Kuchli matonat sohiblari yohud imkoniyati chegaralangan buyuklar haqida
Kuchli matonat sohiblari yohud imkoniyati chegaralangan buyuklar haqida
Ba’zan hamma narsadan bezib, bariga qo’l siltagingiz keladi. Ammo hayotda sizdan ham mushkul ahvol bilan to’qnash kelgan insonlar bor ekanligini bilasizmi? Ularning ba’zilari ana shu tushkunlik devorini kuch va matonat ila yiqitishga erishganlar.

Sara Bernar

Sara Bernar- fransuz aktrisasi. Teatrning ko’plab taniqli namoyondalari, masalan, Konstantin Stanislavskiy, Bernar san’atini texnik barkamollik na’munasi deya hisoblar edi. 1914 yilda aktrisa avtohalokatga uchraydi va uning oyog’i amputatsiya qilinadi. Biroq aktrisa to’xtamadi, ijod qilishda davom etdi. 1922-yilda Sara Bernar so’nggi marta sahnaga chiqqan. U o’sha paytda allaqachon 80 bahorni qarshilagan edi. “Kameliyali xonim” rolini kursida o’tirib ijro etdi.

Lyudvig van Betxoven

Lyudvig van Betxoven (1770-1827) –nemis bastakori. 1976 yili eshitish qobiliyatini yo’qota boshlagan. Unda tinit- ichki quloq yallig’lanishi kasalligi rivojlanib, 1802 – yilga kelgach, butunlay eshitish qolbiliyatini yo’qotgan.  Amma bastakor aynan shu paytlari o’zining eng mashxur asarlarini yaratdi va tarixga o’z ismini abadiy muhrladi.

Erik Vayxenmayer

Erik Vayxendermen esa Everestni zabt etgan dunyodagi ilk so’qir sportchidir. Erik 13 yoshida ko’rish qobiliyatidan ayrilgan. Biroq “Taqdir shu ekan-da” demasdan, o’qishni tugatdi, o’qituvchi trener sifatida ishladi va dunyo miqyosidagi sportchi darajasiga erishdi. Erik Everestdan tashqari yana dunyoning eng baland yettita cho’qqisi, jumladan, Klimanjaro va Elbrusni ham zabt etgan.

Lina Po

Lina Po - Polina Mixaylova (1899-1948) – Gorenshteynning balet raqqosasi sifatida ijod boshlagan paytida olgan taxallusidir. 1934- yilda Lina Po ensefalit bilan kasallanib, falaj bo’lib qoldi va ko’rish qobiliyatini butunlay yo’qotdi. Sodir bo’lgan voqeadan keyin ayol haykaltaroshlik bilan shug’ullangan va 1937-yildayoq uning asarlari Aleksandr Sergeevich Pushkin nomidagi tasviriy san’at muzeyidagi ko’rgazmada namoyish etilgan. 1939- yilda Lina Po sobiq ittifoq rassomlarining Moskva shaxri uyushmasiga qabul qilingan. Hozirda Lina Poning yakkaxon ishlarini Tretyakov galereyasi va mamlakatning boshqa muzeylar kolleksiyalarida uchratish mumkin.  Ammo haykallarning asosiy kolleksiyasi – Butunrossiya ko’rlar jamiyatining muzeyidagi Lina Po xotirasi sharafiga ochilgan yodgorlik kolleksiyasida turadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook