Eng ko’p mikroblarni o’zida jamlovchi besh buyum
Eng ko’p mikroblarni o’zida jamlovchi besh buyum
Bugungi kunda har bir honadonda supertozalovchi vositalar mavjud. Biroq tozalikning siri aslida ushbu narsalarda emas, balki eng ko’p mikrob to’planadigan joylarni bilishdadir.

Birinchi o’rinni bu borada taxtakach egallaydi. Barchamiz uchun oddiy oshxona buyumi hisoblanmish taxtakach o’zida unitaz o’tirgichiga nisbatan 200 marta ko’proq mikrobni saqlaydi. Uni  qaynoq suvda yuvib, eng tasir qiluvchi dezinfeksiya vositalari bilan tozalaganda ham to’liq toza qilib bo’lmaydi.

Qanday qilib tozalash mumkin?

1 litr suvga 40 ml sirka soling. Taxtakach yuzasini ushbu qaynoq suyuqlik bilan arting. Taxtakach yuzasi nam bo’lib qoladi, uni ustiga iste’mol sodasini sepib tuni bilan qoldiring. Ertalab qaynoq suv bilan yuving va quriting. Ushbu usuldan so’ng, 99,5% mikrobdan halos bo’lasiz. Bundan tashqari har haftada taktakachni spirt bilan artib tursangiz ham ayni muddao.

Telefon go’shagi

Uydagi telefon go’shagi ham o’zida juda ko’p mikrobni saqlaydi. Uning 1 sm kvadrat yuzasida mingdan ortiq mikroblar mavjudligi aniqlangan. Ayniqsa uyda gripp bilan kasallanganlar bo’lsa, aparratni darxol tozalashingiz kerak.  Telefon go’shagi va shu kabi plastmassali buyumlarda viruslar 3 sutkaga qadar yashashi mumkin.

Qanday qilib tozalash mumkin?

Agar telefondan barcha sog’lom kishilar foydalangan bo’lsa oddiy texnika uchun mo’ljallangan antibakterial salfetka bilan haftada 2 marta tozalasangiz bo’ladi. Agar shamollaganlar bo’lsa  u holda har kuni artish tavsiya etiladi. Bu usul 90 % mikroblarni yo’q qiladi.

Idish yuvgich (Gubka)

Bu vositaning o’zi barcha idish-tovoqlarni toza qilib berishga beradiku-ya biroq o’zi bakteriyalarga qarshi kurasha olmaydi. 

Qanday tozalash mumkin?

Uyingizda mikroto’lqinli pech bo’lsa uni eng baland xaroratini yoqib toza yuvilgan gubkani ichiga soling. Extiyotkor bo’lib kuzating, gubka o’t olib ketmasin. So’ngra extiyotkorlik bilan  uni olib soviting. Bunday usul bilan 99 % mikroblarni yo’q qila olasiz. Bunday qizdirish usuli faqatgina tarkibida metal elementi yo’q bo’lgan gubkalarga taaluqli.

Xammom pardasi

Ko’p insonlar dush pardalarini yuvish shart emas deb hisoblashadi. Biroq bu fikr noto’g’ri.  Dush paytidagi iliq va nam muhit juda ko’plab mikroblar pardada yig’ilishiga sabab bo’ladi. 

Qanday qilib tozalash mumkin?

Pardani tozalovchi vositalar yoki bo’lmasa sirka bilan muntazam yuvib turish darkor.  Yuvilganidan so’ng parda tekis va to’g’ri yoyilgan shaklda qurishi lozim. Aks holda unda mog’orlar paydo bo’lib qoladi. Issiq kunlarda esa uni quyosh nurida quritish ayi muddao bo’ladi. 

Axlat chelagi.

Shunday qilib axlat chelagi ushbu ro’yxatimizning eng oxirgi o’rnini egallagan. Axlat chelagi mikroblar to’planishi uchun eng qulay joy. 

Uni qanday tozalash mumkin?

Axlatlarni axlat chelakda bir kundan ortiq saqlamang. Meva va sabzavot qoldiqlarini esa 2-3 soatdan ortiq ushlab turmagan ma’qul. Axlat chelagi uchun polietilenli paket ishlatsangiz mikroblar tez tarqab ketishini oldini olgan bo’lasiz. Axlatni to’kib kelib, har safar chelakni yuvib, so’ng albatta quritishni unutmang.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook