Dunyoviy muvaffaqiyatsizliklar muzeyi
Dunyoviy muvaffaqiyatsizliklar muzeyi
Yangi ishlab chiqarilgan tovarning har bir omadli sonidan keyin shartli ravishda bir qancha muvaffaqiyatsizi to’g’ri keladi, lekin biz g’oliblarni eslab qolishga moyil va muvaffaqiyatsizlikni tezda unutamiz, va ba’zan esa ularni aslo bo’lmagandek o’zimizni tutamiz. Shvetsiyada shu o’rinda muzey ochilmoqda, va muzey egalari ushbu inobatga olinmagan tomonni tuzatmoqchi va texnologiya hamda iste’molchilar bozoridagi eng yorqin muvaffaqiyatsizliklarni eslatib qo’ymoqchilar.

 “Muvaffaqiyatsizliklar muzeyi” doktor Semyuel Vest (Dr. Samuel West) yaratgan ishi, u korporativ ruxshunos bo’lib, oxirgi 7 yil ichida muvaffaqiyatsizlik va omad haqida odamlar fikrini eshitib, o’rganib chiqdi. 

Semyuel Vest qo’lida o’yinlar uchun mo’ljallangan smartfon N-Gage ni tutmoqda.

“Men shu barcha, ayniqsa innovatsiya sohasidagi omadni maqtashlaridan charchadim, axir u yerda asosan barcha loyihalardan 80-90 foiziga yaqini butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchraydi-ku” – deydi doktor Vest.

Bir kun Vest “Uzilgan aloqalar muzeyi”ga kirib qoldi, va u yerdagi kolleksiyaga omadi kelmagan sevgi voqealari bilan bog'liq suvenirlar va boshqa shu kabi narsalar kirardi. Barcha eksponatlar odatiy muzey uslubiga xos qilib ko’rgazmaga taqdim etilgan – ba'zilari devorlarni bezardi, boshqalari vitrina va shisha ostida turardi. Bu noan’anaviy joyga doktor Vest Xorvatiyaning Zagreb shahriga sayohat qilish paytida uchrab qoldi. Aynan o’shanda uning xayoliga ajoyib fikr keldi.

“Men ko’chaga shoshib chiqdim va o’sha mashhur evrika holati daqiqalarini sezdim. Men muvaffaqiyatsizliklar muzeyini yaratishim kerakligini tushundim va orqaga aslo yo’l yo’q edi”, - deb esladi Semyuel Vest.

Doktor Vestning aytishicha, muzeyning maqsadi shu-ki, innovatsiyalar nafaqat muvaffaqiyatsizliksiz kechmaydi va balki ularga muhtoj ham dir. Hayotiy tajriba bilan ilhomlangan fikr muallifi shunga aminki, agar doimo muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqib yashasa, yangiliklarni yaratishni umuman imkoni bo’lmay qoladi.

Muzey ochilishi 2017 yilning iyun oyiga belgilab qo’yilgan, va ekspozitsiya 60 dan ortiq omadi kelmagan mahsulotlardan tashkil topadi. “Ko’rgazmaning har bir predmeti innovatsiyalar biznesining xavfli olamiga nazar qaratish uchun ajoyib imkoniyat yaratib beradi”, deb yozilgan muzey veb-saytida.

Muzey qatnashchisi bo’lishga tayyorlanayotgan predmetlar qatorida Harley-Davidson atiri; atayin ayollar uchun yaratilgan Bic kompaniyasi ruchkalari; kofeli ichimlik Coca-Cola BlaK, uyali telefon va o’yin pristafkasini o’zida mujassam ettiruvchi uskuna sifatida o’ylab topilgan Nokia N-Gage; Apple Newton, cho’ntakli shaxsiy kompyuter; Colgate kompaniyasidan mol go’shtidan qilingan lazanya; va yaqinda ishlab chiqarilgan, texnologiya bozori mahsulotlari Amazon Fire Phone va Google Glass. 

Twitter Peek, Twitterga kirish uchun uskuna, 2008 yilda yaratilgan.

Twitter Peek, Twitterga kirish uchun uskuna, 2008 yilda yaratilgan.

Tish pastasini sotdigan kompaniya tomonidan taqdim etilgan muzlatilgan mol go’shtidan qilingan lazanya.

Tish pastasini sotdigan kompaniya tomonidan taqdim etilgan muzlatilgan mol go’shtidan qilingan lazanya.

Doktor Semyuel Vest fikricha “butunlay muvaffaqiyatsiz” tovar – Harley-Davidson atiri.

Doktor Semyuel Vest fikricha “butunlay muvaffaqiyatsiz” tovar – Harley-Davidson atiri.

Apple Newton, KPK lardan biri.

Apple Newton, KPK lardan biri.

Tramp (Trump) – rastalarda 1989 yilda paydo bo’lgan o’yin. Senariy bo’yicha o’yinchilar tassavurlaridagi uy-joyga savdo-sotiq ishlarini amalga oshirishlari, kapitalni yig’ib, mulkni sotib olib – sotishlari kerak edi.

Sony Betamax video ijro etuvchi, formatlar jangida o’zining kuchli raqibi JVC korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, kassetali VHS pleeriga yutqazgan.

Sony Betamax video ijro etuvchi, formatlar jangida o’zining kuchli raqibi JVC korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, kassetali VHS pleeriga yutqazgan.

Coca-Cola BlaK kofe ta’mli alkogolsiz ichimlik turi edi. Tashkilot bu mahsulotni 2006 yilda bozorga chiqardi, va natijada uning ishlab chiqarilishini talab kamligi bois tugatdi.

Coca-Cola BlaK kofe ta’mli alkogolsiz ichimlik turi edi. Tashkilot bu mahsulotni 2006 yilda bozorga chiqardi, va natijada uning ishlab chiqarilishini talab kamligi bois tugatdi.

Bic ayollar uchun ruchkalar savdosi 2016 yilning oxirida tugatildi.

Bic ayollar uchun ruchkalar savdosi 2016 yilning oxirida tugatildi.

Google Glass ko’zoynaklari – innovatsion uskuna, smartfonlar uchun garnitura bo’lib, keng reklama qilinganiga qaramay, jahon texnologiyalar bozorida katta omadga erisha olmadi.

Google Glass ko’zoynaklari – innovatsion uskuna, smartfonlar uchun garnitura bo’lib, keng reklama qilinganiga qaramay, jahon texnologiyalar bozorida katta omadga erisha olmadi.

Kodak kompaniyasi raqamli videokameralarni 1990-yildan ishlab chiqarishni boshladi, lekin bu sohada pioneer bo’lishiga qaramasdan, tez rivojlanayotgan raqamli texnologiyalar bozorida birinchilar qatorini egallash nasib qilmadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook