Sayohat

Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining top 10 taligi

Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining top 10 taligi

Mamlakat xilma – xilligi, davlat tillari va xalqlari aralashligi tufayli u yagonadir. Bu yerga dam olgani va Shvetsariyani bilmoqchi boʻlgan sayyohlar doim ularning taʼtillari ajoyib oʻtishiga ishonadilar. Bu saralangan toʻplamda sizlarni oʻnta eng mashhur joylarga sayot qilishga taklif etamiz, ularni kelib koʻrish shart.

Bulutlardan balandga koʻtarilgan buyuk Matterxorn choʻqqisi – Shvetsariyaning ramziy belgisidir. Alplardagi muzlikning eng baland choʻqqisi zabt etilishi qiyin boʻlgan tepaliklardan biridir. Biroq maftun qiladigan manzara koʻtarilishdagi har bir qadam shunga arziydi. Zamonaviy vositalar bu mashhur diqqatga sazovor joyga chiqish imkoniyatini beradi. Aynan Matterxorn atrofida mamlakatning eng ommabop togʻ – changʻi kurortlari joylashgan.

Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining top 10 taligi

Bellinson qasrlarining shahri oʻzining manzarali tabiati bilan mashhur boʻlib, Yevropadagi eng hashamatli va obroʻli qurilmalridan biri hisoblanadi. Bu hududda 3 ta qasr qad koʻtargan – Grande, Montebello va Sasso Korbaro. Bu qasrlar majmuasi oʻrta asr davrining himoya strukturasi boʻlib, ular Alpga kirish darvozalarini qoʻriqlaganlar hamda Tichino vodiysiga oʻtish yoʻlida toʻsiq vazifasini bajarganlar.

Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining top 10 taligi

Bernni eski shahri qadimgi shuhrat ramzi hisoblanadi. Bu eski shahar 12 chi asrda qurilgan boʻlib, turli texnik asrlarning anʼanalarini oʻzida mujassam etgan. U quruvchilarning daholigi hamda meʼmoriy aniqligini namoyish qiladi. Bugungi kunda bu eski shahar barcha mintaqalardagi sayyohlarni oʻziga jalb qiladi. Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining roʻyhatida uchinchi oʻrinni egallaydi.

Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining top 10 taligi

Lyutsernada turist hamda sayyohlarni oʻziga jalb qiluvchi diqqatga sazovor joylar koʻp. Biroq ibodatxona koʻprigi shahardagi eng koʻp ziyorat qilinadigan joylardan biridir. Bu koʻprik mintaqadagi eng qadimiy yoʻgʻoch koʻprik boʻlib, u 14 chi asrda jinoyatchilarning hujumidan himoyalanish vositasi sifatida barpo qilingan. Bugungi kunda uning interyeri biroz oʻzgartirilgan, bu yerda badiiy va tarixiy koʻrgazmalar namoyish etiladi, ularni tomosha qilish uchun yuzlab odamlar tashrif buyuradilar.

Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining top 10 taligi

Shilon qasriga birgina nazar tashlaganingizning oʻzida u sizni qadimiylik va afsonalar davriga olib ketadi. Jeneva koʻli sohilida joylashgan ushbu toshli qurilma 11 asrda barpo qilingan boʻlib, dunyodagi qasrlarning ichida jozibadorligi bilan ajralib turadi. Ushbu qasr koʻpgina shoir va yozuvchilarni ilhomlantirgan, uning tarixi esa yaxshi va yomon xotiralarni oʻzida mujassam qilgan. Bu minoraga sayohat uyushtirsangiz, ichki hovlilari va qamoqxonasini koʻrganingizda, uning tarixi haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlasiz hamda unutilmas taassurotlarni qoʻlga kiritasiz.

Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining top 10 taligi

Lyutserna shahri yaqinidagi koʻl yonida Pilatus togʻi qad koʻtargan – u Shvetsariyaning buyuk tabiiy diqqatga sazovor joylardan biridir. Bu choʻqqiga koʻtarilish argʻimchoq yoʻl orqali hamda dunyodagi eng zoʻr funikuler orqali amalga oshiriladi, u yerdan esa Shvetsariya Alplariga manzara ochiladi.

Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining top 10 taligi

Shpalentor darvozalari devor bilan Oʻralgan shaharga olib boradi. Bu shahar 14 chi asrda barpo qilingan boʻlib, bir neshta qoʻrgʻonlardan iboratdir. U halokatli zil-ziladan keyin barpo qilingan va uning aholisini boshqa tabiy ofatlardan himoyalash maqsadida qurilgan. Bugungi kunda ushbu majmuaning 3 ta darvozasi saqlanib qolingan boʻlib, Bazela madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadi hamda oʻrta asr davrining meʼmorlarining dohiyligini namoyish etadi.

Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining top 10 taligi

Grossmyunster sabori qurilganidan beri Tsyurixning bosh ramzi hisoblanadi. Bu diqqatga sazovor joy birinchi boʻlib 1220 yilda qurilgan va 19 chi asrda halokatli yongʻindan soʻng qayta tiklangan. Sabor minoralaridan biri tashrif buyuruvchilar uchun ochiq, uning ayvonidan esa Tsyurixning goʻzal manzarasini tomosha qilish hamda moʻjizaviy olamga sayohat qilgandek his qilish mumkin.

Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining top 10 taligi

Bernning eski markazidagi Tsiglogg minorasi 13 chi asrda qurilgan boʻlib, Bern tarixida katta xizmat koʻrsatgan. Dastlab bu bino oʻt chiqishidan xabardor qiluvchi minora boʻlgan, soʻngra Tsiglogg qamoqxonaga aylantirildi, shuningdek unga ulkan soat ham oʻrnatilib, shaharning markaziga aylantirildi. Bugungi kunda bu binoning soatlari bizga oʻtkinchi hayot haqida eslatib, binoning oʻzi ham magʻrurona qad koʻtarib turibdi.

Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining top 10 taligi

Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining roʻyhati Jenevadagi MIllatlar saroyi bilan yakunlanadi. Jeneva BMTning bosh shtab kvartirasi boʻlishi bilanoq, shahar Ariyana bogʻini hadya qildi va unda xalqaro siyosat ramzi boʻlmish Millatlar Saroyi barpo qilindi. Bu Saroy – diplomatik markaz boʻlib, unda har yili besh mingdan ziyod uchrashuv va muzokaralar boʻlib oʻtadi. U tinchlik yoʻlidagi xalqaro kelishuvlarning bosh diplomatik nuqtasi hisoblanadi.

Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining top 10 taligi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar