Qanday qilib uy sharoitida pardoz vositalarini tayyorlash mumkin?
Qanday qilib uy sharoitida pardoz vositalarini tayyorlash mumkin?
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi natijasida biz uy sharoitida o’z qo’limiz bilan kosmetik vositalarni osongina tayyorlash usullarini unutib qoydik, tibbiyotda esa katta o’pirilish bo’ldi, ayniqsa kosmetologiya sohasida.

Bozorda yoshartiruvchi niqob, bir marta ishlatilgandanoq yoshligingizga qaytarishga ishontiruvchi, mo’jizali kremlar, sochlarga surtish bilanoq “tezlikda o’sib ketuvchi” balzam va niqoblar taklif qilinmoqda. Bularning hammasi shunchaki emas! Chiroyli idishlarning ichida ko’p hollarda kimyoviy aralashmalarda boshqa narsa yo’q. Bu kabi mahsulotlardan foyda bo’lishi gumon. Shunga qaramay, terining tarangligi va sochlarning jilosini saqlab qolishni judayam xohlaysan kishi.

Bunda o’tmishga kichik nazar tashlash bilan yordam berish mumkin. Yosh va go’zal ko’rinishga keltiruvchi zamonaviy pardoz mahsulotlarisiz ham o’tmishda ayollar go’zal ko’rinishlarini saqlab qolishni uddalaganlar.

·      Uy sharoitida badan va yuz uchun suli yormasidan tabiiy skrab tayyorlash mumkin. Suli yormasini suvga yoki sutga aralashtirsangiz yanada yaxshiroq bo’ladi.

·      Ertalabki bir finjon qaxva nafaqat tetiklashtiradi, yuz terisini ham tartibga kelrtiradi. Bunda qaxva yanchilgan bo’lishi kerak.

·      Ichilgan sharbatning quyqumiga uzum danagi yog’ini yoki bo’lmasa zaytun yog’i, choyqoshiq asal bilan aralashtirsangiz ajoyib hushbo’y hidli skrab xosil bo’ladi. Bu skrab, yuz va badanni nafaqat tozalaydi, balki ajoyib namlantiruvchi hususiyatga ega.

·      Qo’lingizda umuman hech narsa bo’lmagan taqdirda ham oddiy usulda, tarkibida faqat shakar bo’lgan yog’siz Smetana va yogurtdan skrab tayyorlash mumkin.

O’tgan yuz yilliklarda ayollarning o’ziga xos g’ururi, bu sochlari bo’lgan.

Eski, qadimgi rassomlar tomonidan ayollarning sharsharadek uzun sochlari chizilgan rasmlarni tomosha qilib ham buni bilish mumkin. Ular qanday qilib, sochning go’zalligini va rangini saqlab qolishgan? Bu holda ham tabiatga murojat qilingan.

Chakamug’ – yoshartiruvchi va sochning jilosini saqlab, mustaxkamlashda, to’kilishini oldini olishda birinchi o’rinda turuvchi o’simlik.

·      Chakamug’ yog’ini xohlagan dorixonalardan topsangiz bo’ladi. Bu niqobni haftasiga 4 – 5 martadan qilinganda yaxshi natijaga erishasiz.

·      Agar sochlaringiz ortiqcha yog’li bo’lsa, sochlaringizni yuvib bo’lgach, eman daraxti po’stlog’i damlamasi bilan chayib tashlang. Bunday damlama nafaqat sochlarning jilosini saqlaydi, balki ildizini mustaxkamlashda ham yordam beradi.

Mana shunday oddiy usullar yordamida uyda, o’z qo’lingiz bilan foydali pardoz vositalarini tayyorlashingiz mumkin. Ona tabiat bularning hammasini insonlar uchun o’ylab topgan. Ko’p hollarda bu kabi eng foydali pardoz vositalari, qimmatbaho kosmetik vositalaridan  ko’ra anchagina foydaliroqdir. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook