Richard Brensonning omad formulasi
Richard Brensonning omad formulasi

Mashhur tadbirkor, ”Virgin Group” korporatsiyasining asoschisi Richard Brenson o‘z muvaffaqiyatlari haqida so‘zlar ekan, uni ”aqlliroq” bo‘lishga undagan iqtiboslarni tilga oldi. ”Yangilik qilish uchun hamisha o‘ylash usullarini mukammallashtirib borishimiz talab etiladi” deydi britaniyalik tadbirkor. Qolaversa u o‘zidagi serg‘ayratlikni saqlab turishga yordam beradigan eng sara iqtiboslarni ham keltirib o‘tgan.

”Hamma narsa inson ongidan boshlanib, aynan u bilan tugaydi. Hukmronlik taqdim qilgan narsangiz o‘z ustingdan nazorat qilishni boshlaydi” - Leon Braun.

            ”Agar biror narsa sizga yoqmayotgan bo‘lsa uni o‘zgartiring. Agar ushbu vaziyatni o‘zgartira olmasangiz, unga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish uchun harakat qiling”- Mayya Endjelou.

”Imkonsiz deb o‘ylaydigan ishlarni bajaring” - Eleonora Ruzvelt.

”Dunyoni keskin ravishda o‘zgartirish uchun sizga imkon bordek harakat qilishingiz kerak. Bu ishni muntazam ravishda bajarish lozim” - Anjela Devis.

”Donolik - hayratdan boshlanadi” - Suqrot.

”Daholik - chuqur ma’noga ega narsalarni oddiy qilib gapirishdir” - Charlz Bukovsiy.

”Empatiya va tasavvurdan foydalanish imkoni chegara bilmasligi lozim” - Emma Uotson.

”Yangi darslar kecha o‘rgangan narsalaringizga teskari bo‘lsa ham, ular uchun hamisha ochiq bo‘ling” - Ellen Dedjeneres.

”Men har doim qo‘limdan kelmaydigan ishni uni o‘rganib olish uchun bajaraman” - Pablo Pikasso.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook