Tarixni o'zgartirib yuborgan 6ta halokat
Tarixni o'zgartirib yuborgan 6ta halokat
Ma'lumki, o'tmishni o'zgartirish ilojisi yo'q. Tarixni o'zgartirish istagimiz qanchalik katta bo'lmasin, Bredberi "kapalak effekti" faqat ilmiy fantastika bo'lib qoladi.

Shunga qaramay, tabiiy ofatlar bir necha bor tarixga katta ta'sir o'tkazganlar. Ular iqlimni o'zgartirib, butun tsivilizatsiyalarning o'limiga va ommaviy ko'chib ketishga olib keldi, ba'zida esa epidemiyalarni davolashda yordam berdi. Ushbu maqolada eng katta halokatli tarixiy voqealar bilan tanishing.

Atlantidaning o'limi

Fera orolida Santorin vulqonining otilishi insoniyat tarixiga eng katta ta'sir o'tkazgan deb aytish mumkin. Portlash orolning ko'p qismini yo'q qildi va uning yaqinida joylashgan Krit shahrining butun tsivilizatsiyasini halok qildi. Vulkanik oltingugurt dalalarga tushib, qishloq xo'jaligini tugatishga olib keldi. Bu tarixdagi eng kuchli vulqon otilishlaridan biri bo'lib, qiziqarli ilmiy taxminlar paydo bo'lishiga olib keldi.

Shunday qilib, ba'zi olimlar Fera oroli va afsonaviy "Atlantida" - bu bitta orol deb hisoblaydilar. Yana bir taxminda aytilishicha, Muso alayhissalom ko'rgan olov ustuni - bu Santorin vulqonining otilishi va ikkiga bo'lingan dengiz - bu Fera orolining suvga g'arq bo'lishidir. So'nggi marta vulqon 1886 yilda faollik belgilarini ko'rsatgan, lava bo'laklari yarim kilometrgacha balandlikka ko'tarilgan. Portlash natijasida bir necha orollar hosil bo'lgan.

Vezuviy va Pompei

Rimning Pompey shahrida hech kim shahar tepasida joylashgan Vezuviyni uxlab yotgan vulqon, deb gumon qilmadi. Hamma g'alati ko'rinishga ega bo'lsa ham, uni oddiy tog', deb hisoblar edi - go'yo kimdir cho'qqini ichkariga bosib, ichi bo'sh joy hosil qilganga o'xshardi. Biroq, u allaqachon daraxtlar bilan qoplangan va hech kim bu vulqon krateri deb o'ylamagan.

Vulqon otilishidan ancha avval Pompeyga kelgan Arastu birinchi bo'lib Vezuviy vulqon ekanligi to'g'risida aholini ogohlantirgan. Biroq, bu hech qanday samara bermadi. Milodiy 62-yil 5-fevral kuni, Vezuviyning uyg'onishidan deyarli 10 yil oldin, kuchli zilziladan keyin ham hech qanday chora ko'rilmadi. Shubhasiz, bular yaqinlashib kelayotgan kataklizmning dastlabki belgilari edi.

Bir necha shaharlarni tiriklayin ko'mgan afsonaviy vulqon otilishi 79-yil 24-avgust kuni boshlanib, taxminan bir kun davom etdi. Kichik Pliniy yozganidek: "Ulkan qora bulut tez o'sib borardi ... chaqmoq chaqishiga o'xshash uzoqdan hayoliy otash tillari undan kattaroq edi".

Vesuviyning otilishi Xirosimadagi atom bombasining portlashidan ham kuchliroqdir. Qurbonlar sonini aniqlash qiyin. Ko'pchilik halokatli piroklastik yomg'irdan oldin, ya'ni Pompeyni qoplagan kuldan oldin shaharni tark etidi, ammo ko'p odamlar kemalarda qochib ketayotganda vafot etishgan bo'lishlari mumkin.

Krakatau

1883 yil 27 avgustda sodir bo'lgan Krakatau vulqoni portlashi va otilishi, o'zining noyob halokatli kuchi va vayronagarchiliklari bilan har qanday tasavvurni hayratda qoldiradi. Portlash oqibatida balandligi 30 metrgacha keladigan tsunami qo'shni orollardagi 36000 ga yaqin odamning halok bo'lishiga olib keldi, 295 shahar va qishloqlar dengizga g'arq bo'ldi. Vulqon portlashining kuchi (vulqon otilish shkalasi bo'yicha 6 ball) geologlar tomonidan Xirosimani vayron qilgan portlash kuchidan 10000 baravar kuchli, deb baholangan va 200 megatonna trotila portlashiga teng bo'lgan.

Portlashning ovozi Yerning 8% qismida da eshitildi, vulqondan shimolga ko'tarilgan, balandligi 900 metrni tashkilgan piroklastik oqim 2000 kishining hayotiga zomin bo'lgan. Shamol tomonidan olib ketilgan vulqon kuli portlash joyidan 10 kun o'tgach, 5330 km nariga borib (misol uchun Moskva va Baykal ko'li orasidagi masofa) tushdi. Bir necha kun davomida portlash tufayli butun Yer atmosferasi bezovta bo'ldi. Turli manbalarga ko'ra, portlashning havo to'lqini Yerni 7 dan 11 martagacha aylanib chiqqan.

London - katta yong'in

Barcha muhim ofatlar ham tabiiy emas. Inson omili vulqon otilishidan ham ko'proq zarar keltirishi mumkin. Bu 1666 yil sentyabrda Londonda sodir bo'ldi. 2 sentyabr kuni Shahar hududida boshlangan yong'in oshpaz Tomas Farrinerning ehtiyotsizligi natijasida bir necha kun ichida shaharning uchdan bir qismini vayron qildi va mo''jizaviy ravishda aristokratik Vestminster va qirol saroyiga yetib bormadi. Ikkinchi kuni yong'in Londonning moliyaviy markaziga yetib bordi.

Banklarda saqlanayotgan oltin zaxiralarining bir qismi shunchaki erigan yoki o'g'irlangan, bu Angliya iqtisodiyotiga katta zarba berdi. London yong'inidan jabrlanganlar sonini aniqlash qiyin - kambag'allar haqida hech kim o'ylamaydi, bundan tashqari, o'liklarning katta qismi uylar bilan birga yong'in natijasida yo'q bo'lgan. Ma'lumki, Londonning 80 ming aholisidan 70 mingi boshpanasiz qolgan. To'g'ri, yong'inning oqibatlari faqatgina salbiy emas edi. Olov kemiruvchilarni yo'q qildi va 1665-1666 yillarda shahardagi Katta o'lat epidemiyasini to'xtatdi.

Shensidagi zilzila

Insoniyat davridagi eng katta zilzila 1556 yil 23 yanvarda markaziy Xitoyning Shensi provintsiyasida yuz berdi. Taxminlarga ko'ra, uning kuchi 11 ballga yetdi. Zilzila epitsentridan Veyx daryosi vodiysidagi 500 km masofadagi hududlar vayron bo'lgan.

Viloyatning ba'zi hududlarida, ayniqsa o'rmonzorlarda yashagan aholining hammasi birinchi zilzilalar paytidayoq qulagan daraxtlarning tagida qolib yo'q halok bo'ldi. Qolganlarida o'lim darajasi 60% ni tashkil etdi. Ushbu tabiiy ofat natijasida 830 ming kishi vafot etdi.

Xitoydagi toshqin

Insoniyat tarixidagi eng katta tabiiy ofat - 1931 yilda Xitoyning janubi-markazida sodir bo'lgan toshqin bo'lib, unda 3,7 million kishi halok bo'ldi va 50 milliondan ortiq kishi jabrlandi.

1928-1930 yillardagi uzoq davom etgan qurg'oqchilikdan so'ng, qish juda qorli bo'ldi. 1931 yilning bahorida rekord miqdordagi yog'ingarchilik tushdi, yozda rekord miqdordagi siklonlar kuzatildi - iyul oyining o'zida yetti marta, normada esa yiliga ikki siklonni tashkil qiladi. Iyul oyiga kelib, Xitoyning eng yirik daryolari - Yantsi va Sariq daryolar qirg'oqlaridan toshib chiqib ketdi va 25 avgustga o'tar kechasi daryolarning suvi Buyuk kanalga yetib kelib, dambalarni yorib yubordilar va shu paytda uxlayotgan 200 mingga yaqin odamni cho'ktirib yubordi. Issiq ob-havo paytida ko'milmay qolgan ko'pgina jasadlar epidemiyalar - tif va vaboning tarqalishiga olib keldi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook