Nega sayohat – ta’lim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi
Nega sayohat – ta’lim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi
Ko’pchilik insonga hayoti davomida kerak bo’ladigan haqiqiy ta’limni biz o’quv xonalaridan tashqarida olamiz degan fikirga qo’shilsa kerak.

Yo’q, biz sizga ta’lim tizimini o’zgartirish kerakligiga sha’ma qilayotganimiz yo'q. Shunchaki, odatiy “maktab – o’quvchi – yozma ish” va “universitet – domla – imtihonlar” sxemalaridan tashqari o’zlikni va atrof muhitni anglash uchun, shu bilan birga, kerakli bilimlarni olish uchun boshqa ajoyib usullari ham borligini aytib o’tmoqchimiz.

Aslida sayohat – odam o’zi uchun juda ko’plab narsalarni bilib olishining eng yaxshi usulidir. Parij ko’chalarida aylanib yurasizmi, Himalay tog’larining cho’qqisiga chiqasizmi yoki dominikana plyajlarida biror kuningizni o’tqazasizmi, farqi yo’q, sayohat o’qituvchi sifatida hech qachon pand bermaydi.

Quyida siz qayerga borishingizdan va sizni qanday sarguzashtlarkutayotganidan qat’iy nazar, nega aynan sayohat, ta’lim olishning eng yaxshi shakli ekanligi haqida bilib olasiz. 

Chet tillarini o'rganish

Chet tillarini o'rganish

Ingliz tilida deyarli dunyoning barcha burchagida gapirishadi, shuning uchun bu sizga qo’l keladi. Shunga qaramasdan, har doim o’zingiz borayotgan mamlakatning mahalliy tilini bilganingiz ma’qul. Sayohatlar sizni turli xil tillarni o’rganishga majbur qiladi. Tilning asosini kitoblar, video yoki boshqa narsadan o’rganib olsangiz, qolganini shu tilda so’zlashuvchi aholi bilan gaplashganda o’rganib ketasiz.

Yangi madaniyatlar bilan tanishuv

Yangi madaniyatlar bilan tanishuv

Chet mamlakatlariga sayohat, xattoki, o’z yurtingizning boshqa joylariga sayohat qilish – ko’p yangi bilim olishning eng yaxshi usulidir. Siz butun dunyo madaniyatlari qanchalik ajralib turishini, qaysi tomonlari o’xshab ketishini va umuman begona odamlarning sizning an’analaringizga o’xshab ketadigan urf-odatlarini yaxshiroq tushunasiz.

Diqqatga sazovor joylar bilan tanishib, tarixni o’rganasiz

Diqqatga sazovor joylar bilan tanishib, tarixni o’rganasiz

Ha, albatta, siz ta’lim dasturlarida belgilab qo’yilgan mashxur tarixiy voqealar va qadimiy sivilizatsiyalar haqida o’rgangansiz. Biroq bu tarixiy joylarni borib, o’z ko’zing bilan ko’rib, yangi qiziqarli faktlarni bilib olish bilan tenglasha olmaydi.

Bugungi dunyo qandayligini tushunasiz

Bugungi dunyo qandayligini tushunasiz

Sayohatlar, sizga faqatgina dunyoning tarixini emas, balki hozirgi kuni qandayligini ham ko’rsatib bera oladi. Bu esa, albatta, hozir yashab turgan dunyoyimizning siyosiy holati, iqtisodiy va ijtimoiy strukturasini tushunib, baholashga yordam beradi.

Tabiat bilan yaqinlashasiz

Tabiat bilan yaqinlashasiz

Qachonki, siz o’zingizning qulay, betonli jungliyingizni tark etib, dunyoning eng ekzotik tabiat omillarini o’rgana boshlasangiz, tabiatning haqiqiy kuchini tushunib yetasiz. Tabiatning haqiqiy kuchi, klimat o’zgarishi va havo ifloslanishi kabi ko’plab global muammolarda qanday ahamiyat kasb etishini tushunasiz.

O’zingiz uchun yangi narsalarni o’rganasiz

O’zingiz uchun yangi narsalarni o’rganasiz

Sayohatlar sizni deyarli har soniyada sinaydi. O’zingiz uchun yangi, noma’lum yo’ldan borayotganingiz sababli, sayohat sizni, boshqa hollarda siz xatto aqlingizga kelmaydigan ishlarni qilishga majbur qiladi. Nima ish qilishingizning ahamiyati yo’q: Kombodjada fillarni o’rgatasizmi, Appalachida adashib qolasizmi yoki Braziliyada samba raqsiga tushasizmi – sayohat davomida siz ko’plab yangi narsalarni o’rganasiz. Siz balki, juda tortinchoq va odamlar bilan gaplasha olmaydigan shaxs bo’lishingiz mumkin. Lekin sayohat buni ham o’zgartiradi, axir yo’lda hech kim bilan gaplashmaslikning iloji yo’q. Axir buning shaxsni rivojlantirish kurslaridan nima kam joyi bor?

Muloqot ko'nikmalarini olasiz

Muloqot ko'nikmalarini olasiz

Agar siz hayotingiz davomida sodir bo’ladigan vaziyatlarga oddiy qarab, sharoitni o’zgartira olmayotgan bo’lsangiz, lekin shunga qaramasdan bunday ketma-ketlikda nimanidir o’zgartirishni xohlasangiz, sayohatlar sizni o’z taqdiringizni boshqarishning ba’zi usullarini o’rgatadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook