2019-yilda ajralish qaroriga kelgan 5 ta mashhur juftlik
2019-yilda ajralish qaroriga kelgan 5 ta mashhur juftlik
2019-yil ba'zi yulduz juftliklarining ishqiy munosabatlari poyoniga yetdi. Keling, qaysi taniqli kishilar uchun bu yil sevgi munosabatlari unchalik muvaffaqiyatli tugamaganini ko'rib chiqaylik. Ular orasida sizning sevimli juftliklaringiz bo'lishi mumkin ...

Albatta, 2019-yil  ko'p quvonchli voqealarni (masalan, Jennifer Lopezning unashtiruvi kabi) onlarni berdi, ammo juda ko'p juftliklarning ajralishlariga ham guvoh bo'ldi. 

Mayli Sayrus va Liam Xemsvort

Yilning eng shov-shuvli ajrimi. Gollivud yulduzlari deyarli o'n yil uchrashishdi va 2018 yilda turmush qurishdi. Biroq, olti oydan so'ng, taniqli shaxslar ajralish haqida e'lon qilishdi (Instagramdagi sahifalarida). Mayli Sayrusning vakili ham Liam va Mayli ajralishgani haqidagi xabarni joylashtirdi. O'z navbatida Liam Xemsvort Instagramda o'zining sobiq xotiniga baxt va sog'lik tilab so'zlar qoldirgan.

Ledi Gaga va Kristian Karino

Ledi Gaga Kristian Karino bilan unashtirilganligi barchaga ma'lum edi, ammo tez orada ular aloqani to'xtatdi. Insayderlarning so'zlariga ko'ra, ajralish sababi Karinoning haddan tashqari rashqchiligi bo'lgan. Bundan tashqari, xanandaning do'stlari uning juftiga yoqimsiz munosabatda bo'lishgan. shu kabi balki umuman boshqa sabab bilan ikki yillik munosabatlardan so'ng, juftlik ajralishdi. Ularning birga bo'lishlariga esa hech qanday umid yo'q emish!

Keti Xolms va Jeymi Foks

7 yillik munosabatlar va kutilmagan ajralish... Barchasi Gollivud aktyorining xiyonati tufayli yuzaga keldi. Juftlik o'zaro munosabatlarni yashirgan bo'lishlariga qaramay, janjallar to'g'risida matbuotga xabarlar tarqaldi.

Irina Sheyx va Bredli Kuper

O'tgan yilning eng kutilmagan va shov-shuvli ajralishi. To'rt yillik kuchli munosabatlar va qiz farzand... Ularning munosabatlari haqida juda ko'p mish-mishlar tarqaldi, chunki bu juftlikdan ular uzoq va kuchli munosabatlarni kutishgan. Hozircha Irina Shayx va Bredli Kuper o'rtasidagi kelishmovchilikning asl sababi oshkor qilinmadi.

Jiji Xadid va Zeyn Malik

Ushbu yulduz juftlikning munosabatlari har doim beqaror edi. Ular 2015 yildan uchrashishni boshlashdi, lekin doimo ajralishdi va yana birlashishdi. Biroq, mashhur model Malikning ichki muammolarini yengishga qodir emas edi, bu uning ishi va do'stlari bilan munosabatlariga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Jiji Malik bilan xayrlashishga qaror qildi, ammo uning fikriga ko'ra, u mashhur qo'shiqchini hali ham yaxshi ko'radi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook