Klassik to'y libosidan voz kechgan va bu qaroridan sira ham afsuslanmagan mashhurlar
Klassik to'y libosidan voz kechgan va bu qaroridan sira ham afsuslanmagan mashhurlar
Hamma qiz ham oq libos haqida orzu qilavermaydi, shu qatorda yulduzlar ham. Mashhur yulduzlarning nikoh kechasida noodatiy libos bilan chiqishiga ko'pchilik allaqachon ko'nikib qolgan bo'lsa ham kerak. Bugungi maqolamiz qahramonlari ham noyob to'y liboslari bilan barchani lol qoldirgan.

Keyli Kuoko

“Katta portlash nazariyasi”dagi Penni ro’li bilan barchaga yaxshi tanilgan aktrisa 2018-yil 30-iyun kuni Karl Kukka turmushga chiqdi. U nikoh oqshomida ajoyib oq kambenizonda namoyon bo'ldi. Uning ushbu uslubi ko'pchillikka manzur bo'ldi.

Djulianna Mur

Djulianna Mur 2003-yilda amerikalik prodyusser va rejissor Bart Freyndlixga turmushga chiqqan. Uning to’y libosi ko’pchilik uchun g’ayritabiiy tuyuldi. Binafsharang libos va yashil taqinchoq unga juda yarashgan.

Emili Ratakovski

Mahoratli model ommani ikki karra lol qoldirdi. Boisi u 2018-yil 23-fevral kuni, atigi bir necha oyilgari tanishgan yigiti Sebastyan Makklardga turmushga chiqadi va Zara brendidan ajoyib kostyumni nikoh libosi sifatida kiyib chiqadi.

Kristen Bell

2013-yil 17-oktyabrda Kristen Bell va uning hamkasbi turmush qurishadi. Bu haqida faqat ularning eng yaqin do'stlarigina habar topdilar. Oppoq to'y libosi o'rniga kelinimiz qora ko'fta-shim va katta taqinchoq uyg'unligini tanladi.

Emma Tompson

1989-yil  Emma Tompson va Kennet Bran turmush qurishadi. Emma nikoh kechasida tizzagacha uzunlikdagi, rangli naqshlar bilan bezatilgan noodatiy libos kiyadi.

Anjelina Joli

2014-yil 23-avgust sanasi mashhurlar oilasi yana bittaga ko’paydi. Ushbu sanada go’zal va maftunkor Anjelina Joli hamda iqtidorli Gollivud aktyori Bred Pit turmush qurishdi. Anjelina to’y oqshomida farzandlari tomonidan sur’atlar bilan bezatilgan va Versage tomonidan yaratilgan libosda namoyon bo’ldi.

Selin Dion

1994-yil 17- dekabrda Selinni dunyoga tanitishda o’z hissasini qo’shgan musiqa prodyusseri Rene Anjelil bilan turmush qurdilar. Selin Dion nikoh kechasida odatiy libos kiygan, biroq uning boshidagi taqinchoq haqida bunday deya olmaymiz. Uning toji o’sha davrlarda barchaning tiliga tushgan.

Dita fon Tiz

Ideal juftlik sanalgan Dita fon Tiz va Merelin Menson oddiy to’y bilan cheklanib qolmasliklari aniq edi.

2005-yil 28-noyabrda bo’lib o’tgan nikoh kechasida kelinimiz siyoxrang libosda mehmonlar qarshisiga chiqdi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook