Siz qanday yostiqni tanlaysiz?
Siz qanday yostiqni tanlaysiz?
Xayotimizdagi muhim o'rinlardan birini kasb etuvchi yostiqlar notog'ri tanlangani bois ayrim hollarda boshda og'riq hosil qilishi mumkin ekan. Ma'lumotlarimiz orqali yostiq haqida bilmaganlaringizni bilib oling.

Yostig'ingiz juda katta va o'ta yumshoq bo'lsa demak sizning boshingiz aynan shu sababli ham og'riyotgan bo'lishi  mumkin. Yumshoq yostiq aslida juda qulay tuyilishi mumkin, biroq u umurtqa pog'onasi qiyshayishiga sabab bo'ladi. Mutaxassislar ayrim umurtqa pog'onasida kamchiligi bor shaxslarga qattiq to'shak va yostiqda uhlashni tavsiya qilishadi. 

Siz qattiq yostiqdan foydalanib burun pardevoridagi turli hil yallig'lanishni oldini olishingiz mumkin. Bunga misol qilib lo'la yostiqni ayta olamiz. Hozirda lo'la yostiq qo'llanilishdan ancha chiqib qolgan. Biroq siz undan foydalanib ko'rib, yoqtirib qolishingizga iymonimiz komil. 

Xar bir insonga mos keladigan ortopedik yostiqlarni dorixonalardan topishingiz mumkin. Undan foydalanganingizda og'riq sezsangiz demak u umurtqa pog'onangizni o'rnidan siljitib, xolatini tiklamoqda.

Yostiqdan foydalanganda boshni yostiqqas hunday qo'yingki, og'riq yo'qolsin. Shunday holatda yotish umurtqa ishini yaxshilab, asabni tinchlantiradi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook