Kaetana Alba: O‘z husniga changal solgan badavlat gertsoginya taqdiri
Kaetana Alba: O‘z husniga changal solgan badavlat gertsoginya taqdiri
Muhabbat insonga betakror hislarni taqdim eta oluvchi kuch. Ammo, ba’zan u insonning ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘yishi ham rost. Buni o‘z taqdiri bilan yaqqol isbot etgan ispan gertsoginyasi Alba 2014 yilda olamdan o‘tgan.

U umrining oxirgi yillarida o‘zidan anchagina yosh bo‘lgan insonga turmushga chiqdi va bu orqali jamoatchilik tomonidan keskin tanqid qilindi, yoshroq ko‘rinish maqsadidagi urinishlari esa aks ta’sir berishni boshladi. 

Yoshlik yillari

Ispan gertsoginyasi yoshlik vaqtlarida shunchalar chiroyli va jozibali bo‘lganki, oshiqlari son-sanoqsiz edi. Ammo, yoshi ulg‘aya boshlagach, qarilikdan juda qattiq qo‘rqqancha tashqi ko‘rinishi o‘zgartirish jarayonini boshladi. Bu borada unga pul ham yordam bera olmadi, sababi gertsoginya Alba insoniyat tarixidagi eng badavlat ayollardan biri sanalardi.

Kaetana Alba 1926 yilda dunyoga kelgan. U oqsuyaklar nufuzi va unvonlar soni bo‘yicha Angliya qirolichasidan ham ustunroq bo‘lib, zodagonlar qoidalariga ko‘ra qirolicha uning qarshisida ta’zim qilishi kerak bo‘lardi. Bundan tashqari, uning boyligi 3,5 milliard yevroni tashkil qilgan.

O‘z vaqtida gertsoginya ko‘plab yigitlarning orzusi edi. Ammo, u ajdodlarining ko‘p asrlik an’analariga qarshi chiqqan holatda o‘ziga teng nufuzga ega bo‘lgan insonga emas, sevgan odamiga turmushga chiqdi. Badavlat gertsoginya butun umri davomida uch marta oila qurgan.

Birinchi marta gertsog Sotomayorning rafiqasiga aylandi, bu zodagonlar an’analariga mos tanlov edi, albatta. Ushbu juftlik turmush qurganlaridan keyin yanada nufuzli bo‘lib ketdilar. Kaetana o‘z erini juda qattiq sevgan va unga 6 nafar farzand hadya qilgan. Ammo erkak 48 yoshlik vaqtlarida olamdan o‘tdi. 

Erining o‘limidan 5 yil o‘tgach, gertsoginya sobiq ruhoniy bilan oila qurishga qaror qildi. Bu esa uning qarindoshlari va oqsuyaklar orasidagi keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Ammo, sevgidan ko‘zlari ko‘r bo‘lgan ayol bu gaplarga e’tibor qaratmadi. Uning ikkinchi eri ham erta vafot etdi. Gertsoginya 85 yoshga kirgan vaqtlari uchinchi marta Alfonso Diyes bilan oila qurdi, odamlar ayolni aqldan ozganlikda, erini esa xotininig boyligiga ko‘z tikib turganlikda aybladilar.

Ayol barcha gap-so‘zlarga qarshi butun boyligini farzandlariga bo‘lib berdi va o‘ziga faqatgina bitta uyni qoldirdi holos. To‘ydan uch yil vaqt o‘tib esa vafot etdi. 

Plastik operatsiyalar va omadsizlik

Oqsuyak ayol umrining oxirgi yillarida o‘zini dahshatli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Gap shundaki, u o‘zidan anchagina yoshroq bo‘lgan eriga mos ko‘rinshini istar va buning uchun ko‘p bora jarrohlik tig‘i ostida yotgandi.

U burun sohasini ko‘p bora o‘zgartirdi, lablarini kattalashtirib yubordi, yuz terisini taranglashtirdi. Oqibatda yuzning tabiiy proportsiyalari ham butunlay yo‘qoldi.

Bir zamonlar bu ayolning qanchalar go‘zal bo‘lganini tasavvur qilishning o‘zi mushkul. Plastik jarrohliklar hamisha ham insonga foyda keltirmasligini tushunish uchun shuning o‘zi yetarli, bizningcha...

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook