Qanday qilib suzishni o‘rganib olish mumkin?
Qanday qilib suzishni o‘rganib olish mumkin?
Zamonaviy ayollar, odatda, suzishni bilmagan erkak kishiga nisbatan andisha bilan qaradi, chunki pul topish qobiliyati suzishni bilishdan ko‘ra qadrliroq. Shunga qaramasdan, ba’zi hollarda suvda suzish mahorati, yoki hech bo‘lmaganda ko‘nikmasining yetishmasligi voyaga yetgan yoshdagi erkaklar uchun noqulayliklar keltirib chiqaradi. Shuning uchun, hatto katta yoshdagi erkaklar ham gohida suzishni o‘rganish to‘g‘risida o‘ylanib qolishadi.

Kattalar uchun suzishni o‘rganish

Bir qator hollarda, cho‘kib ketish qo‘rquvi har bir odamning mustaqil suzishiga xalaqit beradi. Aslida, suv tanani ushlab turadi, axir. Biroq, tana qo‘rquv qushovida bo‘lgunicha, suzishni o‘rganib olish juda ham qiyin. Suzishni o‘rganayotgan kishi dastlab o‘z tanasini suv yuzasida erkin yotishi mumkin ekanligiga “ishontirishi” kerak. Bunday mashg‘ulotni yozda kichikroq ochiq suv havzasida o‘tkazish mumkin. Qo‘rquvni unutish zarur, biroq shuni doim esda tutingki, ehtiyotkorlik choralari uchun ochiq suv havzasi shubhali, chuqur va tez oqimli bo‘lmasligi, boshqa odamlardan uzoqda joylashmagan  bo‘lishi shart! Bunda cho‘milish kiyimi va suzish ko‘zoynagini taqib olgan yaxshiroqdir: tahminan ko‘krak sathigacha suvga kiring; nafasini tiyib, oyoqlarni tortib olgan holda bosh bilan shung‘ing va kafolat uchun ikkala oyoqni qo‘lingiz bilan quchoqlab olishingiz kerak; suvning chindan ham tanani ushlab turishi va tana yuqoriga suzib chiqishini his qilish juda muhim; havo tugaganidan keyin dastlabki holatga qaytish kerak.

Kattalar hovuzda suzishni qanday o‘rganib olsa bo‘ladi

Hovuzning chuqurligi taxminan ikki metr va undan ko‘proq bo‘lishi kerak, shunda oyoqlaringiz pastga tegmaydi. Suzish uchun ko‘zoynaklar taqib olgan afzalroq. Katta yoshdagilar suzishni mustaqil o‘rganib olishi to‘laligicha mumkin bo‘lgan narsa. Ammo, ehtiyotshart, yaqin atrofda qutqaruvchi bo‘lgani yaxshiroq. Suzishni biladigan tanishingizning yordami juda maqbul bo‘ladi. Tasodif tufayli suvga bo‘kkandan ko‘ra xavfsizlik choralarini ko‘rib qo‘ygan yaxshiroqdir. Suzishni bilmaslik faqatgina cho‘kish qo‘rquvi emas, u yoki bu xizmatlari tufayli baland hurmat-ehtiromga ega bo‘lgan katta amakilar, uning qo‘lidan mutlaqo hech narsa kelmaydigan vaziyatda bo‘lib qolishiga to‘g‘ri kelish ehtimoli bilan bog‘liq psixologik sabablar hamdir. Ushbu psixologik to‘siqni bardosh bilan yengish katta odam bilan birga bolalarni ham chuqurdan qo‘rqmaslik imkonini beradi. Suzishni o‘rganib olish uchun suzishni boshlash, buning uchun esa suvga kirish kerak, axir. 

Birinchi mustaqil suzishni qanday bajarish kerak

Mustaqil suzishni o‘rganishdagi birinchi o‘zlashtirilib olinishi shart bo‘lgan ko‘nikma - to‘g‘ri nafas olishdir. Oyoqlar tubga yetmasligi uchun chuqurlik kerak bo‘ladi. Qo‘llar bilan yon devordagi trubani ushlab turish kerak, tana vertikal holatda turadi.

Chuqur nafas olgan holda, qo‘lni yon devor trubasidan uzmasdan, suv ostiga tushish vashu vaqtning o‘zida og‘iz bilan nafasni chiqarish kerak. Bu mashqni yaxshilab his etish uchun uni ko‘proq bajarish kerak. Dam olish paytida suzishni bilganlarni kuzatish foydali bo‘ladi. Keyinchalik chekka bo‘ylab harakatlangan holda ularning harakatlarini qaytarishga urinib ko‘rish kerak. Eng yaxshisi brass suzish usulini taqlid qilish - bunda qo‘llar avval oldinga harakat qilib va keyin yumaloq harakatlarni bajaradi. Harakatlar qanday chiqishidan qat’iy nazar chiqqanicha chiqaversin. Eng asosiysi - kichik bo‘lsada o‘ziga ishonch hosil qilish va sal bo‘lsa ham siqiqlikdan holi bo‘lish. Albatta, avvaliga bu biroz qo‘rqinchli tuyuladi va o‘zining epsizligi tufayli uyalish hissi qiynaydi. Boshqa tomondan, kattalar uchun suzish mashg‘ulotini yana qanday o‘tkazish mumkin?

O‘rganish jarayonida o‘ziga nisbatan ishonch hosil qilish uchun, yon devor tomonida nafasni suvning ichiga chiqarishni ko‘proq mashq qilish kerak bo‘ladi. Bu o‘ta zerikarli bo‘lsa ham buni o‘rganib olish shart, chunki o‘rganuvchi keyin o‘zi suzishga harakat qilgan paytda burunga suv kirib qolsa yoki tasodifan suv “yutish” holati yuz bersa, kuchli vahima bo‘lmaydi. Odatiy holdagidek shung‘ib, o‘zini yengil tutib tinchlangan holda avval o‘rgangandek nafasni chiqarish, keyin suv yuzasiga suzib chiqib tinchgina nafas olish kerak. Dastlab, suzishingiz mumkin bo‘lgan masofa kichik bo‘ladi - 2-4 metr. Uni oshirish uchun boshni suvga tushirish va ayni vaqtda qo‘llaringiz va oyoqlaringiz bilan to‘g‘ri harakat qilish qobiliyatini birlashtirishingiz kerak. Buni amalga oshirish uchun yon devor yonida bo‘la turib quyidagi mashqlarni bajarish foydalidir: qo‘llaringizni oldingizga uzatib tekislagan holda nafas oling; boshingizni suv ostiga tushiring; oyoqlaringiz bilan yengilgina itariling; go‘yo brass ususlida suzayotganday qo‘llaringizni ikki tomonga suring, har bir qo‘l o‘ziga tegishli tomonga qarab harakatlanishi kerak, huddi "haqiqiy" suzuvchilardagi kabi. Qo‘llar bilan harakatlanayotganda boshingizni ko‘taring va nafas oling. Bu payt oyoqlar bir oz egilib, qo‘llar old tarafga cho‘zilgan. O‘pka havo bilan to‘ldirilgach, bosh bilan yana suvga shung‘ib, oyoqlar bilan itarib, qo‘llar eshkak bilan quloch otganday harakat qiladi. Kattalarni qisqa masofaga suzish aynan shunday o‘rgatiladi.

Hovuzni suzib o‘tishni o‘rganish

Shoshilish kerak emas, chunki barcha harakatlar to‘g‘ri amalga oshirilgan bo‘lsa ham, shoshqaloqlik nafasning adashib ketishiga olib keladi va kerakli masofaga suzib borishning imkoni  bo‘lmaydi. Yaxshisi qo‘llar va oyoqlarning to‘g‘ri ishlashiga e’tibor qaratishdi, chunki bosh bilan shung‘ish va suv ostida nafas chiqarish ko‘nikmasi bu vaqtgacha yaxshilab egallab olingan bo‘lishi kerak. Sekin-asta boshingizni suv ostiga tushirmaslikni o‘rganing, shunda u sirtda imkon qadar uzoqroq qoladi. Natijada, tez orada mustaqil suzish va hovuzning qarama-qarshi tomoniga yon devor oldida to‘xtamay yetib olish imkoni paydo bo‘ladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook