Gruziyaga sayohat: Mamlakatning eng go‘zal maskanlari bilan tanishing!
Gruziyaga sayohat: Mamlakatning eng go‘zal maskanlari bilan tanishing!
Garchi Gruziya o‘lkasi haddan tashqari katta bo‘lmasa ham yaxshigina turistik potentsialga ega. Mamlakat hukumati turizm sohasini rivojlantirish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni amalga oshirmoqdalar. O‘lkada diqqatga sazovor joylar juda ko‘p, ulardagi asl go‘zallik va betakror muhitni his qilish uchun mazkur hududda mehmon bo‘lishingiz mumkin.

1. Pankisi darasi

Bugungi kunda Pankisi - bir muddatga bo‘lsa ham shahar shovqinidan tin olib, vaqtni tog‘lar bag‘rida o‘tkazishga imkon beradigan sokin joy sanaladi. Hudud o‘zining tabiiy go‘zalliklari bilan bir qatorda mahalliy aholisi ila dong taratgan. Bu yerda Kistinlar istiqomat qilishadi, ular etnik jihatidan chechenlarga yaqinroqdirlar.

2. Balda sharsharasi

Tabiatning ushbu yodgorligidan tashqari mazkur hududda Martvil kanoni va shu nomdagi ibodatxona ham bor. Bu yergacha yetib olish oson ish emas, ammo tabiat bilan yolg‘iz qolish va haqiqiy go‘zallik tushunchasining nima ekanligini his qilish uchun sharsharaga chiqsangiz arziydi.

3. Pitareti ibodatxonsi

Bu atrofi o‘rmonlar bilan qurshalgan, Xrami daryosi bo‘ylab joylashgan qadimgi ibodatxona maskani hisoblanadi. Ibodatxona devorlaridagi freska hamda bo‘rtma naqshlar juda katta tarixiy qiymatga ega. Ularning aksariyat qismi nurab ketgani ham rost, bunga 1988 yildagi zilzilaning ta’siri katta bo‘lgan. Ayni paytda mazkur hudud qiziquvchan sayyohlarni o‘ziga jalb qilib turadi.

4. Samsar cho‘qqisi

Ulkan kraterlar bilan qoplangan va birorta ham o‘simlik ko‘zga tashlanmaydigan yassi tog‘ga kelgan inson o‘zini oyga borgandek his qilsa ajab emas. Bu yerda Samsari va Didi Abuli cho‘qqilari, ulkan gruzin ko‘llari - Tabatskuri va Paravani joylashgan, ushbu ko‘llarni yer osti manbalari suv bilan ta’minlab turadi.

5. Lagodexi milliy bog‘i

Lagodexi Milliy bog‘i subtropik o‘simliklari bilan bir qatorda yirik ko‘l va sharsharasi orqali tillarga tushgan. Tarixiy qiymatga ega bo‘lgan joy sifatida esa Machi qal’asini tilga olish mumkin.

6. Vashlovani milliy bog‘i

Vashlovani milliy bog‘i Gruziyadagi eng ajoyib joylardan biri sanaladi, uni odatda Yevropaning tabiat parklari bilan taqqoslaydilar. Milliy bog‘ hududida dinozavrlarning toshga qorishib ketgan qoldiqlari topilgan, bundan tashqari hududda bir nechta loy vulqonlari ham bor.

7. Sion suv havzasi

Tog‘ qismida joylashgan mazkur suv havzasi Iori daryosi suvlari bilan to‘ldirib turiladi va baliqlarga juda boy. Mazkur hududda sharqiy Gruziyada yashaydigan deyarli barcha baliqlar jamlangan. Shunday ekan, uni baliq ovini xush ko‘radiganlar uchun ajoyib maskan deya atasa bo‘ladi.

8. Sairme kurorti

Sairme tog‘ kurorti Gruziyaning o‘ziga xos faxridir, uni boshqa mamlakatlar bilan bemalol raqobatlasha oladigan hudud sifatida bilishadi. Hududdagi mineral vannalar esa Tbilisining shifobaxsh suvlariga taqqoslanadi.

9. Ateni darasi

Ushbu dara mashhur ibodatxonalardan biri Ateni Sioni yonginasida joylashgan, ayni paytda hududdan topilgan qimmatli freskalarni qayta tiklash jarayonlari olib borilyapti. Hudud tarix ishqibozlari bo‘lmish sayyohlarga juda ma’qul keladi.

10. Chiatura

Chiatura hududida marganets konlari joylashgan bo‘lib, shaharning eng mashhur tashrif qog‘ozi - arqon yo‘llaridir. Ular hududning turli burchaklarini birlashtirib turadi. Katsxi qishlog‘i esa katta tarixiy qiymatga ega.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook