National Geographic fotokonkurs: Odamlar
National Geographic fotokonkurs: Odamlar
Har yili National Geographic jurnali yilning eng yaxshi trevel-fotograf tanlovini o’tqazadi. Butun dunyodan fotograflar o’zlarining aql bovar qilmas ishlarini nashriyotga yuboradilar. Hakamlar ilhomlantiradigan va joylaning tarixini so’zlab bera oladigan suratlarni tanlashadi.

“Ledi Gavana”. Loren Bridlav: Kubaga qilgan yaqin sayohatimda, Eski Gavanada aylanib yurgan edim va ko’chada ko’zim mana bu o’ziga ishongan ayolga tushib qoldi. Undagi nimadir meni jalb qildi: uning ko’zlari xuddi millionlab hikoyalarni asrayotgandek edi. Yonimda naqd pul yo’q edi, shuning uchun do’stimdan qarzga pul olib, kubalik ayol yoniga uni suratga olishni so’rab bordim. U menga hop dedi va xuddi direktorlar kursisida o’tirganday o’zini ko’rsata boshladi – sigara bilan va shunga o’xshash holatlar.

“Nagasakidagi yana bir yomg’irli kun, Kyusyu oroli”. Xiro Kurisana: Bu shahar tramvayi ichidan ko’rinadigan Nagasakining asosiy ko’chasi manzarasi. Tramvay juda eski va nozamonaviy – to’g’ri, shunga qaramay chipta sotish moslamasi bilan modernizatsiya qilingan. Bortda boshqa konduktor yo’q – faqat xaydovchi. Nagasakida tez-tez yomg’ir yog’adi, bir necha o’n yilliklar ilgari bunga xatto qo’shiq bag’ishlangan.

“Tokiodagi mashxur uchrashuvlar joyi”. Xiro Kurasina: ikki ayol va ikki erkak, allaqachon ishlamaydigan poyezd yonida kimnidir kutib turishibdi – oldin bu poyezd shahar chekkasidagi va boshqa minglab kishilarni Iokagamedagi Sibuya va Sakuragicho stansiyalari orasida tashir edi. Endi bu poyezd Sibuya bekatidan uncha uzoq bo’lmagan joyga qo’yilgan va turistlar uchun axborot xizmat markazi sifatida ishlab turibti. Uning yonida ko’pchilik do’stlariga, sevganlariga uchrashuv belgilaydi. Rasmdagi odamlarning yuz va tana holati ularda empatiya bilan muammolar borligini ko’rsatadi.

“Chiptasizlar”. Mauro de Bettio: Taj va Akashonasi bilan har kuni bir stansiyadan boshqa stansiyaga tilanchilik qilish uchunborishadi. “Ulagichda” yani vagondan tashqarida yurish, bu Bangladesh aholisi uchun harakatlanishning oddiy turi, ammo bu albatta xavfli va noqonuniy. Shunday holatlar ham bo’lganki, ulagichda yurganlarni tok urgan, ular qo’l va oyoqlarini yo’qotishgan, yo’lda yiqilib tushishgan yoki tunellarda uchib ketishgan. Lekin bu chiptasiz pasajirlarni to’xtatib qolmaydi: har kuni odamlar bambuk yog’ochli politsiyachilardan qochib harakatlanayotgan poyezdlarga sakraydi.

“Tibetlik jonning tabassumi”. Mattia Passarini: Bu monax kunduzgi namozdan so’ng o’z xonasiga shoshayotgan edi. Men uning orqasidan yaxshi surat olish uchun yugurdim , lekin u yuzini berkitishni va yugurishni davom etdi. Men uni xitoychada chaqirdim: “Pai yi zhang ba (bittagina surat)!” U ortga qaradi va kulishni boshladi. Surat Tibetdagi Tashilunpo monastirida olingan.

“Mixo portreti”, Akiomi Kuroda.

“Slem-dank” (tepadan tashlash). Brendon Kasher: Basketbolchi savatga koptokni tashlash uchun juda balandga sakrayapti.

“Ramazonda namoz o’qiyotganlar” Pradip Radja: Janubiy-sharqiy Osiyodagi eng kotta machit – Djakarta Istiqlol machitida namoz o’qiyotgan ayollar.

“Retrosayohat”. Lorreyn Ip: 1950 yil ishlab chiqarilgan, spidometri ishlamaydigan “shevrole” da Kuba bo’ylab sayohat. Biz o’zining baland-past yo’llari bilan mashxur Kamaguey shahridan o’tdik. Klassik shevrolening moslamalar paneli ustidagi gavayaning xula raqsini tushayotgan zamonaviy qizning shakli va sariq  taxibelgisi, sayohatga xuddi vaqt bo’ylab sayohat qilayotgandek his beradi. Bular hammasi qadimiy, lekin unutilmagan Kuba shahrining fonida.

“To’lqin bilan kurash”. Jerom Gens: Niger daryosida to’lqin bilan kurashib arqon o’ynayotgan bola.

“Qarilik va yoshlik”. Xua Ju: Bu surat Uyuandagi kichiq bir xitoy qishlog’ida olingan. Katta shaharlarda qishloq aholisining 250 millionga yaqini yashaydi. Ko’pchilik yoshlar shaharlarda pul topadi, ota-onasi va bolalarini qishloqlarida qoldirishadi.

“Avlodlar o’rtasidagi ko’prik”. Jobit Jorj: Ota va o’g’il milliy kiyimda, machit yonida, Ro’za bayramini nishonlamoqda. Nyu Dehli, Hindiston.

“Muqaddas cho’milish” Yogesh Gupta: Yamun daryosi Dehlidan o’tar joyi eng loyqa hisoblanadi. Bu mamlakatdagi Gangadan keyingi o’rinda turuvchi muqaddas daryodir. Yamun suviga cho’milish hindlar uchun diniy marosimdir. Qishda bu yerga sharqiy sibir chaykalari uchib keladi. Bir necha oylar davomida ular bu joyga ko’rk bag’ishlaydi. Suratda mahalliy aholi har kungi muqaddas Yamun daryosida cho’milishni bajarmoqda.

"Keling yana bir marta Xoliga tushamiz”. Migel Salas: Ota o’g’illari bilan uydan chiqmoqchi va Xoli bayramini nishonlashga qaytib kelmoqchi. Barsana. Hindiston.

“To’rt soniyadan so’ng”. Diana Sta  Ana: Hindistondagi gavjum Jaypura ko’chasida olingan. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook