Har bir ayolni yoshroq ko‘rsatishi aniq bo‘lgan 10 ta pardoz siri
Har bir ayolni yoshroq ko‘rsatishi aniq bo‘lgan 10 ta pardoz siri
Pardoz vositalari yordamida ayol kishini yuzini chiroyli ko‘rsatish bilan birga uni hunukroq qilib qo‘yish ham mumkin. Pardoz vositalarining sizga faqatgina chiroy bag‘ishlashi, kamchiliklarni berkita olishi uchun bu borada eng ko‘p tarqalgan xatolar bilan tanishish va ularni chetlab o‘tishga harakat qilish juda muhim.

Teri

Bugungi kunda terini yoshroq ko‘rsatish uchun o‘ylab topilgan pardoz turi mavjud bo‘lib, unga gym-skin deya nom berilgan. Uning asosiy xususiyatiga shundaki, yaratilgan obraz avvalo musaffolikni o‘zida jamlaydi. Shuning uchun bu kabi pardoz turi bilan sport zali tomon yo‘l olish, do‘stlaringiz bilan birga raqs tushish uchun ko‘ngilochar maskanlarga borishingiz ham mumkin. Bu kabi pardoz jarayoni uchun sizga faqatgina xaytayler, yaltiroq sivorotka, krem rangli pudra va och rangli rumyana kerak bo‘ladi. Avvaliga teri ustiga namlantiruvchi krem surtiladi, uni uqalovchi harakatlar bilan surtib chiqsangiz, terida qon aylanishi yaxshilanib, to‘qimalar kislorod bilan to‘yinadi. Xaytayler asosan peshona, burun, iyak hamda qosh ostida surtib chiqiladi. Pardozning qolgan qismini esa istakdan kelib chiqib bajaraverasiz: istasangiz lablar va ko‘zlarni butunlay bo‘yamaslik ham mumkin. Romantik obraz yaratish uchun esa kipriklarga biroz oro berishning o‘zi yetarli bo‘ladi. 

Agar birinchi pardoz turi siz uchun qiyinroq tuyulgan bo‘lsa uning osonroq usuliga ham diqqat qaratish mumkin. Terining yosh ko‘rinishidagi asosiy sir - uni namlantirish ekanligidan xabaringiz bor, albatta. Bu haqida avvalgi bo‘limda ham aytib o‘tgandik. Bundan tashqari, aksariyat tonal kremlar odatda terini quritib yuboradi. Teringiz hamisha chiroyli va tekis ko‘rinishga ega bo‘lishini istasangiz, tarkibida namlantiruvchi moddalar bo‘lgan tonal kremlariga diqqat qarating. Ushbu vositalar o‘z tarkibi tufayli teri ustiga tekis joylashadi va ajinlar bor yerlarda yig‘ilib qolmaydi. Shuningdek, vaqtingiz bo‘lganda yuzingizni tabiiy niqoblar bilan siylab turishni ham unutmang. 

Ko‘z osti terisi

Ko‘z osti terisi

Ko‘z osti terisi juda nozik bo‘lgani sababli u boshqa sohalarga nisbatan tezroq zararlanadi. Ammo bu narsa ko‘z osti hududlariga konsilerni ayamay surtish uchun asos bo‘lmasligi kerak. Ushbu vositaning ko‘pi ham hunuk ko‘rinadi, asta-sekin ajinlar ham bilinishni boshlaydi. Shu sababli ko‘z osti sohasini pardoz qilishda korrektordan foydalanish va me’yor tushunchasiga diqqat qaratish tavsiya etiladi. 

Qoshlar

Qoshlar

Ayol kishining yoshi kattalasha boshlagach, qoshlar yaqqolroq egiladi va ikki uchi siyraklasha boshladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun qoshlarni tabiiy ko‘rinishda saqlashga harakat qilish kerak xolos. Bundan tashqari, ularni bo‘yash uchun imkon qadar tabiiy rangdagi bo‘yoqlardan foydalaning. Qop-qora rangli bo‘yoq ingichka qoshlarni ikki karra hunukroq ko‘rsatishi bor gap.

Tabiiy bo‘yoqlar tanlash esa muammoni osonlikcha hal qila oladi. Qoshlaringiz tabiatan qora rangda bo‘lsa, ularni ten bilan bo‘yamang, shunchaki qalam yordamida shakl berib, kerakli joylariga birozgina oro berilsa yetarlidir.

Ko‘zlar

Ko‘zlar

Ko‘zlarning har bir tomonini qalin qilib bo‘yashni stilistlar didsizlik belgisi sifatida ta’riflaydilar. Bu boradagi asosiy cheklov ko‘zning pastki qismiga tegishli bo‘lib, mazkur hududni bo‘yash ko‘zlarning juda kichik, toliqqan va notabiiy ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Yoshingizni aslidan kattaroq qilib ko‘rsatmaslik uchun ularni imkon  qadar tabiiy usulda bo‘yang. Imkon bo‘lsa ko‘zning pastki tomonini bo‘yashdan voz keching, o‘ta zarur bo‘lgan holatlarda jigarrang tendan ozroq foydalanish mumkin. Bundan tashqari, bo‘yoq bilan ko‘zning faqatgina tashqi burchaklariga oro berilishi ham nisbatan to‘g‘ri tanlov. Bundan tashqari, ten tanlashda nafis ranglarga diqqat qaratish kerak.

Kipriklar

Kipriklar

Yuzga hunuk ko‘rinish beruvchi jihatlarning yana biri qalin qilib bo‘yalgan kipriklardir. Bir necha qavat tushdan iborat bo‘lgan kipriklar pardozi yoshingizga yosh qo‘shib qo‘yishi aniq.

Kipriklar masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular ham qoshlar kabi yosh ulg‘ayishi bilan asta-sekin siyraklashishni boshlaydi. Ammo, ularni tush bilan bo‘yash orqali qalinroq ko‘rsatish mumkin. Shuni e’tiborga olingki, tush qoldiqlari qovoqning yuqori qismida qolib ketmasligi kerak. Bu kabi pala-partish izlar obrazning chiroyli bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. 

Imkon topa olsangiz, kipriklarni tush yordamida bo‘yash usuliga emas, zamonaviy kiprik ekish muolajalariga murojaat qiling. Agar tushdan foydalansangiz, tush bilan bo‘yashdan avval kipriklarni qayirib oling. Tushning birinchi qavati to‘liq quriganidan keyin ikkinchi qavatni ham surtish mumkin bo‘ladi. Bo‘yalgan kipriklar bir-biriga yopishib qolguday bo‘lsa, ularni maxsus cho‘tka yordamida ajratib chiqish mumkin. 

Lablar

Lablar

Aksariyat ayollar lablarni imkon qadar kattaroq ko‘rsatish uchun lab chetini atayin kontur qalami bilan kattaroq qilib chizishga harakat qiladilar. Bu esa yakuniy ko‘rinishning hunuk va notabiiy bo‘lib chiqishiga olib keladi. Agar lablaringiz chiroyli ko‘rinishini istasangiz, uning markaziy qismiga ochroq tusdagi bo‘yoq surtish kifoya. Chiziqlarni aniq ko‘rsatib qo‘yish shart emas, shuni unutmang.

Dudoqlarni to‘g‘ri usulda bo‘yash uchun ularning yuqori qismini o‘zaro kesishgan chiziqlar bilan pardozlash kerak. Pardoz avvalida lab bo‘yoqlarining tabiiy rangdagi turlaridan tanlab oling. Och pushti, siyohrang, jigarrang, yorqin qizil rangli bo‘yoqlar kundalik pardoz uchun aslo to‘g‘ri kelmaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook