Dunyodagi eng g’aroyib telefonlar
Dunyodagi eng g’aroyib  telefonlar
Uyali telefonlar bozorida muvaffaqiyat qozonish uchun ishlab chiqaruvchilar yangidan yangi g'oyalarni o’ylab topmoqdalar, qo'shimcha funktsiyalarni taklif qilib, dizaynni yangilamoqdalar. Bugungi maqolamizda esa aynan ushbu asrda sotilgan eng g’aroyib 5 ta uyali telefon haqida keltirib o’tamiz.

Samsung Serene: Didli odamlar uchun oqlangan telefon

Ushbu o'ziga xos telefon Bang & Olufsen kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Dizayni tufayli ham ko'rishga arziydi: unchalik katta bo’lmagan ekran, har qanday telefon uchun juda klassik ko’rinish va uning ustidagi ulkan tugma. Nega aynan ekran ustida? Ishlab chiquvchilarning fikriga ko'ra, shu tarzda displey "qalin" ko'rinmaydi. Samsung Sereneda an'anaviy telefon klaviaturasi o'rniga katta dumaloq tugma va uning atrofida terish tugmachalari mavjud. Telefonda sizning quloqlaringizga yoqadigan zamonaviy va odamlarni hayratda qoldiradigan ohanglar mavjud. 

Hyundai MP-280: "parfyum" mobil telefon

Zamonaviy uyali telefonlar har xil funksiyalar bilan to'ldirilgan bo’ladi.  Biroq, Hyundai ijodiy g’oyalari eng kreativ imkoniyatga zamin yaratdi. "Parfyum telefon" deb ataladigan MP-280, har safar qopqoq ochilganda xushbo'y atirning bir qismini sepadi. Parfyumni telefon bilan birga keladigan maxsus shprits yordamida to'ldirish mumkin. Ushbu ajoyib telefonning narxi 1200 dollarga teng bo'lib, uni keng jamoatchilik ko'rmaganligi ham aniq.

Rossiyaning bolalar uchun yaratilgan BB-mobil telefoni

Bb-mobile nomi ostida juda katta miqdordagi keng maqsadli elektron moslamalar chiqarildi. Ular orasida bolalar uchun ham mobil telefonlar bor. Ular minimal funksiyalar va tugmalar to'plamiga ega. Har bir model o'ziga xos dizaynga ega. Qurilmaning asosiy maqsadi bolalarning xavfsizligi va nazoratini ta'minlashdir. Qurilma GPS qabul qilgichlari va tez terish tugmachasi bilan jihozlangan.

Haier Pen Telefon P7: O'zingizni Bonddek his eting!

Ushbu qurilmani ishonchli tarzda "maxfiy agentning buyumi" deb atash mumkin. Tomoshabinning josuslik filmlari orqali ko'radigan asboblari asta-sekin oddiy odam uchun mavjud bo'la boshladi. Haier Pen Phone P7 dizayni jihatidan oddiy sharikli ruchkaga o'xshaydi. Ushbu qurilma rangli ekran, kamera, ovoz yozuvi, shuningdek polifonik ohanglar to'plami bilan jihozlangan. 

Xian Yan Wang XYW 3838: Sigaret qutisi ko'rinishidagi telefon

Ba'zan xitoyliklarning fantaziyasi boyligini tan olmay iloji yo'q! Buning dalili Xian Yan Wang XYW 3838 telefonidir, u bir quti Chonghwa sigaretiga o'xshaydi. Tashqi ko'rinish nafaqat estetik, balki funktsional maqsadga ham ega. Telefon sigaret qutisi sifatida xizmat qilishi mumkin. Hammasi bo'lib, siz yettita sigaretni telefonga sig'dira olasiz. Shuningdek, qurilma  rangli ekran va kamera bilan jihozlangan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook