Sirivannavari Nariratana: Tailandning go’zal malikasi haqida
Sirivannavari Nariratana: Tailandning go’zal malikasi haqida
Sirivannavari Nariratana – Tailand malikasi, 1987 – yilning 8-yanvar kuni qirol Rama X va Sudjarini Vivacharavongse oilasida dunyoga kelgan. 2005 yilda badminton bo’yicha Janubi-Sharqiy Osiyo chempioni bo’lgan, 2017-yilda ot sporti bo’yicha Janubi-Sharqiy Osiyo o’yinlari kumush medalini qo’lga kiritgan.

Malikaning 4ta akasi bor. Sirivannavarining ota-onasi 1994-yilda turmush quradilar, ammo oradan ko’p o’tmay, ajrashib ketishadi. Qirol o’z rafiqasi va bolalarini oliy unvonlardan mahrum qiladi. Malika ajrimdan so’ng onasi va akalari bilan Angliyaga kelgan va shu yerda yashagan.

Ammo otasi tez orada qizini Tailandga qaytarib olib keladi. Sirivannavari bobosi-qirol Rama IX buyrug’iga ko’ra, malika nomini qaytarib oladi.

Qiz Bangkokdagi san’at fakultetiga o’qishga kiradi va 2008 yilda bu o’qishni “Moda va  tekstil” yo’nalishi bilan tamomlaydi. Keyin esa Christian Dior, Balmain, Salvatore Ferragamo, Georgio Armani, Bulgari modalar uyida malaka oshirdi.

2007-yilda malika fransuz modeleri Perr Balmendan Parijdagi modalar namoyishida qatnashish taklifini oldi. Uning ilk kolleksiyasining nomi “O’tmish jilolari” bo’lgan. Qiz o’z liboslarida Tailand kiyimlariga zamonaviy ko’rinish berishni uddaladi.Oradan bir yil otib, Parijda shaxsiy kolleksiya namoyishi bo’lib o’tdi.

2008 –yilda malika “Forbes” jurnali versiyasiga ko’ra, qirollik oilalari vakillari orasida eng chiroyli insonlar reytingining 16-o’rnini band etdi. 

Sirivannavari badmintondan tashqari ot sporti va velosport bilan ham shug’ullanadi. 2013 yilning sentyabr oyida u fransuz chavandozlar maktabida ot sporti bo’yicha murabbiylik sertifikatini olgan.

Malika o’zining shaxsiy hayoti tafsilotini birovga oshkor qilishni yoqtirmaydi. Paparatsiyalar faqatgina bir marta Roland-Garros tribunalarida qizni ko’rkam yigit bilan ko’rishgan. Ammo uning kim ekanligi sirligicha qolgan.

“Men qirollik ma’suliyati nima ekanligini yaxshi bilaman. Zimmamda ana shu ma’suliyat, shaxsiy ishlarim yuki bor. Do’stlarim va boshqa muhim insonlar bilan uchrashaman. Bu men uchun kundalik yumushlarning bir qismi. Ammo ushbu uchrashuvlar hashamatli davrada o’tmaydi. Qayerda bo’lishimdan qatiiy nazar Tailandlik qiz ekanim hamisha yodimda”, deydi malika.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook