Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan
Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan
Bankokdagi ilohiy fil, Xakasiyadagi smetana bilan suritiluvchi tosh, zanglamaydigan ustun va boshqa xavfsiz variantlar.

Al-Kutubiya maqbarasi (Marrakesh, Marokko)

Al-Kutubiya maqbarasi (Marrakesh, Marokko)
Qayerda: Marrakeshdagi Muxammad V ning ko’chasi. Nimani so’rash: tilaklar ushalishini.
Marokkoda tilaklar deyarli har bir qadamda ushalishi mumkin: agar Marokko shaharlarida suv tashuvchini uchratsangiz, tilagingizni aytavering. Biroq Marrakeshda yana bir uslub mavjud. Odamlar bu yerda shaharning eng asosiy yodgorliklaridan biri bo’lgan, qadimiy Al-Kutubiya maqbarasi oldida tilaklarini aytishadi. Al-Kutubiyani XII asrda qurganlar. Ammo qurilish vaqtida mehrob Makka tomonga yo’naltirmaganligi aniqlandi. Buni eshitib jahli chiqqan sulton Abd-Al-Mumin, aynan uning hukmdorligi paytida qurilish boshlangan, arxitektorni qatl etishni buyurdi.
Boshqa bir afsona maqbarani bezayotgan oltin sharlarning kelib chiqishi haqida so’zlaydi. Aytishlaricha, RAmazon oyida ro’za vaqtida sulton xotinlarining biri gunoh qilibdi – uch dona uzum donasini yebdi. Tavba sifatida musulmon ayol barcha oltin taqinchoqlarini eritishga va ularda oltin sharlar yasab, minoraning cho’qqisiga qo’yishlarini so’raydi. Bugunda turistlar va mahalliy yashovchilar nomidan bajariladigan marosim aynan shu afsonaga taqaladi. To’linoy kechasiga turib, minoraning tagiga yuzingizni sharqqa qaratib turish lozim. Aytishlariga ko’ra, agar qandaydir daqiqada oyda sharlar aksini ko’rsangiz, tilagingizni aytishingiz mumkin. Ammo, tilak ushalishi uchun insonning niyatlari toza bo’lishi lozim.

Munajjimlar tumani (Yaffa, Isroil)

Munajjimlar tumani (Yaffa, Isroil)
Qayerda: Eski Yaffadagi Mifats Shlomo 1 ko’chasida joylashgan Ilohiy Pyotr ibodatxonasidan o’ng tomonga. Nimani so’rash: moliyaviy barqarorlik va tilaklar ushalishini.
Yaffa – dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri. Hozir u Tel-Avivning tumanlaridan biri hisoblanadi, qachonlardir esa mustaqil hudud bo’lgan. U haqidagi birinchi eslatmalar m.a. XVI asrlarga borib taqaladi. Hikoyalarga ishonganda esa, Noy o’z kemasini aynan shu yerda yasagan. Shu yerda havoriy Pyotrga ko’rinish kelgan, va shu yerdan payg’ambar Ionning sayohati boshlangan. Hozirda Yaffaning qadimiy qismida munajjimlar yo’lakchasi degan joy bor. Bu yerdagi ko’chalar munajjim belgilari nomlari bilan atalgan, va o’z tilagizgiz ushalishi uchun o’z belgingiz bilan nomlangan ko’chani topishingiz va u yozilgan taxtachaga qo’l tekkizishingiz lozim. Lekin, ba’zan, o’z belgingiz nomigacha yetib olish uchun ancha harakat qilishingizga to’g’ri keladi – ba’zilari ikki yarim metr balandlikda joylashgan.
Bundan tashqari, tilagingizni, dastalari munajjim belgilari bilan bezatilgan ko’prikda turib ham aytishingiz mumkin. Bu yerda ham xuddi o’sha ishni: o’z belgingizli plitaga qo’l tekkizish lozim.

Djulyetta haykali (Verona, Italiya)

Djulyetta haykali (Verona, Italiya)
Qayerda: Via Kapello 23, Verona, Italiya. Nimani so’rash: muhabbatni.
Asal oyini Italiyada o’tkazish ko’pgina sevishganlarning orzusidir. Ammo bu mamlakatga hali sevgi bobida unchalik omadi chopmaganlar ham borishlari mumkin. Ularga Veronadagi Djulyettaning uyiga boorish tavsiya etiladi, va uyning hovlisida Djulyettaning haykalini ko’rishlari mumkin. Odatga o’ra, bronzali Djulyettaning o’ng ko’ksika qo’l tekkizish lozim, o’shanda sevgi bobida albatta omadingiz keladi. BU odatga kam odam ishonmasligi aniq, chunki Djulyetta uyi Italiyaning eng ko’p tashrif buyuriladigan yodgorliklaridan biri hisoblanadi.
Hisoblanishicha, o’sha joyning o’zginasida Verona markazida Kapello oilasi yashardi, va aynan ular zamonaviy Kapulyeti oilasi misoliga aylandi. Uzoq vaqt davomida turistlar bu uy devorlarida ko’p sonli tilaklarni yozib qoldirishardi: kimdir qog’ozlarni saqich bilan yopishtirardi, kimdir graffiti chizardi. Ammo qandaydir vaqtda tilaklar shunchalik ko’paydiki, Verona hokimiyati devorlarni tozalashga qaror qilishdi. Shuning uchun endi Djulyetta muzeyiga rasman tashrif buyurib, tinch va sokin holatda unga xat yozib, sevgi borasiga omadni so’rsh mumkin. Yaqindagina esa Verona hukumati yangi xizmatni taklif qildi – zamonaviy Djulyetta balkonida to’y qilish. Bunday noan’anaviy nikoh uchun Verona fuqarolariga £600, Yevropa Birlashmasidan kelgan juftliklarga £200 ko’proq, va boshqa mamlakatdan kelgan sevishganlarga £1000 to’lashga to’g’ri keladi.

Suchjou ko’priklari (Xaynan, Xitoy)

Suchjou ko’priklari (Xaynan, Xitoy)
Qayerda: Suchjou, Buyuk Xitoy kanali, Xaynan qishlog’i. Nima so’rash: moliyaviy barqarorlik, omad, yaxshi ish.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook