Dunyoni kalaka qilgan eng qaltis hazillar

Barchamiz hazillarni yaxshi koʻramiz, albatta, bizning ustimizdan kulmayotgan boʻlishsa. Ushbu maqolada soʻz boradigan hazillarga ishonmaslik juda qiyin boʻlgan.
Jdbgmgr.exe

2002 yilda odamlar elektron manzillariga kompyuterlaridagi jdbmgr.exe faylini oʻchirishlari kerakligi, bu OS ga zarar koʻrsatadigan virus ekanligi va antivirus dasturlarni bunday faylni aniqlay olmasliklari haqida yozilgan edi. Biroq antiviruslar bu faylni aniqlay olmasligining asli sababi bu Microsoft Windows foydalanadigan Sistema fayli boʻlgan. Ushbu faylni oʻchirgandan soʻng esa, operatsion Sistema ishida koʻplab nosozliklar kelib chiqqan.
Uchar pingvinlar

2008 yilning 1 aprelida Bi-bi-si Antarktida yashovchi, oldin maʼlum boʻlmagan pingvinlar haqida film koʻrsatgan. Uning muhbiri xatto ushbu “uchar pingvinlar” orasida yurgan va oʻz kozi bilan ularning tropik Amazonkaga uchib ketganini koʻrgan.
Digidrogena monooksid (DNMO)

Albatta, siz bu axir oddiy suv deb oʻylaysiz. Togʻri bu suv. Biroq koʻpchilikka suvning bunday nomi maʼlum emas. 1990 yilda 14 yoshli oʻquvchi omma orasida ilmiy savod yo'qligini isbotlash uchun, digidrogen monooksidning taʼqiqlash kompaniyasini boshlagan. Bugun DNMOning xavfi togʻrisidagi hazilni internetda ham koʻrishingiz mumkin. Ayniqsa, digidrogen monooksidini ichgan odam 100% oʻlishi haqidagai ogohlantirishlar juda mashxur.
Bananadin

Aqlli Gans

Vilgelm Fon Osten, nemis matematigi, hayvonlar aqlli ekanligini isbotlamoqchi boʻlgan. 1990 yillar boshida u Gans ismli otni hisoblashga oʻrgatgan. Odamlar lol qolgan. Gans taqasini urib deyarli barcha matematik misollarga javob topgan. Otni xattoki “Aqlli Gans” deb nomlashgan. Biroq oxir oqibat psixologlar haqiqatni aniqlashdi. Vilgelm otga yuz mimika harakatlari orqali javoblarni aytib bergan. Eng qizigʻi u buni ataylab qilmagan. Vilgelm otining siri fosh qilinganiga ishonmasada, hozirda bizda “Aqlli Gans effekti” degan fenomen bor.
Skvader

Ushbu qanotli quyon, aytishlaricha Shvetsiyadan. Oʻylab topilgan bu mavjudot aslida Rudolf Granberg ismli taksidermist tomonidan hazil sifatida yaratilgan va hozirda Sundsvall shahrining muzeyida, doimiy eksponat sifatida saqlanadi.
Bonsai mushuklari

Qisqasini aytganda, shunday sayt boʻlgan, unda mushukchalarni shishali bankada yoki butilkada oʻstirish haqida yo'riqnomalar berilgan, shu bilan birga kerak boʻladigan moslamalar va idishlar ham sotilgan. Aytilishicha, bunday usulda oʻstirilgan hayvonlar oʻta gʻaroyib koʻrinishga ega. Odamlar bundan juda gʻazablangan. Keyin aniqlanishicha, bu shunchaki hazil boʻlgan.
Spagetti daraxti

1957 yilning 1 aprelida Bi-bisi oʻzining tomoshabinlariga spagettini daraxtda yetishtiradigan shveysariyaning kichik shaharchasi haqida gapirib bergan. Tez orada odamlar qoʻngʻiroq qilib, oʻzlari shunday daraxtni qanday yetishtirishlari mumkinligi haqida qiziqib soʻrashgan.
Masked Marauders

1969 yilda Rolling Stone jurnalining redaktori Greyl Markus, Masked Marauders gruppasining albomiga retsenziya yozgan. Ushbu guruhning yulduzli safiga Mik Jagger, Jon Lenon, Bob Dilan va Pol Makkartni kirgan. Greylga bunday guruhlarning mashxurligi yoqmas edi, shuning uchun u maqolani chiqarganda, odamlar buni parodiya deb qabul qiladi deb oʻylagan. Biroq oʻquvchilar ishonib, guruhning albomini sotib olishni xohlashgan.
Oy yakkashoxlari

1832 yilda Nyu-Yorkning The Sun gazetasi, astronomlar oyda yakkashoxlarni topishganligi haqida sensatsion maqola chop etdi. Ajablanarlisi shundaki, odamlar shunga ham ishonishdi.
Dunyolar jangi

Tarixdagi eng mashxur hazil 1938 yilda sodir boʻlgan. Orson Uelss G.Uellsning “Dunyolar jangi” romanini radio orqali qoʻyib eshittirgan. Radio tinglovchilarning juda koʻp qismi rostdan ham Marsliklar Yerga bostirib kirdi deb oʻylagan, va odamlar orasida taxlika boshlangan
Donor Shou

2007 yilda Big Donor Shou golland televideniyasida namoyish qilingan. Unda tuzalmas kasallikka chalingan ayol, 25 kishidan birini oʻz buyragini berishga tanlashi kerak edi. Shou haqiqiy protestlar toʻlqiniga sabab boʻldi. Uni etikaga zid va vahshiy deb atashdi. Shunda televideniya ishchilari, bu shunchaki yolgʻonligini aytishdi. “Kasal” ayol aslida aktrisa boʻlgan. Biroq qatnashchilarga rostdan ham buyrak kerak boʻlgan va ular ushbu donor yetishmaslik muammosiga odamlar eʼtiborini qaratish uchun shouda qatnashishga rozilik bergan. Yaxshilikni koʻzlagan yolgʻon!
Hidvideniye

1965 yil hazil kunida Bi-bi-si Smelovision – yangi texnologiyasini tajribadan oʻtqazdi. Endi istalgan uy televizoriga studiyadan hidlarni yuborish mumkin edi. Sodda odamlarning koʻpchiligi bunday hazilga ishonib, studiyaga qoʻngʻiroq qilib, rostdan ham hidni sezganliklarini tasdiqlagan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



