O’t qopining yaxshi ishlashi va jigarning tiklanishiga xizmat qiluvchi mahsulotlar
O’t qopining yaxshi ishlashi va jigarning tiklanishiga xizmat qiluvchi mahsulotlar
Ushbu maqolada ovqat hazm qilish tizimi haqida gap boradi. Ovqatni hazm qilib, ozuqa moddalarini parchalaydigan fermentlarni shlab chiqaradigan ichki bezlar – bu oshqozon osti bezi va jigardir.
Jigar o’t ishlab chiqaradi, oshqozon osti bezi esa – pankreatik amilaza va lipaza ishlab chiqaradi.

Mazkur organlarni tartibda saqlab turish uchun ba’zan kerakli mahsulotlarni iste’mol qilishning o’zi kifoya (“zararlilari” ni iste’mol qilmagan holda). Jiddiy muammoingiz bo’lmasa, bu narsa albatta o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.

Turshak va meva qoqilari

O’rta Osiyo xalqlari turli mevalarning qurigan qoqisidan kompot tayyorlab ichishga yoki ularni shunchaki yeyishga odatlangan. Chunki ularning tarkibida bizning organizmimiz uchun zarur bo’lgan vitamin va mikroelementlar mavjud.

Turshak yurak uchun foydali bo’lgan kaliy, yo’g’on ichak uchun foydali bo’lgan kletchatka, biq qancha vitaminlar hamda oshqozon osti bezining ishini yaxshilab, jigar faoliyatini tiklashga xizmat qiluvchi temir moddasiga boydir.

Qovoq bo’tqasi

Qovoqning foydali xususiyatlari haqida ortiqcha ta’kidlashning xojati yo’q. U eng foydali sabzavotlardan biri bo’lib, deyarli barcha narsada yordam beradi, shu jumladan jigar va oshqozon osti bezi ishining profilaktikasi sifatida ham.

Qovoq turli xil o’simtalar, yallig’lanish va yaralarga qarshi samarali ta’sir ko’rsatadi.

Dengiz karami

Dengiz karami bir tarafdan parhezli mahsulot bo’lib, jigarni tozalaydi, ikkinchi tomondan qalqonsomon bez uchun zarur bo’lgan yod moddasiga boy bo’lib, oshqozon osti beziga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, sog’lig’ingiz bilan bog’liq qandaydir muammo paydo bo’lgan bo’lsa, avvalambor davolovchi shifokoringizga uchrashishingiz lozim, chunki Sizning vaziyatingizda u davolash bo’yicha to’g’ri maslahatlar beradi. Mazkur foydali mahsulotlarni esa profilaktika maqsadida hamda terapevtik davolashga qo’shimcha ravishda iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook