Isroil askarlari hayotidagi 7 asosiy ta’qiq
Isroil askarlari hayotidagi 7 asosiy ta’qiq
Har qanday mamlakat armiyasi - qat’iy intizom va tartib asosida shakllantirilgan tuzilma bo‘lib, u kerak bo‘lgan vaqtda dunyoga o‘zgacha nigoh tashlash, qiziqarli odamlar bilan tanishish, kurashish va kuchli bo‘lishni o‘rgatadi.

Isroil o‘ta kichik mamlakat bo‘lsa-da, qurolli kuchlari juda faol va bunga yetarlicha siyosiy sabablar bor ekanligini ham ko‘pchilik biladi. U muntazam ravishda harbiy mojarolarga aralashib turgani sababli, mamlakat qurolli kuchlarining ichki tartiblari haddan tashqari qat’iy va ayrimlari yetarlicha g‘alati hamdir.

1. Suratga tushish ta’qiqlanadi

1. Suratga tushish ta’qiqlanadi

Internet tarmog‘ida Isroil askarlarining ko‘plab suratlarini topish mumkin, albatta. Ularning deyarli barchasi harbiy jurnalistlar tomonidan olingan bo‘lib, armiya rahbariyati tomonidan ma’qullangan. Aslida esa ushbu mamlakat askarlariga suratga tushish, harbiy xizmat vaqtida olingan rasmlarni boshqalarga tarqatish mutlaqo man etilgan. Haydalgan va ishdan ketgan sobiq harbiylar esa bundan mustasno. 

2. Kipa haqidagi qoidalar

2. Kipa haqidagi qoidalar

Kipa yahudiylarning diniy bosh kiyimi bo‘lib, ma’lum vaqtlarda Isroil askarlariga uni kiyish ta’qiqlangan. Ammo, Isroil Mudofaa armiyasi fuqarolarning diniy qarashlarini xurmat qilishi haqida yashirmaydi, shu jumladan kipaga doir bir qator qoidalarni ham joriy qilgan. Misol uchun, askar kiygan kipa oddiy, e’tiborni jalb qilmaydigan bo‘lishi, eng muhimi, unda biror yozuv ko‘zga tashlanmasligi kerak. 

3. Siyosat mavzusida suhbat qurish mumkin emas

3. Siyosat mavzusida suhbat qurish mumkin emas

Isroil armiyasida xizmat qilish vaqtida askarlarga  mamlakat siyosati borasida o‘z fikrini aytish ta’qiqlanadi. Askarlar siyosiy mavzulardagi suhbatlarga aralashmasliklari,siyosatchilar va partiyalar faoliyatini muhokama qilmasliklari zarur. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur mavzudagi postlar ostida izoh yoki "layk" bosib qoldirish ham butunlay ta’qiqlangan. Askarlar bu borada betaraf bo‘lishlari kerakligi talab etiladi. 

4. Shaxsiy mashinalarda yurish ta’qiqlangan

4. Shaxsiy mashinalarda yurish ta’qiqlangan

Isroil armiyasi askarlari xizmat vaqtida mamlakat bo‘ylab birovning shaxsiy mashinasida yurishlari ta’qiqlangan. Ushbu qoida bir nechta askarlar turli guruhlar tomonidan aynan mashina yordamida o‘g‘irlab ketilgach, joriy qilindi. Mazkur ta’qiq harbiylar hayoti va xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘ylab topilgan. 

5. Askarlarga qimor o‘yinlariga berilish mumkin emas

5. Askarlarga qimor o‘yinlariga berilish mumkin emas

Ushbu qoida barcha mamlakatlar armiyalarida mavjud bo‘lishiga qaramay,Isroil Mudofaa armiyasi bunga nisbatan juda qat’iy choralar ko‘radi. Xizmat vaqtida shaxmat, narda, shashka kabi o‘yinlar o‘ynash mumkin, ammo ularga pul aralashtirish man qilingan.

6. Alvido, quloqchinlar!

6. Alvido, quloqchinlar!

Isroil askarlariga bo‘sh vaqtlarida musiqa tinglash va filmlar tomosha qilish uchun ruxsat bor, ammo buni ikkita quloqqa ham quloqchin taqib olgan holatda amalga oshirish mumkin emas. Isroil armiyasi ustaviga ko‘ra, quloqlarning biri hamisha erkin holatda bo‘lishi va atrofdagi ovozlarni eshitib turishi kerak.

7. Tugma haqidagi ta’qiq

7. Tugma haqidagi ta’qiq

 Bu qoida sizga juda g‘alati tuyulishi mumkin, ammo Isroil armiyasi askarlari liboslaridagi eng yuqori tugmani taqib yurishga haqli emaslar. Ushbu ta’qiqqa sabab bo‘lgan narsa iqlim sharoitlari ham emas. Mazkur tugma keskin va kutilmagan vaziyatlarda boshqalarga yashirin signal berish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, askarlarning biri vafot etadigan bo‘lsa uning do‘stlari dafn marosimiga liboslarining yuqori tugmalarini qadab borishlari kerak.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook