Kir yuvish mashinasini tozalash haqida 3 maslaxat
Kir yuvish mashinasini tozalash haqida 3 maslaxat
Bugungi kunda ko’plab insonlar qo’lda kir yuvishni deyarli unutishgan. Boisi uy bekalari uchun eng katta ko’mak vazifasini o’tovchi kir yuvish mashinalari ommalashdi.

U ishqalaydi, yuvadi va hattoki siqib ham beradi. Biroq hamma narsa ham to’liq mukammal bo’lmaydi. Kir yuvish mashinangiz siga juda uzoq yillar hizmat qilishini istasangiz, uni holatini kuzatib boring. Barabanning tozaligi va yig’ilgan axlatlar diqqat e’tiboringizdan chetda qolib ketmasin.  Keling, keraksiz muammolar va buzilishlarga yo'l qo'ymaslik uchun bunga qanday erishish haqida bilib olaylik.

Filtrni tozalang. Kir yuvish mashinasining old tomoni pastki qismida joylashgan filtr qopqog’ini oching. Undan oldin, drenaj shlangining ostiga o'rta o'lchamdagi idishni joylashtiring, chunki qolgan suv to'kila boshlaydi. Filtr qopqog'ini olib tashlaganimizdan so'ng, biz barcha to'plangan qoldiqlarni olib tashlaymiz va  uni salfetka bilan artib olamiz. Jarayon shu bilan nihoyasiga yetdi, qopqoqni yopish uchun buramiz. Shuni esda tutingki, ushbu jarayonni oyiga kamida bir marta amalga oshirilishi kerak.

Filtrdan tashqari kukun va tozalovchi vositalar quyiladigan joy ham tez ifloslanadi.Ushbu idish kir yuvish mashinasidan osonlik bilan olinadi. Idishdagi qora dog’ hamda mog’orlarni sho’tka yordamiga ehtiyotkorlik bilan  yuvib ketkazing. Quruq mato bilan barcha namlikni ketkazib arting va asl joyiga qaytaring.

Kir yuvish mashinasini limon kislotasi bilan tozalaymiz. Agar mashinaning elektr isitish trubasida tuz to’planib qolsa, mashina ishdan chiqadi. Yiliga bir ikki marotaba tozalash orqali ushbu ko’ngilsizlikni oldini olishingiz mumkin. Uy sharoitida esa sizga limon kislotasi qo’l keladi. Kukun quyish bo’lmasini oching va asosiy qismga 60-100 g limon kislotasini quying(kir yuvish mashinasi hajmini hisobga olgan holda). Keyin suvni maksimal darajada  (90-95° C) isitishni taminlaydigan dasturni tanlang va mashinani ishga tushiring. Ushbu jarayon yakuniga yetguniga qadar kir yuvish mashinasi oldidan ketmaganingiz ma’qul. Limon kislotasi drenaj filtriga tiqilib axlatlarni katta  bo'laklarga ajralishiga olib kelishi mumkin. Agar bu holat sodir bo'lsa, kir yuvish mashinasini o'chiring, filtrni tozalang va avtomatik ravishda o'chguncha ishlashiga qo’yib bering.  Jarayon tugagach, baraban va kauchuk qismlardagi qaynagan chiqindilar bor yo’qligini tekshiring. 

Agar siz mashinangiz uzoq vaqt davomida sizga ishonchli xizmat qilishni xohlasangiz, uni vaqti-vaqti bilan tekshirib turishni va axlatlardan tozalashni unutmang. Ehtiyotkorlik bilan ishlov berish va parvarish qilish har qanday uskunaning ishlash muddatini uzaytiradi. Avtomat  yordamchingizga g'amxo'rlik qiling, chunki u sizning qo'llaringiz go'zalligi va sog'lig'ini himoya qiladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook