Avtostop bilan Shvetsiyadan Malayziyaga yetib olgan qiz
Avtostop bilan Shvetsiyadan Malayziyaga yetib olgan qiz
Bu qiz cho'ntagida atigi 200 dollar bilan Shvetsiyadan Malayziyaga avtostop bilan yetib oldi.

13 oy ichida Petrina Tong avtostop bilan Shvetsiyadan Malayziyaga sayohat qildi. 29 yoshli ayol 2015 yilning iyun oyida Stokgolmdan yonida 200 dollar bilan chiqib ketgan. U qanchalar uzoqqa keta olishini sinab ko’rmoqchi bo’lgan. Natijada esa, 22 davlatni o’tib, 2016 yilning iyul oyida o’zining ona shahri Kuala-Lumpurga yetib brogan.

Senarist-frilanser sarguzashtini o’ziga qo’ygan sinovi deb biladi. “ O’tgan yili Stokgolmga borganimda avtostop bilan sayohat qilish tajribasini sinab ko’rmoqchi edim, biroq men bunga qodir ekanligim xatto hayolimga ham kelmagan edi. Men urinib ko’rishim mumkinligi haqida o’yladim, 200 dollarga men taxminan yo’lda uchoydan olti oygacha yaxshay olaman deb rejalashtirgan edim. Men yo’l chetida bosh barmog’imni ko’tarib turdim, to’xtagan mashina qayerga ketayotgan bo’lsa, o’sha yerga yurdim. Faqatgina yetib kelganimda, qayerda ovqatlanishim va uxlashim haqida bosh qotirardim”, - deb eslaydi sayohatchi qiz.

“Ovqatlanish uchun men kafelar yonidagi axlatdan ovqat qidirardim va chala qolgan ovqatlarga tashlanardim, do’konlardan sotish mumkin bo’lmagan, ayniy boshlagan mevalarni so’rardim. Kech tushganda esa men Palatka qo’yish mumkin bo’lgan joy izlardim, bazida meni tasodifiy tanishlar tunashga taklif qilishardi”. Petrinaning aytishicha, ko’p odamlar avtostop bilan sayohat qilishga qo’rqishadi, ayniqsa, yolg’iz ayollar, lekin u juda ko’plab ajoyib va mehribon odamlarni uchratdi, ular unga yordam berishdan xursand bo’lishdi.

Biroq qo’rqinchli voqealar ham sodir bo’ldi. Petrina eron-pokiston chegarasini Belujiston orqali kesib o’tish kerak edi. “Sayohatchilarni o’g’irlab ketish hodisalari ko’p bo’lgani uchun, meni yolg’iz ketishimga ruxsat berishmadi. Eron chegarasida men politsya mashinasiga o’tirib, yana ikkita qurollangan politsiya mototsikllar konvoyi kuzatuvida bordim. Birinchi tekshiruv postiga borganimizda, men boshqa politsiya yuk mashinasiga o’tirdim. Yana keyingi tekshiruv punktiga yetb oldik. Juda uzoq kutishga to’g’ri keldi. Keyin meni bir harbiyga topshirishdi, u men bilan avtostop bilan keying postgacha bordi. U yerdan yana uch marta harbiy yuk mashinalariga o’tirishimga to’g’ri keldi”, - deb hikoya qiladi qiz. Uning aytishicha, bu sayohat davomidagi eng qo'rqinchli tajriba bo’lgan. Unga xattoki ochiq hududda turishga ruxsat berishmagan, chegarani kesib o'tayotganda bir mashinadan boshqa mashinaga sakrab o’tishga to’g’ri kelgan.

Petrinaning so’zlariga qaraganda, sayohatning eng yoqimli onlaridan biri bu Litva to’g’larining birida “Kamalak” (Rainbow Gathering) xippilar festivalini uchratgani bo’lgan. Bu jamoa, o’z asosini amerika Burning Man festivalidan olgan bo’lib, turli mamlakat odamlarini “utopiya” yaratish uchun bir necha haftaga birlashtiradi. “Pulning qadri yo’q, ovqat hammaga teng bo’linadi, hamma bir oila, - deb gapiradi sayohatchi qiz. – Hech qanday iyerarxiya yo’q, hech qanday alkogol, narkotikka ruxsat yo’q, faqatgina hayotdan zavq olinadi. Bu juda ildizlariga yaqin. Men bu g’ayritabiiy jamoani yoqtirib qoldim. Tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga kirishmay, har bir odam tabiat bilan hamnafas bo’ladi va umuman tanimagan odamlari bilan munosabatga kirishadi. Umumiy gulhan atrofida o’tirib isinishga harakat qiladi yoki shunchaki bir qator yomg’irli kunlardan keyingi quyoshli kunga xursand bo’ladi”.

Petrinanin gyo’li Shvetsiyadan butun Yevropa bo’ylab yotadi: Daniya, Germaniya, Polsha va Boltiq bo’yi mamlakatlari orqali. Keyin u Albaniya, Kosovo va Bolgariya orqaliTurkiyaga boradi. U yerdan Eronga borib, Pokiston, Hindiston, Tayland orqali ona vatani Malayziyaga yetb boradi. Yevropadan Yaqin Sharq mamlakatlariga borib qolganda, ko’pchilik odamlar u yolg’iz sayohat qilayotganiga hayron qolishgan. “Mendan doim nega yolg’izligimni, mening erim, akam, yigitim yoki ota-onam qayerdaligini so’rayverishardi. Yolg’iz qoldimmi yo’qmi, qo’rqmayapsanmi deb so’rashardi.Osiyoda yolg’iz sayohat qilish noodatiy hol, ayinqsa, ayollar uchun”.

Bazi qiyinchiliklarga qaramasdan, Petrina boshqa ayollarga ham avtostop bilan sayohat qilishni maslahat beradi. “Men bu sayohat juda qiyin bo’ladi deb kutgan edim, lekin hozir ortga qarab, unchalik ham qo’rqinchili emasligini tushundim. Albatta, bazan shunday paytlar bo’ldiki, nega men bu ishni boshladim, nega o’zimni bunchalik qiynayapman deb o’ylab qoldim, biroq hozir mening dunyoqarashim butunlay o’zgardi. Dunyo va noaniqliklar umuman qo’rqinchili emasligi menga katta dars bo’ldi. Odamlar juda mehribon va har doim yordam berishga tayyor. Hozir men aniq bilaman, tilini bilmaydigan mamlakatda pulsiz yo’qolib qolsam ham, hammasi yaxshi bo’ladi”.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook