Tailandning eng yaxshi dam olish maskanlari
Tailandning eng yaxshi dam olish maskanlari
Tailandning go’zal va betakror dam olish maskanlari

Mu Ko Phi-Phi (Krabi viloyati) dengiz milliy bog’i

Tailandning bosh tabiiy qo’riqxonasi hisoblanmish bubog’ katta maydonda joylashgan bo’lib, go’zal sohillar, kokosli palma daraxtzorlari,marjon qoyali pastqam lagunalardan iboratdir. Bu yerning hayvonot olami judaboydir: maymunlardan tortib sohilbo’yi qushlarigacha.

Ko Tao – dayverlar uchun jannatdir

Bu uncha katta bo’lmagan orolda turistlar ko’p emas.Biroq bu yerda dayving va snorkeling maktablari ko’pdir. Kunduz kunlari oroldadeyarli hech kim bo’lmaydi, hamma dengizga chiqib ketgan bo’ladi. Kechqurunlariesa bu yerda oqshomlar uyushtiriladi: dengiz mahsulotlaridan barbekyu va to’linoydan bahra olish.

Pattaya plyaji

Asosan baliq ovi bilan shug’ullangan uncha katta bo’lmagan Hat Pattaya qishlog’i mashhur dengiz kurortiga aylandi. Bu yerda dam oluvchinimani xohlasa, hammasi muhayyo. Hayvonot bog’i, golf maydoni, suv osti sportibilan shug’ullanish imkoniyatlari kattalar uchun ham, bolalar uchun ham ayni muddaodir. Shuning uchun Pattaya oilaviy dam olish uchun qulaydir. 

Alkazar Kabare tomoshasi (Pattaya)

Alkazar dam olish maskani turli tomoshalari bilanmashhurdir. Bu yerda g’ayri oddiy kiyimlar kiyilib, ajoyib shoular o’kaziladi.Noyob dekaratsiyalar bilan bezatilgan bu tomoshalar sayyohlarda iliq taassurotuyg’otadi.

Ko Samet

Bangkok yaqinida joylashgan uncha katta bo’lmagan buorol tabiiy qo’riqxona hisoblanadi. Shuning uchun Ka Smeta go’zal manzarasi vau yerda saqlanayotgan qaroqchilar xazinasi qattiq nazorat ostidadir. Bu yerfaqat dengiz sohillarida cho’milish va quyosh ostida toblanish uchun mo’ljallangan.Biroqshunga qaramay sayyohlar soni bu yerda yetarlidir. 

Hat Patong plyaji (Pxuket)

Hat Patong dam olish maskani ham doimo dam oluvchilarbilan gavjum. Bu yerda turli sport turlari bilan shug’ullanish imkoniyati bor.Shiningdek turistlar mahalliy hunarmandlarning marjon, qo’rg’oshin va qalaydantayyorlangan mahsulotlarini xarid qilishlari mumkin.

Mu Ko Similan milliy bog’i

Dayving bilan shug’ullanish uchun yana bir ajoyibmaskan. Ma’lumotlarga qaraganda, Mu Ko Similan milliy bog’i suv ostiga sho’ng’ishuchun dunyodagi eng yaxshi 10 ta joylardan biridir. 

Chatuchak bozori (Bangkok)

Chatuchak bozori turistlar bilan doimo gavjum. Chunkibu bozorning narxi Bagkokdagi boshqa savdo markazlaridagi narxdan 50% arzon.Bozorda 150 ming do’kon bor, xaridorlar soni esa har kuni 200 mingdan oshadi. Buyerda keramika, kiyim-kechak, taqinchoqlar, matolar va boshqa narsalarni xaridqilish mumkin.

Ao Maya ko’rfazi (Krabi viloyati)

Bu yerda Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi “Plyaj" filmining suratga olish ishlari olib birilgan. Shundan keyin bu maskan mashhurbo’ldi. Qoyalar bilan o’ralgan ushbu dam olish maskani tongda va kechasiayniqsa go’zaldir.

Cho-Thian Plyaji (Pattaya)

Bu kurort Pattaya yaqinida joylashgan bo’lib,Tailandning eng yaxshi dam olish maskanlarining o’ntaligidan joy olgan. Buyerda ham suv sporti bilan shug’ullanish mumkin. Lekin asosiy mashhurlini bukurortga u yerda joylashgan mehmomxona va restoranlar keltirgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook