Hayotda bir marta bo'lsa ham suzishga arziydigan 12 ta hovuz
Hayotda bir marta bo'lsa ham suzishga arziydigan 12 ta hovuz
Arxitektorlarning xayolotidan hovuzlar ham joy olgan. Ularni ekzotik tabiat landshaftlariga yoki yerdan o'nlab qavatlarga olib chiqadilar.

Odam.uz sayti Sizning e'tiboringizga dunyodagi eng g'aroyib hovuzlarni taqdim etadi. Balki kelayotgan yozda shu hovuzlarda aynan Siz cho'milarsiz!

San Alfonso del Mar hovuzi, CHili

San Alfonso del Mar hovuzi, CHili

San Alfonso del Mar mehmonxonasining hovuzi - dunyodagi eng katta hovuz hisoblanadi. Uning uzunligi - 1kilometr. Qurilishga 2 milliard dollar sarflangan, ta'monitiga esa har yili 4 million dollar sarflanadi. Dengiz suvini hovuzga quyishdan oldin maxsus filtrlar orqali chuchuklashtiriladi, keyin tozalanib yana okeanga qaytib quyiladi. Hovuz uchun jami 250 million litr suv ketadi.

"Osma hovuz", Gongkong

"Osma hovuz", Gongkong

Indigo mehmonxonasidagi hovuz binoning 29-qavatida aynan havoda osilib turadi. Undan Gongkongning xushmanzara joylarini tomosha qilish mumkin, shisha chuqurlikdan esa pastdagi ko'chani ko'rib turish mumkin.

Suv tozalaydigan stansiyadagi hovuz, Meksika

Suv tozalaydigan stansiyadagi hovuz, Meksika

Meksikaning La Purificadora Hoteldagi hovuz sobiq suv tozalovchi stansiya binosi yerini egallagan bo'lib, restoran va bar orqali o'tadi. Hovuzdan shaharga ajoyib manzara ochiladi. U YUNESKO ning dunyoviy meroslar ro'yxatiga kiritilgan.

Timsohli hovuz, Avstraliya

 Timsohli hovuz,  Avstraliya

Avstraliyadagi Darvin shahrining asosiy diqqatga sazovor joyi - bahaybat timsohlar hovuzidir(uzunligi 5 metr). Akvariumga mustahkam shishali kapsula orqali tushish mumkin. Lekin bunga har kimning ham yuragi dosh bermaydi.

Y-40 The Deep Joy hovuzi, Italiya

Y-40 The Deep Joy hovuzi, Italiya

Bu dunyodagi eng chuqur hovuz. Uning chuqurligi - 42 metr va o'zida 2,5 million litr suvni sig'dira oladi. Hovuz ichida dayving uchun o'yiq joylar va g'orlar bor. Bundan tashqari unda tashrif buyuruvchilar uchun maxsus suvosti tunellari bo'lib,  u yerda Siz quruq qolgan holda hovuz tubini tomosha qilishingiz mumkin.

Infiniti hovuzi, Singapur

Infiniti hovuzi, Singapur

Marina Bay Sands mehmonxonasi hovuzi - dunyodagi eng katta tom hovuzi hisoblanadi. U 55-qavatda, 200 metrli 3 minorani birlashtirib turuvchi terrasada joylashgan. Hovuz ochiq osmon  ostida joylashgan bo'lib, ko'rinarli bortlar umuman yo'q. Shuning uchun ham suv cheti xuddi eng yuqorida uzilib turganga o'xshaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook