Pardoz qilgan harbiylar: Dunyodagi qaysi mamlakatlarda ayollar armiyaga chaqiriladi?
Pardoz qilgan harbiylar: Dunyodagi qaysi mamlakatlarda ayollar armiyaga chaqiriladi?
Zamonaviy qizlar jamiyatda yigitlar bilan teng huquqli bo‘lishni istashadi. Ammo, bunday tenglik ayrim mamlakatlarda kutilmagan oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Dunyoda shunday davlatlar ham mavjudki, bu yerdagi ayollar va qizlar ham qurolli kuchlar safida harbiy xizmat qilishga chaqiriladi.

Isroil - 18 yoshdagi chaqiruv

Ushbu mamlakatning ko‘chalarida harbiy libos kiyib olgan va qo‘liga qurol tutgan qizlarni uchratishingiz tabiiy holat. Gap shundaki, Isroil mamlakatdagi harbiy vaziyat tufayli qizlarni ham harbiy xizmatga chaqiradi. Buning uchun ularning yoshi 18 ga to‘lgan bo‘lsa kifoya.

Ammo, ularga bo‘lgan talablar nisbatan qulayroq. Agar qizlar 18 yoshga to‘lgunlariga qadar turmushga chiqqan bo‘lsalar, fuqaroning diniy e’tiqodi bunga yo‘l bermaydigan bo‘lsa, harbiy xizmatdan bosh tortishi mumkin. Isroilda yashovchi arab qizlari armiya safida xizmat qilishmaydi. Bundan tashqari, yigitlar 36 oy davomida harbiy xizmatda bo‘lsalar, qizlarda majburiy xizmat muddati 21 oyni tashkil qiladi.

Isroil ayollarining 30% i armiya tarkibida xizmat qiladi. Ularning odatiy kunlari harbiy o‘quv muassasalaridagi o‘qish jarayonini yodga soladi. Qizlarga xizmat davomida o‘z uylariga borish va yaqinlaridan xabar olib kelish uchun ruxsat beriladi, kerakli pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi, oliygohga kirishda ham ma’lum imtiyozlarga ega bo‘ladilar. 

Shimoliy Koreyaning dahshatli tartiblari

Ushbuyopiqmamlakatdagi ayrim qoidalar haqiqatan inson vahmini keltiradi. Odamlar harbiy xizmatda yillab qolib ketishlari mumkin. Erkaklar uchun xizmat qilish muddati 10 yil, ayollar uchun esa 7 yilni tashkil qiladi. Ushbu mamlakat o‘ta sirli vayopiq bo‘lgani uchun ham qizlarning qurolli kuchlar tarkibida qanday xizmat qilishlariga oid ma’lumotlar deyarli mavjud emas. 

Norvegiya - to‘laqonli gender tengligi

Norvegiya hukumati 2014 yildan boshlab ayollarni ham erkaklar bilan teng huquqli ekanliklarini isbotlash maqsadida ularni armiyaga chaqira boshlagan. 2016 yildan esa qurolli kuchlar safida xizmat qiluvchi xonimlar soni ko‘paydi. Eng qizig‘i, bu yerdagi harbiy yigit va qizlar umumiy kazarmalarga joylashtiriladi. Mamlakat ayollari harbiy xizmatga bajonidil yo‘l oladilar, bu yerda harbiylarga har kuni eng kamida 15 dollardan maosh to‘lab boriladi, insoning jismoniy va ruhiy chidamliligi oshiriladi.

Shuningdek, dunyodagi yana bir qator davlatlar, jumladan Kuba, Peru, Tayvan, Malayziya, Xitoy, Liviya, Rossiyada ham ayollar va qizlar harbiylar safida xizmat qilishadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook