Dollar kupyurasining siri: unda nimalar tasvirlangan va qanday jumboqlar yashiringan?
Dollar kupyurasining siri: unda nimalar tasvirlangan va qanday jumboqlar yashiringan?
AQSH ning 1 dollarlik kupyurasida qanday jumboqlar berkingan? Bu savol ko’p yillardan beri mistika ishqibozlarini qiziqtirib kelmoqda. Kupyurada tasvirlangan belgi va ramzlar borasida bir qancha taxminlar ham keltirilgan.

Bir raqami orqasida tasvirlangan g’ayrioddiy maxluq

Oddiz ko’z bilan uni ilg’ash qiyin, ammo lupa orqali qaralganda, bir raqami orqasida tepa qismning o’ng tarafida qandaydir mitti jonivorni ko’rish mumkin. Ba’zilarning fikricha, bu burgutning rasmi, boshqalaning aytishicha bu yerda o’rgimchak tasvirlangan, yana bir toifa odamlar esa inson kalla suyagi, deb taxmin qilmoqdalar. Aniq va rasmiy ma’lumot esa hozircha yo’q.

Harf

Harf

Bu harfni ko’rish uchun hech qanday kattalashtiruvchi moslamaning keragi yo’q, u yaqqol ko’rinib turibdi. Bu yerda hech qanday jumboq va mistika ham yo’q. Bu harf kupyura Federal rezervning qaysi bankida chop etilganini bildirib turadi. “G” harfi Chikagoni bildirsa, “F” harfi – Atlantani, “B” harfi – Nyu-Yorkni bildiradi.

Burgut

Burgut

U dollar kupyurasining orqa tomonida tasvirlangan. Qalqon bilan tasvirlangan burgut 13 ta kamon o’qi hamda 13 ta zaytun mevali shoxni ushlab turibdi. Sinchiklab qaralganda 13 raqami bilan bog’liq yana bir qancha ramzlar bor. Xo’sh. Nima uchun aynan 13 raqamiga bu yerda ko’p marotaba murojaat qilingan. Bu yerda ham aniq bir izoh yo’q. Ko’pchilik 13 sonini mistik hususiyatga egaligini aytib, bu Amerikaning butun dunyoga hukmronlik qilishga intilishini bildiradi desa, yana boshqalar bu Amerika davlati tashkil bo’layotganda vaqtda 13 ta koloniyadan iborat bo’lganligi bilan bog’liqligini aytishmoqda. Nima bo’lganda ham ko’p marotaba urg’u berilganligiga qaraganda, 13 soni bu yerda bejiz tasvirlanmagan.

Ko’z

Ko’z

Bu bir dollarlik kupyuraning keng tarqalgan jumboqlaridan biridir. Taxmin qilishlaricha, bu AQSH  Yaratuvchi tomonidan kuzatilib turganini bildirishi mumkin, boshqa versiya bo’yicha esa – bu masonlik maxfiy tashkilotining ramzi bo’lmish “barcha narsani ko’rib turuvchi ko’z”dir.

Rim raqamlari

Rim raqamlari

“Koz” tasviridan quyiroqda, piramidaning pastki qismida “MDCCLXXVI” yozuvini ko’rish mumkin. Bu “shifr” da hech qanday jumboq ham, maxfiylik ham yashiringan emas. MDCCLXXVI – bu Rim raqamlari bo’lib, 1776 sonini bildiradi. Aynan 1776 yilda Amerika mustaqillikka erishib, o’zini mustaqil davlat, den e’lon qilgan.

Bularning barchasi taxmin xolos. Jumboq jumboqligicha qolmoqda, dollar esa hali beri sirlarini ochadigan ko’rinmaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook