Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro
Sizni kelajakka olib boruvchi 13 ixtiro
Olimlar bizni beafsus hayratlantiruvchi va uni darhol o’zimizniki qilib olish istagini tug’diradigan ixtirolar bilan lol qoldirishda davom etishyapti.

Uchuvchan stol lampasi

Flyte — bu magnitlar biriktirib qo’yilgan kichik yog’och asos ustida, havoda uchib yuruvchi simsiz lampa. Bunday lampalarni allaqachon faol ishlatishyapti, chunki bu juda ham energotejamli – kunda 6 soat ishlaganda, lampa 22 yil xizmat qilishi mumkin.

Biriktirilgan isitish moslamali “Aqlli kurtka”

Flexwarm nomli kurtka matosiga orqa tomon, ko’krak va bilaklarga maxsus isitish elementlari biriktirilgan. O’z xohishizga binoan maxsus sensorlar yordamida siz issiqlik uzatishni nazorat qilishingiz mumkin. Bu foydali ixtironi nafaqat sport muxlislari a’lo baholashlari mumkin.

Yuzalarning sterilizatori

Kitchen Sanitizing Wand uskunasi ultrabinafsha nurlari orqali barcha g'ovak bo'lmagan yuzalardan 99%gacha zararkunanda bakteriyalarni va mikromavjudotlarni o’ldirishi mumkin. Barcha uy bekalari orzusi amalga oshdi shekilli, - endi oshxona toza bo’lib yaltillaydi, chunki bu fikr allaqachon hayotga kirib kelgan.

Flip Phone uch tomonlama telefon

Uchta bir-biriga bog’liq ekran birta uyali telefon ichida har xil uslubda ishlay oladi, hattoki bir vaqtning o’zida bir necha dasturdan foydalanilayotgan bo’lsada. Klaviatura uskunaning uch buklama elementlaridan birining orqa tomonida joylashgan. Zamonaviy foydalanuvchilar orzuda, ushbu loyiha tezroq ishlab chiqarishgacha yetkazilsin, deb.

Pilot simsiz naushnik-tarjimonlar

Mittigina naushnikni quloqqa taqishni o’zi kifoya – u darhol sozlamada tanlangan tilda avtomatik ravishda tarjima qilishni boshlaydi. Va buning hammasi internetga bog’lanmasdan amalga oshiriladi. Shu uchun bugundan boshlab sayohatingiz oson va qiziq davom etishi mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook