Dunyoning eng baland bo’yli insonlari top 10 taligi
Dunyoning eng baland bo’yli insonlari top 10 taligi
Hozirgi paytda yashayotgan dunyoning eng baland bo’yli insoni o’rtabo’yli yevropalikdan atiga 46% baland ekanligini bilarmidingiz? Deyarli bir yarim baravar! Tarixda eng baland bo’yli inson qanchalik baland bo’lgan? Buni maqolani oxirida bilib olasiz.

10. Igor Vovkinskiy (Ukraina)-235 sm

10. Igor Vovkinskiy (Ukraina)-235 sm

Igor 1982 yilda Vinnitsk viloyatining Bar nomli tuman markazida dunyoga kelgan, bir necha yildan keyin oila a’zolari bilan Kiyevga ko’chib kelishgan. Igor gipofiz kasalligiga chalingan edi, shu kasallik uni gigantizmga olib keldi. U zudlik bilan davolanishi kerak edi. Shuning uchun u 7 yoshga to’lganida, ota-onasi oilaviy AQSHga ko’chib ketishga qaror qilishdi. Shu vaqtdan beri, Igor onasi hamda akasi bilan Minnesotada joylashgan Rochester shahrida istiqomat qilishadi.

Amerikalik shifokorlar qo’ldan kelgancha yordam ko’rsatishdi: Igorni dorilar bilan davolashdi, 16 marotaba operatsiya o’tkazishdi, va nihoyat shuning yordamida Vovkinskiyning bo’yi 235 santimetrga yetganda o’sishdan to’xtadi. Igor Vovkinskiy o'zining gigant bo'yi tufayli ancha aziyat chekadi - uni beli hamda oyog'i doimo og'rib yuradi.

Igor bir yilda ikki marotaba yaqinlari va do'stlariniko'rgani Ukrainaga kelib turadi. Igor 2013 yilda Yevrovideniyada Zlata Ognevichning sahna chiqishida qatnashdi.

9. Nikolay Pankratov (Rossiya) - 235 sm

9. Nikolay Pankratov (Rossiya) - 235 sm

Nikolay Pankratov - Rossiyada eng bo'yi baland inson hisoblanadi, uning bo'yi 235 sm teng. U 1989 yilning 17 aprelida Chelyabinsk viloyatining, Troitsk shahrida dunyoga keldi.

Nikolay Ilizarova nomli ilmiy markazda oyog'idan operatsiya bo'ldi.

8. Raduana Charbiba (Tunis) - 236 sm

8. Raduana Charbiba (Tunis) - 236 sm

Tunislik Raduana Charbibaning bo'yi - 236 sm. Raduana Charbiba 1986 yilda Ras-Jbel shahrida dunyoga keldi. Yoshligida u juda ham hushmuomala bolakay bo'lgan. Lekin 12 yoshida anomal o'sish boshlandi, shundan keyin Raduana insonlarga qo'shilmaydigan bo'lib qoldi. U 5-sinfda maktabni tashlab qo'ydi. 22 yoshigacha basketbol bilan shug'illandi, keyin esa tashlab qo'ydi, lekin keyinchalik bundan juda ham afsuslandi.

Raduana Charbiba "Yulduzlar Jangi" filmida rolijro etdi. Lekin afsuski Raduananing aktyorlik karyerasi davom etmadi.

7. Sun Minmin (Xitoy) - 236 sm

7. Sun Minmin (Xitoy) - 236 sm

Sun Minmin 1983 yilning 23 avgustida Xitoyda dunyoga kelgan. Sun 15 yoshida basketboll bilan shug'ullanishni boshladi, usha paytda uning bo'yi 2 metr edi. Hozirda u Xitoy basketbol assotsiatsiyasining"Beytszin Daks" klubida ishtirok etayotgan professional basketbolist hisoblandi. Bundan tashqari bir qancha filmlarda suratga tushgan. Uning bo'yi 236 sm, og'irligi esa 168 kg.

6. Bao Sishun (Xitoy) - 236 sm

6. Bao Sishun (Xitoy) - 236 sm

Bao Sishun 1951 yilda Xitoy provinsiyasida joylashgan Mo'g'ulistonda dunyoga kelgan. 2005 yildan 2007 yilgacha dunyoda hayot bo'lgan dunyoning eng bo'yi baland insoni hisoblangan. 2007 yilning 24 martida bo'yi normal bo'lgan, 28 yoshli sotuvchi ayolga uylandi.

5.Nasir Ahmed Soompo (Pokiston) - 238 sm

5.Nasir Ahmed Soompo (Pokiston) - 238 sm

Nasir Ahmad Soomponing bo'yi 238 sm ga teng. U 1975 yili Pokistonda tug'ilgan. Basketbol bo'yicha bolalarga murabbiyli qiladi. 1999-2000 yillar davomida Tayvandagi Ginnes rekordlar Muzeyida tirik eksponat sifatida faoliyat yuritgan.

4.Chjan Tsyuntsay (Xitoy) - 242 sm

4.Chjan Tsyuntsay (Xitoy) - 242 sm

Chjan Tsyuntsay - dunyodagi eng baland bo'yli odamlardan biri sanaladi. Uning bo'yi 242 smga teng. Chjan Xitoyda dehqonlar oilasida dunyoga keldi. Uning ota-onasi va yaqinlarining bo'ylari normal holatda. Chjanning bo'yi 16 yoshidan boshlab kattalasha boshlagan. 1999 yili uning boshi doimiy ravishda og'rib yurganu uchun kasalxonaga joylashtirganlar.Chjanu bosh miyasidagi gipofiz bezi o'simtani olib tashlash bo'yicha jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazdi, shundan keyingina uning bo'yi o'sishdan to'xtadi va 242 sm ko'rsatgichda qoldi.

Chjanning asosiy muammosi - bu o'ziga to'g'ri keladidan kiyim razmerini topish.

5.Morteza Mehrzad Selakyani (Eron) - 246 sm

5.Morteza Mehrzad Selakyani (Eron) - 246 sm

Morteza Mehrzad Selakyani - Eronning eng baland bo'yli odami hamda Paraolimpiya o'yinlari tarixidagi eng baland bo'yli sportchi-volleybolchi. Morteza akromegaliya kasalligidan aziyat chekadi, uning bo'yi 246 smni tashkil etadi. Morteza 1987 yilda Eronning shimolida dunyoga kelgan.

16 yoshida Morteza velosipeddan yiqilib tushgan hamda tos suyagini shikastlantirib qo'ygan. Hozirda Mortezaning o'ng oyog'i chap oyog'idan 15 sm kaltaroq.

2.Brahim Takiolah (Marokash) - 246 sm

2.Brahim Takiolah (Marokash) - 246 sm

Brahim Takiolahning bo'yi - 246 sm ga teng. Brahim hozirda yashayotgan odamlar orasidagi eng baland bo'yli insonlar ro'yxatida ikkinchi o'rinda turadi. Brahim 1982 yil 26 yanvarda Marokashda tavallud topgan. Bo'yining anomal o'sishi 13 yoshidan namoyon bo'la boshlagan.

Brahimning oyoq kafti dunyodagi eng uzun hisoblanadi -38,1 sm.

1.Sultan Kesen (Turkiya) - 251 sm

1.Sultan Kesen (Turkiya) - 251 sm

Sulton Kesen - bugungi kunda dunyoda yashayotgan  odamlar orasidagi eng bo'yi baland inson hisoblanadi, uning bo'yi 251 sm ga teng. Sulton 1982 yil 10 dekabrda Turkiyada tug'ilgan. Uning oyoq kaftining uzunligi - 36 sm ga teng, bu ko'rsatgich Brahim Takiolah ninidan 2 sm kamroq.

Sulton bo'yining balandligi gipofiz o'simtasi bilan bog'liq. Hozirgi kunda u faqat hassa yordamida harakatlana oladi. Sultonning ota-onasi normal bo'yga egalar. Haddan tashqari baland bo'yi sababli Sulton maktabni oxirigacha tamomlay olmagan, shuning uchun hozir u fermerchilik bilan shug'ullanadi. Sulton o'zining haddan tashari baland bo'yining afzal tomonlarini ko'rishga harakat qiladi: bog'dagi baland daraxtlar bilan bilan bemalol ishlay oladi, lampochkalarni hech bir qiyinchiliksiz almashtiradi va shu kabi boshqa ishlar. Qiyin tomoni: kiyim topish mushkulligi, axir o'zingiz o'ylang,shimining uzunligi 113 sm, kuylakning yeng uzunligi 93 sm, oyoq-kiyimi esa 62-razmerda bo'lishi kerak. Qiyin tomonlaridan yana biri: standart avtomobillarga sig'a olmasligi.

2010 yildan beri Sulton Verdjiniya Universitetining tibbiyot institutida davolanib kelmoqda. 2013 yilda u bo'yi tirsagiga zo'rg'a yetadigan Marva Dibo ismli ayolga uylandi.

Dunyodagi eng baland bo'yli inson - bu AQSH lik Robert Pershing Uodlou dir (1918-1940). U hozirda ham tarixdagi eng baland bo'yli inson, deb hisoblab kelinmoqda. Uning bo'yi 272 sm, og'irligi esa 220 kg bo'lgan. U gipofiz gipertrofiyasidan aziyat chekkan, bu kasallik bo'y o'sishini nazorat qiluvchi gormon miqdorining anomal darajada ko'payib ketishiga olib kelgan. Robert 22 yoshida vafot etdi, uning dafn marosimida 40 000 ta odam ishtirok etgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook