Ayollar korseti: Qanday paydo bo'lgani, mashhur namunalar va zararlar haqida...
Ayollar korseti: Qanday paydo bo'lgani, mashhur namunalar va zararlar haqida...
Azaldan har bir ayol o’z nazokati va latofatini yanada yorqinroq namoyish etib go’zal bo’lishga intilib kelgan. Buning uchun vaqt, mablag’ va kuch sarf etib, turli parxezlar bilan qomatidagi nuqsonlardan qutilishga harakat qiladi. Ayollar orasida beldamcha kiyib yuradiganlari ham uchrab turadi.

Beldamcha ya’ni korset – (fransuzcha corps – badan) qomatni ixchamlashtirish maqsadida kiyiladigan mahsus kiyim bo’lib, qadimdan hushbichim qomat siri bo’lib kelgan.

Bundan 1000 yil avval Krit orollarida yashagan yoshlar bel qismini ingichkaroq ko’rsatish maqsadida teri tasmani (ilk korsetni) bog’lab yurgan.

Vaqto’tishi bilan uning shakli va tuzilishi o’zgarib bordi , eni yanada qalinroq hajmga kirdi. 

Burgundiyada ilk bor ko’ylakning  bir qismi hisoblangan korset paydo bo’ldi. Uning paxta astariga  temir va yog’och  qismlar ulangan bo’lib,  o’sha paytda juda qimmat narxga baholangan, shu bois faqatgina badavlat ayollarga nasib qilgan, xolos.

XVI asrda korsetlar urfga aylandi, biroq u juda og’ir, kiyishga ham noqulay edi. O’sha davrlarda ayollar 8 kg gacha bo’lgan korset kiyishga majbur bo’lishgan. Ispaniyada shunday og’ir korset yordamida ayollar ko’ksi tekis ko’rinishga keltirilgan. Kichik yoshli qizlarning ko’krak qismi rivojlanmasligi uchun  uyqudan oldin ko’krak qismiga qo’rg’oshin quymasi quyilgan.

XVII asrga kelib korsetning yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi. Fransiyada belning urfga kirgan standart o’lchami 33 sm bo’lgan, shunga yarasha honimlar xipcha belini ko’rsatish maqsadida korsetlarni shu qadar tortib kiyishganki, bu hatto ayollar  o’limiga ham sabab bo’lgan.

Buyuk Fransuz inqilobiga qadar korset kiyish davom etgan. Inqilobdan so’ng ayollar yengil ko’ylak kiya bo’shlashdi. Bu vaqtda modaga “Ampir” uslubi kirib keldi. Ammo korsetlar yana urfga qaytdi va XX asrga qadar o’z o’rnini mustaxkamlashga erishdi.

1880 yilga kelib dizaynerlar tomonidan “pompadur” uslubida kalta korsetlar taqdim etildi. Xuddi shu vaqtda katta va keng yubkalar xonimlarning ingichka  beliga urg’u berib, qomatni yanada betakror ko’rsatishga xizmat qilar edi. Skarletning 17 dyumli ingichka beli yodingizdami? (“Shamollarda qolgan hislarim” film qahramoni).

Bu buyum nafaqat  G’arbda, balki Sharqda ham mashxur bo’lgan. Xindistonlik raqqosalar madagaskar  daraxtining po’stlog’idan yasalgan korsetlar  taqishgan.

XIX asrga kelib korsetning salomatlikka ko’rsatadigan zarari haqida turli fikrlar paydo bo’ldi. Ammo bu korsetga bo’lgan talabni aslo kamaytirmadi. 

Bugungi kunda turli bichimdagi liboslar ko’paygan bo’lsa-da, dizaynerlarning korsetga bo’lgan e’tibori hali so’ngani yo’q. Hozirda zamonaviy korsetlar nafaqat o’z chiroyi , balki qulayligi bilan e’tirofga sazovor bo’lib, nikoh to’ylariga yanada joziba baxsh etmoqda.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook