Go’zallikning hindcha talqini
Go’zallikning hindcha talqini
Go'zal ko'rinishga ega bo'lishning erta kechi bo'lmaydi. Shunday ekan hind yulduzlarning go'zallik sirlari bilan tanishib chiqishga sizni chorlaymiz.

Katrina Kaif

Katrina ortiqcha vazn to’plashga moyil bo’lgani sabab, xaftada 3 marta 3 soatdan sport bilan shug’ullanadi. Uning mashg’ulotlar ro'yhati yugurish , suzish, yoga va trenajor mashqlaridan tashkil topgan.

Karina Kapur

Kapurlar sulolasining mashxur vakili mukammal qomatga qanday mashaqqat bilan erishganini hech qachon sir tutmagan. Yoga bilan muntazam shug’ullanish sarvqomat bo’lishga yordam berishi uning shaxsiy tajribasidan yaxshi ma’lum.

Priyanka Chopra

Bollivud osmonining yorqin yulduzlaridan biri bo’lmish Priyanka yoga bilan  shug’ullanishni hush ko’radi.  Aktrisa buning uchun kuniga 1 soat vaqt sarflaydi. Dam olish kunlari esa sport zaliga qarab yo’l oladi.

Dipika Padukone

Dipika kardio (yurak mushaklari mashqi) , pilates va yoga bilan shug’ullanadi. Mashxur sportchilar oilasida tavallud topgan kino yulduzi badminton o’ynashni ham yaxshi ko’radi.

Shri Devi

Eng latofatli hind aktrisalaridan biri Shri Devi yoga va ochiq havoda tennis o’ynash ayol go’zalligi va salomatligi uchun muhim degan fikrni ta’kidlar edi.

Jaklin Fernandes

Yoga, Hind milliy raqslari, jaz, balet, suzish – tashqi ko’rinish borasidagi yorqinlikni ta’minlaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook