Aqlli uzuk: 24 tilni biladigan eng kichik tarjimon
Aqlli uzuk: 24 tilni biladigan eng kichik tarjimon
Texnologiyalar olamida yangilik - aqlli uzuk. Bu uzuk 24 tilda gaplasha oladigan eng kichik va ixcham tarjimon.

Bazida, agar hamma yagona bir tilde gapirganda sayyoramiz osoyishta va baxtliroq bo’ladiganday tuyiladi. Lekin unda balki zerikarli ham bo’lardi. Biroq hozircha “Esperanto” loyihasi barbod bo’lib, odamlar ingliz tilini o’rganishni xohlamagan bir paytda, barcha umidimiz elektron tarjimonlardan. Ular kun sayin “o’qimishliroq" va xamyonbop bo’lib bormoqda. Shu kunlarda endi chet tilini tushunadigan uzuklarni ham yaratishibdi.

Ko’p sayohat qiladigan odamlar, ertami kechmi so’zlashishda qiyinchilikka uchraydi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, ingliz tili – bunday muammolarni hal qila olmaydi. Hamma tillarni esa o’rganib ololmaysiz. Ana shunday vaziyatlarda elektron tarjimonlar yordamga keladi. Hozirda ularning soni ko’payib bormoqda. Yaqinda esa ular qatoriga yana bir ixcham tarjimon – Echo nomli aqlli uzuk qo’shiladi.

Echo – bir vaqtda bir necha qiyin vazifalarni bajara oladigan juda ixcham moslama. Eng birinchi va asosiysi – tarjima.  Uzuk “aqlli” nomini oqlaydi va 24 ta tilni biladi. Unga o’rnatilgan dinamik va intershovqinni yo’qota oladigan MEMS mikrofonlari yordamida Echo so’zlashuvni “eshitishi” va belgilangan tilga tarjima qilib berishi mumkin. Matni esa smartfoningizdagi maxsus ilova orqali ekranda chiqadi. 

O’ylaganingizdek, uzuk telefoningiz bilan Bluetooth orqali aloqa qiladi. Uzuk yordamida smartfonni ham boshqarish mumkin. Buning uchun ovozli boshqarish funksiyasini yoqsangiz bas, telefonni qo’lingizga olmasdan unda ilova, musiqa ocha olasiz yoki Uber chaqira olasiz.

Aytgancha, Bluetooth orqali, Echo uyingizdagi boshqa istalgan texnikani boshqara oladi. Smartfonni esa xatto qo’l silkitish bilan ham boshqarsa bo’ladi. Haqiqiy aqlli uzuk.

Minimalistik dizaynli uzuk sinkli keramikadan ishlangan va atigi 16 gr og’irlikka ega. Agar 90-yillarning “muxrli” uzuklari bilan solishtirsangiz, ko’rinishi yomon emas. Unga o’rnatilgan batareykalar, to’liq ishlatilganda 2 sutkaga yetadi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook