Konditsionerdan foydalanganda nimalarga ahamiyat berish kerak?
Konditsionerdan foydalanganda nimalarga ahamiyat berish kerak?
Yozning jazirama kunlari boshlanishi bilan havoni mo’tadillashtirib, tanaga huzur bag’ishlovchi konditsionerning juda ko’pchilikka manzur bo’lishiga shak-shubxa yo’q. Lekin undan to’g’ri foydalanishni bilmaydigan kishilar sog’liqlaridan shikoyat qilishlari ham hech gap emas. Konditsionerdan foydalanish borasida quyidagi yo’l-yo’riqlarimiz sizga asqotadi degan umiddamiz.

Agar tashqarida havo 30 darajadan yuqori bo’lsa, ichkaridagi havo undan 5-7 daraja past bo’lishi kerak. Aks holda, tana haroratining birdaniga pasayib ketishi tumovga sabab bo’lishi mumkin. Chunki issiqda teri katakchalari kengayadi va tana uni sovitish uchun ter ishlab chiqaradi. Konditsionerning sovuq havo oqimidan esa terlab turgan badan harorati birdaniga pasayib ketadi.

Kun juda isib ketgan paytlarda shifokorlar yurak qon-tomir kasalliklari bilan og’rigan bemorlarga ham konditsionerdan foydalanishni tavsiya etadilar. 

Konditsionerlarda turli bakteriyalar to’planib ketadi, degan fikr ham mavjud. Bir narsaga aniqlik kiritib olish kerak: konditsionerlarda bakteriyalar to’planishi mumkin bo’lgan joyining o’zi yo’q. Agar hona muntazam ravishda tozalanib, changlar artib turilsa, xavotirga o’rin yo’q. Albatta, vaqti-vaqti bilan konditsioner va uning filtrini tozalashni esdan chiqarmaslik kerak. Ko’pchilik konditsioner harid qilganlar u sovitishdan tashqari, honada havo almashinuvini ham ta’minlaydi degan fikrda. Lekin barcha konditsionerlarda ham havo almashtirish funksiyasi bo’lavermaydi. Bundan behabar haridorlar esa honani shamollatib turishni esdan chiqarib yuboradilar. Konditsioner esa xonada anchadan buyon to’planib qolgan, inson salomatligi uchun zararli bo’lgan mikroorganizmlarni muntazam ravishda qorishtirib turadi. Tozalik qoidalariga rioya qilgan holda eshik va derazalar ochilib, xona shamollatib turilsa, bunday havfning oldi olinadi.

Har bir ishda me’yorga amal qilinsa, konditsioner ham sizning oilangizga ancha muddat hizmat qiladi, shuni unutmang!

Konditsionerdan foydalanishda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Agar konditsionerdan uzoq vaqt foydalanilmagan bo’lsa, uni ishlatishdan avval honani 20-30 daqiqa davomida shamollatib qo’yish kerak.

Konditsionerning havo purkash joyida hech qanday to’siq bo’lmasligi kerak. Aks holda, elektr energiyasining behuda sarflangani qoladi.

Hech qachon juda past haroratni tanlamang.

Konditsioner yoqilganda xavo oqimini yuqoriga, ya’ni shiftga yo’naltiring. Shunda sovuq havo hona bo’ylab juda tez tarqaladi.

Bolalar karavotini konditsioner tagiga qo’yish also mumkin emas.

Shuni unutmaslik lozimki, bolalar bo’lgan honada konditsionerlarni yoqib qo’yish yaramaydi. Chunki bolaning terisi juda nozik bo’lib, konditsionerning sovuq yoki issiq havosiga dosh berolmaydi.

Filtr qanday tozalanadi?

Filtrni bir oyda bir marta, agar konditsioner o’rnatilgan joyda chang miqdori ko’p bo’lsa, undan ham ko’proq tozalab turish kerak. Avval filtr changyutkich yordamida tozalanadi, so’ng suv bilan yaxshilab yuvib yuboriladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook