Dazmollar – tarixiga nazar
Dazmollar – tarixiga nazar
Uzoq o’tmishdagi ajdodlarimiz ham chiroyli kiyinish va tashqi ko’rinishning a’lo darajada bo’lishiga harakat qilishgan. Bugungi kunda beminnat yordamchiga aylangan dazmol tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi.

Avvaliga liboslarga ishlov berish uchun tekis toshdan foydalanilgan. Bunday “Dazmol” ta’siri ostida ishlov berilgan nam libosdagi ayrim g’ijim qisimlari tekislangan, xolos.

Bundan tashqari tozalangan choyshablar ustida bir muddat o’tirish orqali ham ularni tekislash mumkin bo’lgan. Ayrim hudularda libos tekis yuzaga tortilgach, chetiga tosh bostirib qo’yilgan.

Qadimda tovalar ham dazmol vazifasini bajargan. Unga qizigan ko’mir sepilgach, tekislash ishlari boshlangan. Bu turdagi tekislash alohida mahorat talab qilgan: tova ichidagi ko’mir parchalari va uchqunlar kiyimda dog’ qolishiga sabab bo’lishi mumkin edi.

XVIII asrda ichiga ko’mir to’ldirilgan dazmollar paydo bo’ldi. Bunday vosita chetlariga mahsus teshiklar hosil qilinib, puflanganda ko’mir qizigan va dazmollash jarayoni boshlangan. Mazkur dazmollar vazni tekislash jarayonini haqiqiy tosh ko’tarish mashqiga aylantirib yuborgan. Ayrim dazmollar og’irligi 10 killogramni tashkil etardi.

Keyinchalik bug’li , gazli va hatto spirtli dazmollar paydo bo’ldi. 1882 yilda Genri Sili ismli inson ilk bor dazmol uchun patent oldi.

Ushbu voqeadan so’ng kundalik ehtiyojimizning zaruriy qismiga aylangan zamonaviy dazmollar tarixi boshlandi. Albatta, tok bilan ishlaydigan bunday dazmolning ham o’z kamchiliklari bo’lgan. 10 yil o’tgach aynan shu kabi dazmollarga qizdirilgan spiral qo’yib, uning qaytadan ishlangan nusxasi paydo bo’ldi.

Shundan buyon dazmollar tuzilishi o’zgargani yo’q. bor– yog’i ularning ayrim qismari takomillashdi. Yillar o’tib, unga maxsus namlagich qism qo’shildi. Ma’lumotlarga ko’ra, dazmollash ishi qiziqarli bo’lishi uchun musiqiy dazmol ihtiro qilib, ushbu noyob buyum uchun patent olgan kishi ham bor ekan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook