“Disneyland” bog’i haqidagi qiziqarli ma’lumotlar
“Disneyland” bog’i haqidagi qiziqarli ma’lumotlar
Har bir odam yoshligida najoyib dam olish maskani hisoblanmish “Disneyland” bog’ida hech bo’lmaganda bir marta bo’lishni xohlaydi. Bu bog’ – haqiqiy ertak va orzudir. Disney ko’pgina qiziqarli multfilmlarni suratga oldi. Ularning barchasi shu bog’da aks etgan. Disneyland bog’ida juda ko’plab atraktsionlar qurilgan bo’lib, ularni boshqa hech qayerda uchratish mumkin emas. Bu bog’ haqida siz hayolingizga ham kelmagan ma’lumotlar bor.

Disneyland endi ochilganda unda bor yo’g’i 18 atraktsion bo’lgan. Ulardan 14 tasi hozirda ham ishlaydi va tashrif buyuruvchilarnixursand qilishga xizmat qiladi. King Arthur Carousel bog’dagi ilkkarusellaridan biridir. Karuselning yoshi hattoki bog’ning o’zidan ham naq 80 yoshga katta!

Bog’ning o’t o’chirish deposiga tashrif buyursangiz,ikkinchi qavatda Walt Disney xonasini ko’rish mumkin. Shunday vaqtlarbo’lganki, tashrif buyuruvchilar buyuk ertakchining uyda ekanligini xonasidagichiroqning yoqig’ligidan bilishgan. Afsuski, bugungi kunda bu inson oramizdayo’q, shuning uchun xonasidagi chiroq yonmaydi. Millionlab odamlar Walt Disneyni u yaratgan ertaklardan biladilar.

Uyqu Malikasi qasri yaqinida kapsula ko’milgan bo’lib, uning ichida xat solingan. Bunomani faqatgina 2035 yilda, bog’ 80 yoshga to’lganda ochib o’qish mumkin.

Mikki Mausni hamma biladi. U ertakchining eng taniqli qahramonlaridan biridir. Busichqoncha kiyimini kiygan odam ixtiyorida 290 ta kostyum bor. Uning dugonasiMinni Mausning esa atigi 200 ta libosi bor.

Bog’da “Indiana Jons dunyosi” mavjud bo’lib, unda filmda ishlatilgan haqiqiy rekvizitbor. Agar “Karib dengizi qaroqchilari” ga tashrif buyursangiz, haqiqiy odamningbosh suyagini toppish mumkin.

”Telba choyxo’rlik” ka tashrif buyursa va idishlarga e’tibor berib qaralsa, binafsharang idish hammadan tez aylanayotganini payqash mumkin. Ruldan foydalanilsa,tezlikni kamaytirish mumkin.

”Kichik dunyo” atraktsionida haqiqiy tilla ishlatilgan. Uni bezash uchun 917 sinovlioltin ishlatilgan.

Agar The Hautend Mansion atrktsioniga tashrif buyursa, tashrif buyuruvchilarniqo’rqitadigan 999 arvohlarni ko’rish mumkin.

Matterhorn Bobsleds atraktsionida Garold ismli qor odam bor. Bu tepalikka tashrifbuyursangiz uni ko’rishingiz mumkin. Ko’pchilik unining ichkarisida basketbolmaydoni borligini bilmaydi. U yerda bog’da ishlaydigan xodimlar dam oladilar.Maydon haqiqiy basketbol maydonining yarmini tashkil etadi.

Tashrif buyuruvchilar ko’pincha Mikki Mausning shapkasi yoki halqasini xarid qiladilar.Bundan tashqari yaxshilab e’tiborli berilsa sichqoncha tasvirini ko’plabuchratish mumkin. Ayniqsa, “Indiana Jons olami” da bunday tasvirlar ko’plabtopiladi. 

Agar siz “Disneylend” da bo’lgan bo’lsangiz tevarkatrofda ko’plab rangli yo’lakchalarni ko’rgan bo’lishingiz mumkin. Aynan shuyo’lakchalar tufayli suratlar rang-barang va yorqin ko’rinishga ega bo’ladi.

Bog’da saqich sotilmaydi. Chunki bu yopishqoq bo’lib,ko’pchilikka yopishib qolishi mumkin va keyin ko’chirib olishga to’g’ri keladi.Bog’da shiningdek yer yong’oq va undan tayyorlangan mahsulotlar ham sotilmaydi,chunki ko’pchilikning unga allergiyasi bor.

 Agar siz “Disneyland” ning bir bo’lagiga egabo’lishni xohlasangiz, dog’ga tegishli bo’lgan g’ishtlardan birini 150dollargta sotib olishingiz mumkinb.

Favvoralarga tanga tashlash udumini hamma biladi.Tanga niyat amalga oshish maqsadida tashlanadi. “Kichik dunyo” atraktsionidashunday favvora bor. Tashlangan tangalar yig’ilib, xayriga tashkilotlarigatopshiriladi.

Barcha atraktsionlar hayotiy ko’rinadi. Sababiulardan turli xil hidlar ufurib turadi. Sizlarga kichik bir sirni ochamiz, “Disneyland”hududida  maxsus aromatizatorlarjoylashtirilgan bo’lib, ular yoqimli hidlarni taratib turadilar.

Bog’da 200 ta mushuk bor. Ular kechqurunlari “Disneyland”ni kemiruvchilardan himoya qilib, sodiq xizmat qiladilar. Kunduz kunlari esaqulaygina uychalarida dam oladilar.

Agar siz “Hurmatli mehmonlar” degan so’zlarnieshitsangiz, bunga xursand bo’lmang. Bog’da ishlaydigan xodimlar tartibsiz damoluvchilar haqida bir-birlari bilan shunday gaplashadilar. Bog’ hududida tartibbuzarlarnisaqlab turuvchi qamoqxona ham bor.

Bog’ning tagida yerosti qavati ham bor. Tashrifbuyuruvchilar bog’ning bu qismini ko’ra olmaydilar. Ammo bog’ xodimlari yerostiqismidan harakatlanayotganlarida ularga hech narsa halal bermaydi.

 “Disneyland” da qiziq bir qoida bor. Agar bog’xodimi bog’da bola yig’layotganini ko’rsa, tushib ketgan muzqaymoq o’rnigayangisini olib beradi yoki biror yoqimli narsa hadya qiladi. 

Bog’ hududida doim quyoshni ko’rish mumkin.  

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook