Baxt kafolatlangan: o'z kayfiyatini ko'tarish va hattoki qiyin kunda ham bardam bo'lib olishning 7 ta ilmiy tasdiqlangan yo'llari
Baxt kafolatlangan: o'z kayfiyatini ko'tarish va hattoki qiyin kunda ham bardam bo'lib olishning 7 ta ilmiy tasdiqlangan yo'llari
Ta'tildan qaytdingiz, hamda ish va g'am-g'ussa birgalikda sizga yuk bo'lib oldimi? Yoki, intiqib kutayotgan ta'tilingizgacha hali bir umr yashash kerakdekmi? Balki, go'zal yoz fasliga qaramay, sizning kayfiyatingiz yaxshi emas?
Yaxshi xabar: sababsiz tushkunlikdan xalos bo'lish mumkin. Masalan, mana bu 7 ta hammabop (va asosiysi, legal) vositalar, kafolatlangan holda, sizning kayfiyatingizni ko'taradi. Hatto, eng xo'mraygan kunda ham. Fan tomonidan isbotlangan. Kun davomida g'am-g'ussa kutilmaganda kelib qoldimi? Agar, holdan toyishni va kayfiyatni tushishini his etayotgan bo'lsangiz, hamda uyingizdan, muzqaymoq chelakchasi va melodrammadan sizni bir qancha ish soatlari ajtatib turgan bo'lsa, quyida keltirilgan vositalarning xech bo'lmasa bittasini sinab ko'ring. Fan tomonidan isbotlangan - bu narsalar seratonin ishlab chiqishini oshiradi. U esa, neyromediatorlarning va "baxt gormon" larining asosiylaridan biridir. Eng asosiysi, ular juda ham ommabop.

1. Qora shokoladni ozgina yeng.

1. Qora shokoladni ozgina yeng.
Faqat qora shokolad va faqat ozgina - bir kunda 200 kkal.gacha. Shirinlik faqatgina ta'mi mazali bo'libgina qolmay, balki serotoninni ishlab chiqarilishini oshirilishiga ham olib keladi. Shu bilan birga katta tezlikda.

2. Meditasiya qiling

2. Meditasiya qiling
Xech bo'lmasa bir necha daqiqa. Ish joyida bo'lsa ham, chekish uchun maxsus xonasida bo'lsa ham. G'ayritabiiy xech nima yo'q: meditasiya stress vaziyatlaridan o'tishga yordam beradi. Stress esa, hatto anglanmagan bo'lsa ham, yomon kayfiyat sababi bo'lishi mumkin. Meditasiya esa, fikrlarni ham bir yerga jamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, 2015 yilning tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, doimiy ravishda qilinadigan meditasiya, katta yoshda ham, miyadagi kul rang moddalar hajmini saqlab qolishda yordam berar ekan. Shunga muvofiq ravishda, emosional barqarorlik va o'tkir zehnni ham tejab qoladi.

3. Biroz sayr qiling yoki, kichkina mashqlar to'plamini bajaring

3. Biroz sayr qiling yoki, kichkina mashqlar to'plamini bajaring
Bu ham ofis ichida bajarish juda onson bo'lgan vositadir. Tezlashgan yurak urishi - "baxt gormon" larining ishlab chiqarilishida qatnashuvchi yordamchi faktorlardan biridir.

4. Quyosh vannalarini qabul qiling yoki, xech bo'lmasa, derazaga yaqinroq o'tir

4. Quyosh vannalarini qabul qiling yoki, xech bo'lmasa, derazaga yaqinroq o'tir
Ultrabinafsha nurlanishi terining dushmani bo'lishi mumkin, lekin shu vaqtning o'zida yaxshi kayfiyatning do'sti. Ha, qanchalar parodoksal bo'lmasin. Bundan tashqari, Garvard medisina maktabi tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, quyoshda uzoq vaqt bo'lish, miyaning morfin kabi, kuchli og'riq qoldiruvchi preparatlari qabul qilinganda aktivlashadigan zonalarini aktivlashtirar ekan. Butkul legal holda.

5. Omega-3 tamaddi qilib oling

5. Omega-3 tamaddi qilib oling
Sodda qilib aytganda, bir juft yong'oq yeng, yoki zudlik bilan qizil baliqli sushi buyurtma qiling. Bu narsa kayfiyatingizni kafolatli ko'taradi, hamda bir yo'la intellektual samarani oshiradi va teri holatini ham yaxwilaydi. Bundan tashqari, depressiya va Omega-3 ning organizmdagi past miqdori o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik mavjudligini tasdiqlovchi tadqiqotlar ham bor.

6. Zudlk bilan yogurt yeng

6. Zudlk bilan yogurt yeng
Aniqlanishicha, seratoninning "koni" ning asosiy qismi bosh miyada emas, balki ... ichakda joylashgan ekan. Shu boisdan, u bilan bog'liq har qanday muammolar, eng optimistik kayfiyatingizni ham buzishga qodir. Sababsiz tushkunlikni his etyapsizmi? Oshqozon-ichak faoliyatini yo'lga qo'ying. Avvaliga esa, laktobakteriyalarga boy, "tirik" yogurtning porsiyasidan boshlashingiz mumkin.

7. Quchoqlashing

7. Quchoqlashing
Mehr-muhabbatni jismoniy tasvirlash, olimlarning fikriga ko'ra, hali hamon, eng asosiy nomedikamentoz va shu bilan birga eng ommabop usuli bo'lib hisoblanadi. Nafaqat serotoninning, balki tabiiy antioksidant bo'lgan oksitosinning keskin ortishi kafolatlangan. Har qanday tushkunlikni bir nafasda yuvilib ketadi. Shu bilan bir qatorda, bu mutlaqo bepul.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook