Nimaga ilm olishni to’xtatib bo’lmaydi?
Nimaga ilm olishni to’xtatib bo’lmaydi?
Siz yaxshi mansabga, tadbirkorlikda muaffaqiyatga erishgan bo’lsangiz ham ilm olishni to’xtatib bo’lmaydi. Buning uchun ikkinchi yoki uchinchi oliy ma’lumot olish shart emas.

Siz o’zingizga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari, kitoblar, Youtube yoki boshqa ko’plab manbalardan olishingiz mumkin. Shunday qilib, nega ta’lim olishni to’xtatib bo’lmaydi.

Faqat shunda siz ijodiy fikrlay boshlaysiz

Hardoim ko’ngilochar dasturlar ko’raversangiz siz o’zingizda o'sish va rivojlanishga ishtiyoq topishingiz qiyin bo’lib qoladi. Har kuni haqiqatan ham foydali bo’lgan narsaga 15 daqiqadan ajratishni qoida qilib oling. Masalan horijiy tilni o’rganing yoki kitob o’qing. Shundagina, siz yangi g’oyalar topishni va o’sishni boshlaysiz. 

Bu sizga professional tarzda o’sishga imkon beradi

Muntazam ravishda qilingan ish vaqti kelib asabga tegishi mumkin. Bunday bo’lmasligi uchun siz mutaxassis ravishda o’sishingiz zarur. Turli xil konferentsiyalarga boring,hamkasblaringiz bilan ishingizdagi yangiliklar haqida suhbatlashing,kasbingizga oid adabiyot o’qing. Bu sizga nafaqat mansab pog’onasida ko’tarilish, balki ishtiyoqni yoqotmaslikka ham imkon beradi.

Siz qiziqarli inson bo’lasiz

Qanchalik dunyoqarashingiz keng  va bilimlaringiz chuqur bo’lsa, shunchalik qiziqarli suhbatdoshsiz. Siz o’z ijtimoiy doirangizni kengaytirib, qiziqarli insonlar uchratishingiz mumkin.

 Siz zerikishni yengasiz

Odatda,bo’sh vaqtingizda siz nimalar bilan shug’ullanasiz?  Faqat yotasiz va zerikasizmi? Tinmay ta’lim olishni odat qilsangiz buni hammasi o’zgarishi mumkin. Biror bir mavzuga qiziqish, nafaqat mansabda, balki kundalik hayotda ham, o’zingizni maqsadga erishuvchanligingizni his qilishga yordam beradi.

Ish va shaxsiy hayot o'rtasida muvozanatga erishasiz

Sizni professional faoliyatingizdan tashqari qiziqishingiz bo’lsa, ishdan bo’sh vaqtingizda ichingizda bo’shliqni his qilmaysiz. Ish faoliyatni o’zgartirish va hissiy yengillashish sizga o’zingizni tetik his qilishingizga va bir xillikdan zerikmaslikka yordam beradi.

Bu sizni so’glig’ingizga foydali

Aqliy faoliyat hotira va miya ishlashi bilan bog’liq bo’lgan turli xil muammolarni kechiktirishga imkon beradi. Ayniqsa, bu Altsgeymer kasalligi bilan bog’liq.Sog’liq hayot tarzingiz bilan chanbarchast bog’liq. Shuning uchun, nafaqat sizning mansabingiz balki farovonligingiz bilan bog’liq bo’lgan avzalliklarni hisobga olgan xolda, yangi narsa organishni kechiktirmang.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook