Angar ichidagi ajoyib tropik kurort
Angar ichidagi ajoyib tropik kurort
Ekzotikali tropik dam olishni planlashtirganingizda hech Germaniya haqida o’ylaganmisiz? Zumrad lagunalar, soyali palmalar, shishadek toza suv va ajoyib yog’ochli chaylalar haqida o’ylaganingizda bu aqlingizga keladigan birinchi mamlakat bo’lmasa kerak-a?

Hozirgacha shunday edi.

“Tropik orollar” kurorti o’z ichiga sakkizta futbol maydonini yoki gorizontal holatdagi Eyfel minorasini sig’dira oladigan bahaybat angar ichida joylashgan. U shunchalar balandki xattoki Nyu-Yorkdagi ozodlik xaykali ham butun bo’yi bilan sig’ib ketgan bo’lardi.

Sun’iy kurort Germaniyaning Bradenburg shahrida, Berlindan 60 km janub tomonda joylashgan, shu sababli issiq ustki kiyimlaringizni cho’milish kiymlariga almashtirishingiz uchun bor yo’g’i bir soat yo’l yurasiz.

Ayni paytda ushbu kurort sayyoramizdagi eng ulkan inshootlardan biri hisoblanadi – 5,5 million kub metr – va bu yerda dunyodagi eng katta tropik o’rmon joylashgan. Bu yerda 30 000 dan ziyod daraxtlar va butalarning turlari o’sadi, xattoki, banan daraxtlari ham bor.

Bu yerda sun’iy dengiz, uzun sun’iy plyaj va butun yil davomida +26 C darajada iqlim ushlab turiladi – juda sovuq ham, juda issiq ham emas. Bu yerda Angkor-Vat ibodatxonasi va an’anaviy Tay uylar qurilgan

Ob-havo haqida o’ylash shart emasligi bilan birga, siz kurortga qachon kelish haqida ham o’ylamasangiz bo’ladi, chunki u butun sutka davomida ishlaydi.

Tunggi soat 3 da cho’milmoqchimisz? Muammosiz! Shunchaki esingizda tursin, bu vaqtda ham siz yolg’iz bo’lmaysiz.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook