keng tarqalgan versiyalardan biri – insonlar oʻzga sayyoralik kelgindilar tomonidan tadqiqodlarni oʻtkazish uchun oʻgirlangan boʻlishlari mumkin.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar