Pazandalikka ihlosmandlar uchun kichik ayyorliklar
Pazandalikka ihlosmandlar uchun kichik ayyorliklar
Uyni doimiy ravishda toza saqlashda va pazzandalik bobida har bir bekaning o’ziga yarasha sir-u asrorlari bo’ladi. Aynan shular haqida biz siz uchun yana bir nechta tavsiyalar beramiz. Ahir xonadonning fayzu barakasi bekalarning amalga oshirayotgan ishlari bilan belgilandi. Maslahatlarimiz bilan tanishib chiqing.

1.       Agar guruch o’zining oq tusini yo’qotishini istamasangiz, qaynatayotgan chog’ingizda unga biroz sirka qo’shib yuboring.

2.       Marinadlangan go’shtga yangicha ta’m bag’ishlash uchun unga ta’bga ko’ra tuz, murch va uzum sharbati qo’shib yuboring.

3.       Agar pishirayotgan pirogingiz ustki qismi biroz kuysa, unga nam qog’oz qo’ying.

4.       Jigarni tayyorlash jarayonida tuzlamang, aks holda u qotib qoladi. Uni faqatgina pishishiga ozgina qolgan paytda tuzlang.

5.       Bulyon tayyorlash uchun unga muz parchasini solib qaynatsangiz, u tiniq ko’rinishga ega bo’ladi.

6.       Qaynayotgan loviya qorayib ketmasligi uchun idishning qopqog’ini ochiq qoldiring.

7.       Qaynatilgan tuxumni  kesayotgan paytingiz maydalanib ketmasligi uchun o’tkir pichoq tig’ini iliq suvga botirib olish kifoya.

8.       Tayyorlayotgan taomingizga o’ziga xos maza bag’ishlash uchun, biroz limon sharbatiga ozgina tuz solib, taomga qo’shib yuboring.

9.       Tayyorlagan qiymangizning mazasi yanada lazzatli bo’lishi uchun uning ichiga piyoz, ozgina qovurilgan piyoz va kam miqdorda kartoshka solib yuboring.

10.       Baqlajondagi achchiq ta’mni yo’qotish uchun uni mayda bo’laklarga bo’ling va ustidan tuz sepib, biroz muddatga sovuq suvga solib qo’ying.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook