Sevgining 5 bosqichi: Aksariyat juftliklar uchinchi bosqichda ayrilishadi...
Sevgining 5 bosqichi: Aksariyat juftliklar uchinchi bosqichda ayrilishadi...
Har bir munosabat, har bir muhabbat tarixida murakkab daqiqalar bo‘lishi tabiiy hol. Ammo ular umringiz so‘ngiga qadar davom etmaydi, tushunmovchiliklarni hayotingizning oxirigacha davom etishi mumkin emas. Aslida murakkabliklar muhabbatning ma’lum bir bosqichida paydo bo‘ladi. Ammo hamma juftliklar ham uni yengib o‘ta olishmaydi.

Bugun munosabatlaringizni yanada mustahkamroq bo‘lishi uchun yordam beradigan foydali ma’lumotlar bilan tanishib olishingiz va muhabbatingizning qaysi bosqichda ekanligini aniqlashingiz mumkin. 


Har qanday muhabbat, hattoki eng chiroyli va ehtirosli sevgi munosabatlari ham kun kelib qalbingizga ozor yetkazadi. Ayollar yorlarining bir vaqtlar juda chiroyli va aqlli bo‘lganini hotirlashadi, uning qanchalar qo‘pol va bee’tibor bo‘lib qolganidan tushkunlikka tushadilar... Erkaklar esa rafiqalariga nisbatan befarqlik hissini tuyishadi, munosabatlardagi jo‘shqinlik, mehr tushunchalari so‘nadi, hayot zerikarli tus ola boshlaydi. Bir zamonlar sohibjamol ko‘ringan ayolining asabiy va tajang bo‘lib qolgani, uning husnidan asar ham qolmaganini ko‘rib bosh chayqab qo‘yadilar...

 

Ko‘pchilik juftliklar munosabatlarning mana shu bosqichida ajrashishga qaror qilishadi. Bu holat birgalikda umr kechirish mobaynida, tanishuvdan o‘n yillar o‘tib ham sodir bo‘lishi mumkin. Og‘ir ayriliqqa duch kelgan paytda yana o‘sha muhabbatni izlash umidi paydo bo‘ladi. Ammo sevgi qayta uchragan taqdirda ham yana eski holat takrorlanadi. Buni esa o‘zgartirish mumkin emas... 

Agar erkak va ayol hodisalarni o‘z vaqtida tahlil qilib, barchasini nazorat ostiga olsa, o‘zini ham, yorini ham ayriliqdan asrab qolishi mumkin.

Har bir sevgi qissani 5 bosqichdan o‘tadi. Ulardan uchinchisi juda qiyin davr bo‘lib, ushbu bosqichdan o‘tib olgan juftlikdar haqiqiy muhabbatning nima ekanligini dildan his qilishadi. 

Birinchi bosqich. Telbalarcha muhabbat

Birinchi bosqich. Telbalarcha muhabbat

Ikki inson bir-biriga nisbatan mehr hissini tuygach, u asta-sekinlik bilan qiziqish va sevgiga aylanadi. Juftliklar bir-birlarini ko‘rmasa tura olmaydilar, miyani yor hayoli chulg‘ab oladi. Biologik nuqtai nazarda tanada turli gormonlar bosh ko‘taradi: dofamin, oksitotsin, serotonin, testosteron va estrogen gormonlari shiddat bilan ishlab chiqariladi. Aynan mana shu gormonlar qorishmasi insonda kutilmagan o‘zgarishlarni paydo qiladi: yurak avvalgidan tezroq ura boshaydi, nafas yetishmaydi, shodlik va tushkunlik holati ham keskinlashadi...

Inson o‘zini qanotlari bor odamday yengil his qiladi. Yor timsolida o‘zing orzulari va barcha umidlarini tasavvur qiladi. U bilan yorqin kelajak rejalarini tuzadi: barcha orzulari, istaklariga uning timsolini qo‘shib chiqadi. Tanani aql emas, muhabbat boshqaradi. Qanchalar g‘alati eshitilmasin,bu davrda inson sog‘lom fikrlash qobiliyatidan qisman mahrum bo‘ladi, ammo bu ayb yoki uyalish uchun sabab emas. Muhabbat insondagi eng kuchli emotsiyalarga sabab bo‘ladigan tuyg‘ulardan biri hisoblanadi. Shu sababli munosabatlarning birinchi bosqichida odam juda ta’sirchan bo‘lib qoladi. 

Ikkinchi bosqich: Juftlik tushunchasining shakllanishi

Ikkinchi bosqich: Juftlik tushunchasining shakllanishi

Muhabbatning mazkur bosqichida sevishganlardagi tuyg‘ular avvalgidan chuqurlashadi, ularda umumiy maqsadlar paydo bo‘ladi. Aksariyat holatlarda muhabbatning mazkur bosqichidagi juftliklar o‘z munosabatlarini oilava nikoh tushunchalari bilan mustahkamlab olishadi. Ular endilikda faqat o‘zlari haqida emas, farzandlarni dunyo keltirish, ularni tarbiyalash, mashina, uy sotib olish, yorqin kelajak barpo qilish va butun dunyoga o‘zlarining birbutun ekanliklarini ko‘rsatish uchun harakat qiladilar. Ushbu bosqichdagi juftliklar oddiygina sevishganlar emas, jamiyatning bir bo‘g‘ini - oilani tashkil qiladi.

Ikkinchi bosqichda bo‘lgan juftliklar birgalikda o‘tkazilgan baxtli lahzalar, bolalarning dunyoga kelishi, umumiy maqsadlarga yetishish, yutuqlardan lazzatlanish bilan band bo‘lishadi. 

Ammo muhabbat avvalgidek butun tana ustidan hukmronlik qila olmaydi. Shunga qaramasdan juftliklar o‘zlarini avvalgidan ko‘ra ko‘proq bog‘langandek, o‘zaro yaqinroq insonlar sifatida his qiladilar. Shiddatli tuyg‘ular sokinlashadi, munosabatlarda tushunish, umumiylik va hurmat birinchi o‘ringa chiqib qoladi. 

Juftliklarning har ikkisida ham himoyalanganlik, tartiblilik va ishonch tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. Aksariyat sevishganlar ushbu bosqichda tuyg‘ularning avvalgidek qiziq va shiddatli emasligidan, hayot zerikarli bo‘lib qolganidan afsuslanadilar. Muhabbat barqaror ko‘rinish oladi, qanchalik urinmang, u avvalgidek shiddatli va qiziqarli bo‘lmaydi, yurak ham birinchi bosqichdagi kabi tez urmay qo‘yadi. 

Uchinchi bosqich: Ko‘ngil qolishi

Uchinchi bosqich: Ko‘ngil qolishi

Albatta, har bir juftlik oila qurish, munosabatlar o‘rnatish oson ish emasligini juda yaxshi biladi, ammo uchinchi bosqich ularga kutilmagan "sovg‘a"lar hozirlaydi. Ular yorlarining tashqi ko‘rinishlaridan ham, yurish-turishlaridan ham ayb topa boshlashadi, avval ko‘rinmagan kamchiliklar mazkur bosqichda yuzaga chiqadi. Kutilmagan bir paytda tasavvuringizdagi mukammal yoringiz - sanoqsiz nuqsonlarga ega odam ekanligini tushunib qolasiz. "Balki uni sevmagandirman?" deya o‘zingizga savol berishingiz ham mumkin. Aynan mana shu yerda ko‘plab juftliklar ajrim qaroriga kelishadi.

Ikki tomon ham nikohdan qoniqmaslik hissini tuyadi, turmushdagi tashvishlar holdan toydiradi. Kishi bir zamonlar o‘zi sevgan insonga nisbatan nafrat hissini tuyadi. 

Kichik muammolar sababli katta janjallar boshlanadi, bu esa ish va bolalar tarbiyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

 Juftliklar o‘zlarini baxtsiz his qilganlari sababli ham ushbu bosqichga bardosh bera olmay butun umrga xayrlashadilar. Aslida bu har bir munosabatda kuzatiladigan odatiy holat. Mazkur pallaga qarshi bardosh berishning yagona usuli - sabr bilan kutishdir. Yo‘qsa, oila barbod bo‘ladi, farzandlar esa to‘laqonli baxt nima ekanligini his qila olmay ulg‘ayadilar. 

To‘rtinchi bosqich: Mustahkam muhabbat

To‘rtinchi bosqich: Mustahkam muhabbat

Uchinchi bosqichdagi barcha to‘fonlar tinib, sinovlar yengilgach, juftlik qaytadan bir-biriga ishona boshlaydi. Ular birgalikda barcha hodisalarni tahlil qiladilar, bunga ongli ravishda nazar tashlay boshlashadi.

To‘rtinchi bosqichdagi juftliklar orasida muhabbat avvalgidek shiddatli emas, ularni bir-birini tinglayotgan ikki ruhshunosga qiyoslash mumkin. Aslida barchasi mana shunday bo‘lishi ham kerak: zotan, ushbu bosqichdagi juftliklar bir-birlarini so‘zsiz tushuna boshaydilar. Buni esa mustahkam oila deb hisoblashadi. 

Ushbu pallaga kelib, insondagi xudbinlik yo‘qoladi. O‘zaro bog‘liqlik chuqurroq tus olib, juftingizni sevishgina emas, uning qalbidagi yaralarga malham bo‘lish kerakligini ham his qila boshlaysiz. 

Ushbu bosqichdagi juftliklar janjal ko‘tarishmaydi, munosabatlarni qanday himoya qilish kerakligini yaxshi tushunib olgan bo‘lishadi. 

Beshinchi bosqich: Chin muhabbat

Beshinchi bosqich: Chin muhabbat

Chin muhabbat tushunchasi aynan mana shu bosqichda hayotingizga kirib keladi. Shu kunga qadar boshdan kechgan inqirozlar o‘tmishda qoladi. Muhabbatingiz qanchalar kuchli ekanligini isbotlay olganingiz uchun hayotdan qoniqish hissini tuyasiz. 

Bunday juftliklarga qaragan odamlar ulardan ilhom olishadi, ularning donoligi, hotirjamligi o‘zgalarga ham quvonch bag‘ishlaydi. Ular o‘z farzandlari, nabiralariga oila mustahkamligi sirlarini o‘rgatishadi. Chin muhabbatning nima ekanligini qalban his qilishadi...

 

Muhabbatingiz abadiy bo‘lsin... Hech qachon yengilmang! Siz chin muhabbatga albatta erishasiz!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook