Oddiy tuzning noodatiy qo’llanilish usullari
Oddiy tuzning noodatiy qo’llanilish usullari
Oshxonada tuzdan-da ko’proq ishlatiladigan mahsulotni topish mumkinmi? Biz uni ba’zida sezmay ham qolamiz, bormi bor- foydalangach, unutamiz. Pazandachilikdan tashqari uni yana nimalarda ishlatish mumkin? Aniqlanishicha, undan ko’pgina narsalarda foydalanish mumkin ekan!

Shunday ekan, tekshirishni oshxonadan, aniqrog’i sovutgichdan boshlaymiz! U yerda tuhumlarni ko’ryabsiz, ammo ular qachondan beri turganini bilmaysizmi? Tuxumlarni o’ta sho’r suvga soling. Eski tuxumlar suv ustiga suzib chiqadi, yangilari esa suv tubiga cho’kadi.

Pishloqni sovutgichda uzoq muddat, mog’or bostirmay saqlashni istaysizmi? Shuinchaki pishloqni tuzli suvga chayilgan dokaga o’rang.Yoz kunlarida dasturxonda qolib ketgan sariyog’ qay holatga kelishini bilasizmi? To’g’ri, u erib, nohush bo’tqasimon ko’rinishga ega bo’ladi. Agar sariyog’ni tuzli suvda chayilgan qog’oz sochiq bilan o’rab qo’ysangiz, u erib ketmaydi.

Quvurish paytida yog’ sachrashi sizga tanish holatmi? Bunday holatda qizib turgan yog’ga biror mahsulotni solishdan avval unga ozgina tuz soling. U ortiqcha suyuqlikni tortib oladi va masalliq solingan payt yog’ sachramaydi.

Biror nima pishirmoqchimisiz? Agar qolip ostiga ozina tuz sepilsa, pechenielar kuyib ketmasligidan habardormisiz?!

Bir chimdim osh tuzi shokolad, qahva va tort uchun tayyorlanayotgan kremning ta’mini yanada yaxshilashini, tuhumlar tezroq ko’pirishiga yordam berishini va sutni achib qolishidan saqlab qolishini bilasizmi? Sut haqida aytadigan bo’lsak, u biroz kuyganda mazasini yaxshilaydi. Shunchaki sutga ozgina tuz qoshib, soviting. Agar sut toshib ketsa, gaz plitasiga tuz seping, shunda kuygan isdan halos bo’lasiz.

Bizning bu “yordamchimiz” baliq taomlarini hush ko’ruvchilarga ham asqotadi. Agar baliqdan suv o’tlarining hidi kelayotgan bo’lsa, uni tuz aralashtirilgan muzdek suvda yuvish kerak. Agar baliq tayyorlanishidan avval 5-10 daqiqa tuzlab qo’yilsa, tuz singadi va qovurilayotgan baliq uvalanib ketmaydi. Silliq baliqni tozalash oson bo’lishi uchun qo’llarni sho’r suvga tiqib olish kifoya.

Qo’ziqorinni hush ko’ruvchilarga kichik sirni ochamiz. Agar quritilgan qo’ziqorinlar biroz tuzlangan suvga bo’ktirilsa, ular yangiday ko’rinishga ega bo’ladi.

Endi oshxonani tartibga keltiramiz. Agar tayyorlayotgan taomingizni gaz plitasida unutib qoldirgan bo’lsangiz, kastryulka yoki tovaga tuz seping. Bu sizning unutuvchanligingiz oqibatlarini osongina tozalaydi.

Shuningdek, tuz stol va idishlarni suvdan qolgan oq dog’lardan tozalaydi. Buning uchun 1 oshqoshiq tuzni 1 choyqoshiq o’simlik yog’i bilan aralashtiring.

Oshxona gubkalarini biroz tuzli suvga bo’ktirib, yangilash mumkin.

Nohush hidlarga keladigan bo’lsak, sovutgichdagi ushbu hidlarni ketkazish uchun tuz va soda aralashmasidan foydalaning. Tuz dolchin bilan aralashtirilsa, mikroo’lqinli yoki gaz pechidagi hidlarni ketkazishi mumkin.

Uydagi havoni yangilamoqchimisiz? Apelsinni ikkiga bo’lib, ikkala bo’lakka ham tuz seping.

Oshxonani ham tozalab bo’ldik, endi uy yig’ishtirish, kir yuvish va tozalashga o’tamiz! Biror misdan yasalgan buyumni yaltiratib tozalash uchun tuz, un va sirkadan bir hil miqdorda solib, tayyorlangan pastadan foydalanish mumkin. Buning uchun pastani biror metal buyumga yaxshilab surtib, so’ng artib tashlanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook