Sizga qaroqchilar hujum qilishi mumkin bo’lgan 10 ta joy
Sizga qaroqchilar hujum qilishi mumkin bo’lgan 10 ta joy
Ko’p insonlarning tasavvurida qaroqchilar faqatgina kino qahramonlari va o’rta asr romanlaridagina mavjud. Ammo dengizlarda hali hamon jinoyatlar sodir bo’lib turmoqda. Birgina 2015-yildagi qaroqchilarning hujumi tufayli bir milliard dollar zarar yetkazilgan. Urushga minglab odamlar jalb etilgan, yuzlab odamlar garovga olingan va katta pul evaziga sotib yuborilgan.

Harbiy flotga yordam berish maqsadida xususiy sudlarni qo’riqlash tizimi va ESRI xalqaro kompaniyasi yangi ArcGIS texnologiyasini ishlab chiqdi. U statistik hisob-kitoblar yordamida qaroqchilarning hujum qilish ehtimolini aytib bera oladi. ESRI bergan ma’lumotlarga ko’ra, 2016-yil iyul oyida quyidagi joylarda qaroqchilarni uchratish ehtimoli yuqori:

Sulavesi dengizi

Yil davomidagi hujum: 14

Malayziyalik askarlar yuqori tezlikdagi zamonaviy qayiqlarda qo’riqlash tizmini olib borishadi. Ular yaxshi qurollangan va yaxshi tayyorgarlik ko’rgan bo’lsalar ham qaroqchilarning barcha hujumlarini to’xtata olmaydi. Qaroqchilar mo’ljallangan o’ljani eski usulda, motorli qayiqlarda olishga harakat qilishadi. 

1

 

Sariq dengizining shimoliy qismi

Yil davomidagi hujum: 16

Janubiy Koreya mahalliy qaroqchilardan saqlanish uchun maxsus otryad tayinlagan. Bu dengizchilar hattoki suzib yuruvchi bazaga ham ega bo’lib, u zamonaviy jang kemasi vazifasini bajaradi. 

2

Arabiston dengizi

Yil davomidagi hujum: 22

Oldin Amerika va Eron askarlari bu sektorda birgalikda harakat olib borishgan. Bu yerning qo’riqlash vazifasini USS Kidd raketali esminets olib borgan. U hattoki 2012-yilda qaroqchilar tomonidan egallab olingan baliq tutish kemasini ozod qilishda ham ishtirok etgan. 

3

Yavan dengizi

Yil davomidagi hujum: 24

Bu yerda doimiy ravishda AQSH va Indoneziya harbiy dengiz floti o’quv mashg’ulotlari bo’lib o’tadi. Lekin shunga qaramay, qaroqchilar o’ljalarga boy bo’lgan bu dengiz hududini tark etishga shoshilishmayapti. Birgina o’tgan yilning o’zida24 ta kema egallab olingan. 


4

Bengal ko’rfazi

Yil davomidagi hujum: 30

Bengal ko’rfazi xuddi Robert Stivenson romanlaridagi kabi akula va qaroqchilarga to’lib yotibdi.  Afsuski, bu yerda xazinalar ko’plab uchramaydi. Lekin shatak guruhlarini uchratib qolish imkoniyati juda yuqori.5

Malakka bo’g’ozi

Yil davomidagi hujum: 36

2014-yilning 23-aprelida surbet qaroqchilar Kuala-Lumpur poytaxti yaqinidagi Port-Klang maydonidan neft tankerini olib qochishadi. Dengiz politsiyasi kemani mag’lubetadi, lekin ekipaj a’zolaridan 10 kishini qutqara olmaydi. 

6

Karib dengizi

Yil davomidagi hujum: 38

Va albatta, Karib dengizi qaroqchilari hech qayerga ketgani yo’q.  E’tiboringizda kruiz kemasiga hujum qilinishidan bir necha soat olingan rasm taqdim etildi.

7

Singapur bo’g’ozi

Yil davomidagi hujum: 60

Singapur bo’g’ozi bir necha tijorat yo’llarining tutashgan joyida joylashgan, tabiiyki, bu qaroqchilarning e’tiborini tortadi. Ko’plab to’dalar mahalliy kemalarni o’zining qonuniy o’ljasi deb hisoblaydi va bemalol qurollangan dengizchilar bilan urush olib boradi. 

8

Janubiy Xitoy dengizi

Yil davomidagi hujum: 62

O’tgan yilda Filippin qirg’oq qo’riqlash tizimi hamda AQSH harbiy dengiz floti Antiterror guruhi qaroqchilar tomonidan Manilla yaqinida qo’lga olingan quruq yuk kemasini mag’lub etishga majbur bo’ldi. O’tgan yil mobaynida qaroqchilarning hujumlari tufayli 60 dan ortiq kema egallab olindi, taxminan yarmi haligacha topilgani yo’q.

9

Gvineya ko’rfazi

Yil davomidagi hujum: 116

Ayanchli ro’yxatimizda birinchilikni Gvineya ko’rfazi egalladi. Qaroqchilar bu yerda o’zlarini xuddi uylaridagidek his qilishadi.  Bu biznes bilan Nigeriya aholisining yarmi shug’ullanadi. 

10

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook