Har bir ayol garderobida bo'lishi kerak bo'lgan eng kerakli 12 buyum
Har bir ayol garderobida bo'lishi kerak bo'lgan eng kerakli 12 buyum
Moda bir zumda o’zgaradi, ammo garderob sizga uzoq yillar hizmat qilishi kerak. Shu bois libos tanlashda har qanday vaziyatda qo’l keluvchi va klassik uslubga hos buyumlarga ko’proq e’tibor bering. Quyidagi ro'yxatimizda ular haqida qisqacha to'xtalib o'tganmiz!

1. Jinsi

Latofat – hamisha urfda ekanligi yoddan ko’tarilmasligi lozim. Jinsi buyumlar qanday marka va qanday narxda ekanligidan qatiiy nazar, uzoq yil xizmat qiladi va barcha libos bilan o'zaro uyg'unlasha oladi.

2. Neytral rangdagi tufli

Kiyishga hech qanday poyabzal topilmay qolgan onlarda neytral rangdagi tufli sizni murakkab vaziyatdan halos etadi. Uning ortiqcha bezaklarsiz bo’lishiga e’tibor bering.

3.       Kulrang tolstovka

Kulrang tolstovka jinsi bilan ham, A siluetli ofis yubkasi bilan ham noodatiy tarzda uyg’unlasha oladi.

4.       Kalta ko’ylak

Oddiy bichimga ega kalta ko’ylakni baland poshnali tufli bilan birga kechki bazmlar, kardigan va qulay poyabzal bilan esa kundalik uchrashuvlar uchun kiyish mumkin.

5.       Pidjak

Erkaklar kiyimini yodga soluvchi pidjak har qanday qomat sohibasiga jiddiy ko’rinish bera oladi.

6.       Futbolka

Paxta matosidan tayyorlangan oddiy futbolka turli liboslar bilan kiyish uchun mo’ljallangan. Uning qora, oq va kulrang tusda bo’lishi esa har qanday vaziyatda sizga qo’l kelishi mumkin.

7.       Plash

Plash-makintosh– salqin kunlarda eng mukammal yechim bo’la oladi.

8.       Krossovka

Ta’til va sayr chog’ida garderobingining bir chetidan joy olgan krossovka (yoki keda) joningizga oro kirishi aniq. U ham bugungi kunning eng ommalashgan uslubidagi muhim qismdir. Uzun ko’ylak bilan uyg’unlashtirsangiz ajoyib uslubni hosil qilasiz.

9.       Yorqin rangdagi sumka

Sumka rangini tanlash o’zingizga havola. Ammo uning yorqin rangi kundalik garderobingizga yangilik olib kiradi.

10.       Etik

Etikni sovuq kunlarda leggings, jinsi va ko’ylaklar bilan kiyish qulaylik hamda zamonaviylikni ta’minlaydi.

11.       Yo’l-yo’l futbolka

Bu turdagi futbolka bejizga Koko Shanelning eng sevimli liboslari qatorida bo’lmagan. Uning erkin siluetli bo’lishi harakat qulayligini ta’minlaydi.

12.       Qora ko’zoynak

Quyoshdan himoyalovchi ko’zoynak har qanday mavsumda sizga ajoyib uslubini to’ldirishingizda qo’l keladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook